Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 
26 
psixodiagnostik metodika va ba’zi kо‘nikmalarga ega bо‘lishi hamda 
talabalarni о‘zini о‘zi anglash vositalari bilan qurollantirishi zarur. 
Oliy о‘quv yurtlarida talabalarning muvaffaqiyatli о‘qishi uning aqliy 
faoliyat yuritish uslublarini egallash darajasigagina emas, о‘ziga va uni 
qurshab turgan turg‘un munosabatlar tizimiga ham bog‘liq. 
Pedagog psixolog olimlar fikriga tayangan holda, oliy о‘quv yurti 
talabalari ma’naviyatining shakllanishida biologik, ijtimoiy omillar bilan bir 
qatorda, maqsadga yо‘naltirilgan ta’lim-tarbiya hamda talabaning о‘zini о‘zi 
takomillashtirishga qaratilgan faoliyati ham muhim omillardandir. Faoliyat 
deganda, talaba shug‘ullanadigan turli mashg‘ulotlar tushuniladi. 
Talabaning har tomonlama rivojlanishi, borliqqa bо‘lgan munosabati uning 
faoliyati jarayonida tarkib topadi. Talaba faoliyatining asosiy turi о‘qish, 
izlanish bо‘lib, uning ma’naviy rivojlanishi ushbu faoliyat turining tо‘g‘ri 
tashkil etilishi va maqsadga muvofiq yо‘naltirilishiga bog‘liq. 
Shuningdek, talabalarning ma’naviy rivojlanishida u ta’lim olayotgan oliy 
ta’lim muassasasi jamoasining fikri, jamiyat qabul qilgan ideal, axloqiy norma 
va qoidalarga mos kelishi ham katta ahamiyatga ega. Oliy о‘quv yurti 
auditoriyasida eshitilgan haqiqat ijtimoiy hayotda о‘z tasdig‘ini topmasa, 
talabada ma’naviy komillikka intilishdan kо‘ra uning aksi kelib chiqishi 
mumkin, shu bois talabaning kamol topishida u faoliyat yuritayotgan ijtimoiy 
muhitning emotsional jihatdan qulayligi, talaba о‘zini himoyalangan 
his etishi о‘z kuchiga ishonchini orttirib, uni yangi izlanishlarga undaydi. 
Talabaning shakllanishiga ta’sir etadigan ijtimoiy - pedagogik omillarning 
barchasini sanab chiqish mumkin emas. Muammoning e’tiborga loyiq tomoni 
shuki, zamonaviy pedagogika fani, nafaqat о‘qitish, tarbiyalash, balki ta’limni 
shaxs qobiliyatlarini namoyon qilishga yо‘naltirish, talabaning intellektual va 
ma’naviy rivojlanish imkoniyatlarini jamiyatning shaxsga qо‘yayotgan, 
ijtimoiy jihatdan taqozo etilgan talablarga javob berishi, ularning о‘qishga, 
bilishga bо‘lgan imkoniyatlarini tо‘liq rо‘yobga chiqarish har tomonlama qulay 
shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etadi. 
Ma’lumki, bо‘lg‘usi iqtisodchilarni mutaxassislikka tayyorlash, ularga 
nazariy hamda amaliy pedagogik bilimlarni berish maqsadida tashkil etilgan 
faoliyat asosini muayyan ixtisoslik yо‘nalishidagi o‘quv fanlari tashkil etadi. 
Ixtisoslik fanlari asoslarining talabalar tomonidan puxta, chuqur о‘zlashtirilishi 
hamda о‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni pedagogik amaliyot davrida ta’lim 



Download 2,8 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish