Fikrlarning tarmoqlanishi pedagogik strategiya bo‘lib, o‘quvchilarning
biror mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam beradi. Shuningdek, mavzuga
PEDAGOGIKA
2017, 6-son
45
taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik
bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashga o‘rgatadi.
Bu metod mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilarning fikrlash
faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin.
Shuningdek,
o‘tilgan
mavzuni
mustahkamlash,
yaxshi
o‘zlashtirish,
umumlashtirish hamda o‘quvchilarning shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini
chizma shaklda ifodalashga undaydi. Bu esa o‘quvchilarga o‘z bilimlari va
tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi. Bu metod yakkama-yakka,
kichik guruh va jamoa bilan ishlagan hollarda qo‘llanilishi mumkin. Jamoaviy
faoliyatda klaster guruh g‘oyasi uchun karkas bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek,
guruh fikrini to‘plash va ularni bir tizimdagi qurilmaga keltirish mumkin.
Biror mavzu bo‘yicha “Klaster” metodidan foydalanganda o‘quvchilarning
e’tiborini quyidagilarga qaratish lozim:
-
xayolga kelgan har qanday fikrlarning sifatini muhokama qilmay, ketma-
ket yozish;
-
fikrlar tugamaguncha, yozishda davom ettirish, mabodo fikrlar tugab
qolsa, u holda yangi fikr kelgunga qadar biron rasm chizib turish;
-
imkoni boricha, fikrlarning ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligini
ko‘paytirishga intilish.
Klasterdan foydalanib, tashkil etiladigan darslarda o‘quvchilarning bilimini
baholash o‘quvchi tasavvurining kengligi, fikrlar va tushunchalarning mantiqan
bog‘liqligi, ijodiy yondashganligi va mavzuning mazmuni qanchalik to‘liq qamrab
olinganligi kabi mezonlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Ushbu takrorlash darsining mavzusini “Algoritm” deb nomlash
mumkin. Darsni boshlashdan avval har bir o‘quvchiga yetarlicha qog‘oz va
qalam yoki ruchka tayyorlab qo‘yiladi. Dars o‘quvchilarni “Klaster”ni
tanishtirishdan boshlanadi. Har bir o‘quvchiga vazifani alohida-alohida
bajarishi lozimligi tushuntiriladi. 15-20 daqiqa vaqt beriladi (ushbu vaqt
mobaynida o‘quvchilarga ilhom bag‘ishlaydigan mayin ovozli musiqa qo‘yish
ham mumkin).
|