|
Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrirBog'liq 4979 197 2017. 6-sonPEDAGOGIKA
2017, 6-son
36
zarralarni nazariy jihatdan tadqiq qilib, yetarli darajadagi tajriba dalillari
bo‘lmagani uchun gap Broun harakati haqida ketyotganligiga to‘la ishonch hosil
qilmaydi, ammo u o‘ziga xos sezgirligi va kuchli intuitsiyaga ega bo‘lgani uchun
bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarning muhimligini yaxshi tushunib yetgan.
Maks Born: “Eynshteynning bu tadqiqotlari, boshqa ishlardan farqli
o‘laroq, fiziklarni atom va molekulalarning haqiqatda mavjudligiga, issiqlikning
kinetik nazariyasi o‘rinli ekanligiga, ehtimollikning tabiat qonunlarida
fundamental rol o‘ynashiga ishontiradi”, – deb yozgan edi
1
.
Eynshteyn bilan bir vaqtda, Broun harakatini tadqiq qilish bilan polyak
fizigi M. Smoluxovskiy ham shug‘ullagan. U faqat shu hodisani qarash bilangina
cheklanib qolmasdan, balki fluktuatsiya nazariyasiga ham asos solgan.
M. Smoluxovskiy bu nazariyaning metodologik ahamiyatini ta’kidlab, undan
termodinamika qonunlarining absolut qiymati tajriba tomonidangina rad qilinishi
mumkin, shundagina dogmatik termodinamikaning nuqtayi nazari asossiz bo‘lib
qolishi kelib chiqadi degan.
Broun harakatini nazariy jihatdan o‘rganish statistik metodni bevosita
tajribalarda tekshirishga turtki bo‘ldi. Bunday tajribalarni Perren, Svedberg va
boshqalar o‘tkazishgan. Gazlar kinetik nazariyasining formulalarini Broun
zarralariga tatbiq qilib, Perren ularning emulsiyada tik taqsimlanishi,
atmosferadagi molekulalarning balandlik bo‘yicha taqsimoti kabidir, degan
xulosaga kelgan. U o‘tkazgan juda ko‘p tajribalar bu fikrning to‘g‘riligini
tasdiqlagan. Svedbergning emulsiyadagi zarralar sonini sanash bo‘yicha
o‘tkazgan tajribasi o‘ta ishonchli va qiziqarlidir, chunki olingan natijalar
Smoluxovskiy yaratgan zichlikning fluktuatsion nazariyasi bilan juda mos keladi.
Broun harakati nazariyasining ham matematik, ham fizik jihatdan
rivojlanishi asosida yaratilgan Broun harakatining statistik nazariyasi faqatgina
molekular-kinetik nazariyada emas, balki ehtimollar nazariyasida (Markovning
tasodifiy jarayonlar nazariyasi) hamda hozirgi zamon fizikasida (maydonning
kvant nazariyasi) juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Smoluxovskiy zichlikning fluktuatsiyasini batafsil tadqiq qilgan. Agar
atomistik tasavvurlardan kelib chiqilsa, barcha fizik jarayonlarni, zarralarning
1
Qarang: Джораев М. Вероятностно-статистические идеи в преподавании физики.
– Ташкент: Фан, 1992. – С. 9.
|
| |