Каримов И. A. Юксак маънавият ‒ енгилмас куч. Тошкент: Маънавият, 2008. – Б. 3.
PEDAGOGIKA
2017, 6-son
19
kо‘rish
mumkin
emas.
Pedagogika
fanida
ma’naviy-axloqiy
tarbiya
muammosining о‘rganilish tarixi (istoriografiyasi)ni yaratish, о‘zbek xalqi
tarbiyashunosligining genezisi, taraqqiyot yо‘li va hozirgi holati qanday ekanligini
tadqiq etish о‘ta dolzarb bо‘lib turibdi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, о‘zbek pedagogikasida ma’naviy va
axloqiy tarbiya muammolarini о‘rganish bо‘yicha bir qator ilmiy izlanishlar
yuzaga keldi. Bu ishlarda xalqimizning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi tabiati,
taraqqiyoti va hozirgi ahvoli masalalari tekshirildi. О‘zbekiston Respublikasida
ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasi bо‘yicha qilingan ilmiy tadqiqot ishlarini
umumlashtirish, tahlil qilish va ilmiy yangi bir yо‘nalishga solish, istiqbolli
strategiyasini asoslash pedagogika fanida muhim masalalardan biri sanaladi.
Izlanishlar jarayonida О‘zbekistonda ma’naviy-axloqiy tarbiya bо‘yicha shu
vaqtga qadar qilingan asosiy ilmiy ishlar о‘rganiladi, tahlil etiladi, xulosalar
chiqariladi. Milliy pedagogika nazariyasini yaratishda ulardan foydalanish
mumkin bо‘lgan tomonlari, ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan shug‘ullanadigan
mutaxassislarning e’tibori qaysi muammolarga qaratilishi kerakligi belgilab
beriladi.
Inson tarbiyasi va uni tashkil etish muammosi kishilik jamiyati
taraqqiyotining barcha bosqichlarida mutafakkirlar, pedagog, psixolog, filolog,
fiziolog olimlarning diqqat markazida bо‘lib kelgan. Tarbiyaning ustuvorligi,
birinchi navbatda, Sharq mutafakkirlari tomonidan yaratilgan ta’limiy, axloqiy
asarlar misolida yoritilganini kо‘rish mumkin. Qomusiy olimlardan Muhammad
al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud
Koshg‘ariy, Yusuf xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur, Abdulla Avloniy va boshqalarning komil inson tarbiyasi va
uning mohiyati haqidagi qarashlari hozir ham о‘z ahamiyatini yо‘qotmagan.
Faylasuf va tarixchi olimlardan J. Tulenov, M. Imomnazarov, B. Ahmedov,
S. Shermuhammedov, A. Erkayev, T. Mahmudov, Q. Nazarov, X. Shayxova va
boshqalar о‘z tadqiqotlarida milliy mafkura, milliy g‘oya hamda shaxs
ma’naviyatining mohiyati, uning tarkibiy qismlari, ijtimoiy vazifalari, milliy va
umuminsoniy qadriyat kabi masalalarni ilmiy jihatdan har tomonlama tadqiq
etishgan.
|