• R. Isyanov * D. Mamatov 
  • Isyanov Ravil Gennadyevich




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/136
    Sana31.01.2024
    Hajmi2,8 Mb.
    #149178
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   136
    Bog'liq
    4979 197 2017. 6-son

    Isyanov Ravil Gennadyevich, Nizomiy nomidagi TDPU mehnat ta’limi va dizayn kafedrasi 
    professori. 

    Mamatov Dilmurod Narmuratovich, Nizomiy nomidagi TDPU mehnat ta’limi va dizayn 
    kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD). E-mail: madilno@mail.ru  
    R. Isyanov
    *
     
     
     
    D. Mamatov

     
     MATEMATIKA VA TABIIY-ILMIY FANLAR TA’LIMI 


    PEDAGOGIKA 
    2017, 6-son
     
     
    29 
    Mamlakatimiz 
    ta’lim 
    tizimini 
    xalqaro ta’lim 
    standartlari 
    bilan 
    uyg‘unlashtirib, oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifati hamda 
    raqobatbardoshligini ta’minlash, jahon amaliyotiga asoslangan oliy ta’lim 
    tizimining sifat darajasini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimiga pedagogik 
    loyihalashtirish jarayonini keng tatbiq etish orqali ilmiy va innovatsiya yutuqlarini 
    amaliyotga joriy etishning samarali metodlarini ishlab chiqish ustuvor 
    yо‘nalishlari sifatida e’tirof etilmoqda. “О‘zbekistonni rivojlantirishning beshta 
    ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha harakatlar strategiyasi”da ta’lim muassasalarini 
    qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy о‘quv-
    laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va о‘quv-metodik qо‘llanmalar 
    bilan ta’minlash bо‘yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnik 
    bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni 
    kо‘rish ustuvor vazifalardan biri sifatida kо‘rsatib о‘tilgan
    1

    О‘zbekistonda zamona tajribalari asosida erishilgan ijobiy natijalarni 
    umumlashtirish va rivojlantirish, kasbiy ta’lim sohalari bо‘yicha ta’limning yagona 
    axborot-ta’lim portalini shakllantirish, fanlarning yagona axborot-metodik ta’minotini 
    yaratish imkonini beradigan fan portallarini yaratish, axborot resurslaridan kasbiy 
    ta’lim jarayonida foydalanish metodikalarini ishlab chiqish, oliy ta’lim muassasalarini 
    zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, vositalari bilan jihozlash
    talabalar, о‘qituvchilar va tadqiqotchilarning zamonaviy ta’lim resurslari, axborot 
    resurs markazlari ma’lumotlari bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish 
    muhim vazifalardan hisoblanadi. 
    Bо‘lajak kasbiy ta’lim о‘qituvchisini tayyorlash mazmunini yangilash kasb-
    hunar kollejlarida tayyorlanayotgan mutaxassislar sifat darajasini ta’minlashga 
    mas’ul bо‘lgan pedagog kadrlarning bilim va kasbiy malakalari darajasini yuqori 
    bosqichga kо‘tarishga qaratilgan bо‘lib, ularning shaxsiy va kasbiy sifatlarini 
    shakllantirish jarayonini innovatsion usullarda tashkil etish katta ahamiyat kasb 
    etadi. Elektron axborot ta’lim muhitida kasb ta’limi jarayonini loyihalash ana 
    shunday innovatsion usullardan biri hisoblanadi. Innovatsion pedagogik 
    loyihalashtirish konsepsiyasi о‘zida tizimli, faoliyatli va informatsion 
    yondashuvlar g‘oyalariga asoslangan nazariy-metodologik va metodologik-
    1
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Ўзбекистон Республикасини янада 
    ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси қонун 
    ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда, 20-сон, 354-модда, 23-сон, 448-модда. 



    Download 2,8 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   136




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish