PEDAGOGIKA
2017, 6-son
35
termodinamika ikkinchi qonunining statistik talqinini ochib berganligidir.
Termodinamikaning ikkinchi qonuni va uning statistik tasnifga ega ekanligini
tushunish jarayoni faqat fizika fanida emas, balki uni o‘qitishda ham alohida o‘rin
tutadi. Aynan shu masalani hal qilish jarayonida molekular va issiqlik hodisalarini
mexanik hodisalarga keltirish mumkin emasligi yaqqol namoyon bo‘lgan. Bu esa
fizika fani oldiga hech qanday muammoni qo‘ygani yo‘q, chunki u mexanik
energiyaning saqlanish qonunini issiqlik jarayonlariga tatbiq qilishdan iborat edi,
xolos. Termodinamikaning ikkinchi qonuni esa tabiatdagi jarayonlar yo‘nalishga
ega ekanligidan dalolat beradi. Klassik mexanikada
jarayonlarning oldinga va
orqaga qaytishi teng kuchlidir. Ikkinchi qonunning analitik ifodasini mexanika
qonunlaridan keltirib chiqarishga ko‘p urinishgan. Bu ishlarning barchasida
ikkinchi qonunni qisqa ta’sir prinsipi bilan bog‘lashga harakat qilishgan. Dastlab,
mexanitsizm tarafdori bo‘lgan Bolsman ham shu yo‘nalishda ish olib borgan.
1877-yili Bolsman H teoremani butunlay
nazariy-ehtimoliy asosda
isbotlab, termodinamikaning ikkinchi qonunini mexanika qonunlariga keltirish
mumkin emasligiga ishonch hosil qilib, uning
analitik isbotini faqatgina
ehtimolliklarni hisoblashni qo‘llash orqaligina amalga oshirish mumkin, shuning
uchun issiqlikning mexanik nazariyasi masalasi statistik muammodir, degan edi.
Teoremani isbotlash jarayonida Bolsman sistema
holatining termodinamik
ehtimolligini kiritib, entropiya uchun o‘zining mashhur S = kln𝑊
𝑇
formulasini
topgan.
Bolsmanning teoremani isbotlashda gaz molekulalari energiyasini alohida
miqdorga o‘zgartiradi degan fikri diqqatga sazovordir, chunki bu fikrga ko‘ra,
molekulalarning energiyasi diskret qiymatga o‘zgarar ekan. Bu fikr unda
mikroholatlar sonini topishni soddalashtiruvchi usul sifatida qaralgan, chunki bu
fikrsiz ularning sonini cheksiz katta deyishga to‘g‘ri kelgan, ammo uning haqiqiy
ma’nosi energiyani kvantlashga borib taqaladi. Shunga o‘xshash fikr keyinchalik
M. Plankning kvantlash g‘oyasiga olib keldi.
Molekular-kinetik nazariyaning paydo bo‘lishi atomizm g‘oyasiga
asoslangani uchun u fluktuatsion hodisalarni nazariy
va amaliy tadqiq qilish
orqali, shubhasiz, tan olindi. Bu hodisalarni faqatgina statistik nazariya asosida
tushuntirish mumkin. Bunday tadqiqotlar Eynshteynning
Broun harakatiga
taalluqli ishlaridan boshlanadi. U vaqtda bu hodisaning tabiati to‘g‘risida turli
fikrlar mavjud edi. Eynshteyn tinch holatda turgan suyuqlikdagi muallaq