|
Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrirBog'liq 4979 197 2017. 6-sonPEDAGOGIKA
2017, 6-son
30
texnologik bilimlar tizimini namoyon etadi. T. K. Smikovskaya tomonidan taklif
etilgan pedagogik konsepsiya asosiy komponentlar sifatida pedagogning metodik
tizimini loyihalashtirish tamoyillari va bosqichlari, о‘qitishga qо‘yiladigan didaktik
talablarni о‘zida majassamlashtiradi
1
.
Ta’lim sohasida loyihalashtirish metodini qо‘llash 1990-yillarning ikkinchi
yarmida ta’limni standartlashtirish g‘oyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda
faollashdi. Loyihalashtirish g‘oyalari pedagogik tizimlar, ta’lim muhiti, shaxs,
ta’lim va tarbiya mazmuni, shaxs rivojlanishining taxmin qilinadigan natijalari
darajalarida tarqaldi. Yangi о‘quv rejalarida bо‘lajak mutaxassislarning ijodiy
imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadida kasbiy bilim va kо‘nikmalarni puxta egallashga
katta ahamiyat berilgan, maxsus va umumkasbiy fanlarni zamonaviy pedagogik va
axborot texnologiyalari vositasida о‘qitishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu esa kasbiy
ta’lim jarayonlarini loyihalash mazmuni va metodologik asoslarini aniq belgilashni
taqozo etadi. О‘qitish mazmunini belgilashda ikki asosiy strategiyaga tayanish
mumkin:
1) bо‘lajak mutaxassislar shaxsini shakllantirishga yо‘naltirilgan ta’lim
strategiyasi;
2) bо‘lajak mutaxassislarni kasbiy shakllantirishga yо‘naltirilgan ta’lim
strategiyasi.
Bо‘lajak mutaxassislarni kasbiy shakllantirishga yо‘naltirilgan ta’lim strategiyasi
mutaxassisning aniq kasbiy faoliyatini tahlil qilishga tayanadi. Bunday loyihalashning
afzalligi shundaki, ta’lim mazmuni mutaxassis tayyorlashga qо‘yilayotgan talablarga
qat’iy mos keladi, bu esa shak-shubhasiz, mutaxassislar tayyorlash sifati va
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Kasb ta’limi о‘qituvchilarining kasbiy pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish
muammosi taniqli pedagog V. A. Skakun tomonidan tadqiq etilgan
2
. Pedagog olim
M. Blinovning fikricha, ta’lim-tarbiya ishlarida yuqori samaradorlikka erishish
talabalarning individual qobiliyatlari, layoqatlarini e’tiborga olib tabaqalashtirilgan
topshiriqlar berishni taqozo etadi
3
.
1
|
| |