|
Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrirBog'liq 4979 197 2017. 6-sonPEDAGOGIKA
2017, 6-son
37
uzluksiz xaotik harakati bilan bog‘liq ommaviy hodisalar deb talqin qilish
mumkinmi, degan savol tug‘iladi. U holda, agar berilgan kattalik saqlanish
qonunlariga bo‘ysunmasa, uni statistik kattalik deb qarash mumkin. Bunday
qarashda fluktuatsion nazariyalarning barchasi molekular-kinetik nazariya
doirasidan chiqib, tasodifiy kattaliklarni, ularning o‘rtacha qiymatidan tartibsiz
chetlashishini o‘rganadigan umumiy statistik nazariyaga aylanadi.
Bunday umumiy holda fluktuatsiya nazariyasi katta metodologik
ahamiyatga ega bo‘lib, fizikadagi fenomenologik tushunchalarning qo‘llanish
chegarasini ko‘rsatishga imkon yaratadi, shu bilan birga, u amaliy ahamiyatga
ega bo‘ladi, chunki o‘lchanayotgan kattalikning va asbob elementlarining
fluktuatsiyalarini e’tiborga olib, o‘lchov asboblarining sezgirlik darajasi chegarasi
mavjud ekanligiga olib keladi.
Fluktuatsion hodisalarni o‘rganish, molekular doimiylarning son qiymatini
har xil usullar bilan topishga imkon yaratdi. Olingan natijalarning mosligi
shunchalik aniqlikda ediki, molekulalarning haqiqatda mavjud ekanligi hech
kimda shubha tug‘dirmay qoldi. Shunday qilib, statistik g‘oya va metodlar fanda
molekulalar mavjudligini oxirigacha uzil-kesil tasdiqladi.
XX asrning boshlarida statistik nazariya tajribada tasdiqlangandan keyin
to‘la g‘alabaga erishdi. Ayni vaqtda bu nazariya amerikalik fizik Gibbsning
ishlarida fizikaning mustaqil sohasi ‒ statistik fizikaga aylandi. Gibbs tomonidan
yaratilgan statistik metod undan avval yaratilganlaridan ham umumiy, ham
abstraktligi bilan ajralib turadi. U statistik fizika rivojlanishining dastlabki
bosqichlariga taalluqli bo‘lib, yaqqol molekular modellarga ehtiyoj sezmadi.
Gibbs metodining asosida alohida molekulalarning harakat qonunlari va xossalari
emas, balki ko‘p sonli erkinlik darajalari, ya’ni aynan statistik jihat turadi.
Gibbsdagi asosiy tushunchalardan biri, statistik ansambl tushunchasi
bo‘lib, uning boshlang‘ich holatlari bilangina bir-biridan farq qiluvchi, fizikaviy
xossalari aynan bir xil bo‘lgan ko‘p sonli sistemalarning to‘plamidan iborat. Shuni
ta’kidlash lozimki, statistik ansambl g‘oyasi Bolsmanda ham uchrab, uning
yordami bilan alohida real sistema ifodalangan.
Gibbs Bolsman g‘oyasini rivojlantirib, ancha oldinga ketgan. Gibbs
molekulalarning tuzilishi va ular orasidagi ta’sir kuchlariga taalluqli maxsus
farazlar sonini minimumga keltirib, gazlar kinetik nazariyasining yaqqol
|
| |