Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

*Djoraev Maxamatrasul, Nizomiy nomidagi TDPU fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi 
kafedrasi professori. E-mail: djoraev-m@mail.ru
M. Djoraev
*
 


PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 
33 
dinamik 
qonuniyatlarning 
o‘zaro 
bog‘liqlik 
muammosi, 
makroskopik 
moddalarning xossalari va ularga taalluqli fizik qonuniyatlar, ularni tashkil qilgan 
zarralar ehtimollar nazariyasi va matematik statistika qonunlariga bo‘ysunadi 
deb qaraladi. 
Maksvell, Bolsman va Gibbslar tomonidan jismlarning termodinamik 
funksiyalarini tashkil qilgan zarralarning mikroskopik xossalaridan foydalanib 
aniqlash masalasi qo‘yilgan. Shuningdek statistik tasnifga ega bo‘lib, ma’lum 
darajada hal qilingan va tushuntirilgan. Bu masalalarning izchillik bilan hal 
qilinishi dastlab gazlar molekular-kinetik nazariyasining paydo bo‘lishi va 
rivojlanishiga, keyinchalik esa alohida fan – statistik fizikaning yaratilishiga olib 
kelgan
1
.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, zamonaviy fizikaning deyarli barcha 
sohalariga singib ketgan statistik qonuniyatlar dinamik qonuniyatlarning 
hukmronlik davrida yuzaga kelgan. 
Nemis fizigi Kronig tomonidan statistik metod asosida yotuvchi ehtimoliy-
statistik g‘oya va tushunchalarni ishlatish zarurligi to‘g‘risidagi fikr aytilgan. U 
molekulalarning harakatini tavsiflab: “Alohida molekulaning harakat yo‘li 
shunchalik tartibsizki, uni hisoblashning iloji yo‘q, ammo ehtimollar 
nazariyasining qonuniyatlarini qo‘llab, tartibsizlikni tartibga keltirish mumkin”, - 
degan fikrni aytgan, lekin unga e’tibor berilmagan
2

Gazlar kinetik nazariyasining batafsil bayoni – Klauziusga tegishli, u 
birinchi bo‘lib tartibsizlik g‘oyasidan ideal gaz tushunchasini va o‘rtacha tezlik 
tushunchasidan foydalanib o‘rtacha erkin yugurish yo‘li, o‘rtacha to‘qnashishlar 
soni hamda boshqa tushunchalarni kiritgan, lekin uning ishlarida statistik 
tasavvurlar yangi fizik konsepsiya ko‘rinishida emas, balki matematik usul 
sifatida qo‘llanilgan. Klauzius ishlarining qisqacha bayoni nihoyasida o‘qitish 
metodikasi uchun muhim bo‘lgan quyidagi ijobiy fikrga diqqatni jalb qilish lozim. 
Gazlar kinetik nazariyasi va termodinamikaning bir vaqtda yuzaga kelishi 
tasodifiy emas. Klauziusning fikricha, uning termodinamikaga taalluqli ishlari 
asosida issiqlik tabiatiga taalluqli taxminlar yotadi. Klauzius termodinamikaga 
tegishli “Issiqlikning harakat kuchlari va ulardan kelib chiqadigan issiqlik 
1

Download 2,8 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish