PEDAGOGIKA
2017, 6-son
18
avlodning fikri, qalbi, tafakkurini turli zararli mafkura ta’sirlaridan asrash, turli
“ommaviy madaniyat”lardan himoya qilishga e’tibor qaratilmoqda.
Ma’naviy va axloqiy tarbiyada olib borilishi lozim bo‘lgan ishlarni aniqlab
olish birmuncha qiyin kechadi, chunki ma’naviy-axloqiy tarbiya borasidagi ishlar
ayni vaqtda о‘tmish materiallariga ham asoslanadi. Birinchi galda madaniy
merosga, zamonaviy о‘zbek milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga tо‘g‘ri
munosabatda bо‘lib, ularni milliy taraqqiyot talab etgan darajada tiklab
rivojlantirish, mustaqilligimiz bardavomligiga xizmat qiladi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tarixiy nuqtayi nazardan tahlil qilish va uni
о‘rganish muhim ilmiy ahamiyatga ega. Pedagogika nazariyasi va tarixi
amaliyotining bosh masalasi o‘zbek pedagogikasining ma’naviy-axloqiy tarbiya
sohasidagi boy tajribalari millatimiz bilan birga paydo bо‘lgan negizlarini
о‘rganish sanaladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yilda chop etilgan
“Yuksak
ma’naviyat
– yengilmas kuch
” asarining mazmun va mohiyatida milliy
ma’naviyatimizni tarkib toptirishdagi asosiy g‘oyalar о‘z ifodasini topadi.
Asardagi: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bо‘lmasligi,
farzandlarimizning bizdan kо‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bо‘lib
yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu
borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb
etadi ”
1
, – degan fikrlar masalamizni yoritishga dasturulamal bо‘ladi.
Hozirgi zamon ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish, unga xolisona
yondashish borasida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
2016-yilning sentabrida “Yoshlarga oid davlat siyosati”, 2017-yilning 7-fevralida
“О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi
tо‘g‘risida” Farmonni imzoladi. Bunda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish
hamda modernizatsiya qilish bо‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish,
ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish,
yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasidagi vazifalar belgilab
berildi.
Ma’naviyat kо‘p qirrali murakkab tushuncha bо‘lib, insoniyatning ilk
davridan boshlaboq ongi, tafakkuri, e’tiqodini tarkib toptirib rivojlantirib kelgan.
Pedagogika fanida tarbiyaga doir amaliy tadbirlar tizimi о‘rganilib, millatning
empirik madaniyatiga, ma’naviyatiga tayangan holda nazariy xulosa chiqariladi
va shu tariqa о‘zining ildizi qayerda ekanligi aniqlanadi. О‘zbek pedagogikasida
ma’naviy va axloqiy tarbiya qonuniyatlarini о‘rganmasdan uning rivojlanishini
1