PEDAGOGIKA
2017, 6-son
41
davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirishi lozim.
Umumiy o‘rta ta'limda Informatika va hisoblash tеxnikasi asoslari o’quv
fanining maqsadi o‘quvchilarda axborotlarni qayta
ishlash tеxnologiyalari va
ulardan foydalanish jarayonlari haqida puxta va ongli ravishda o‘zlashtirish
uchun bilim bеrishni ta'minlash, ularga o‘quv va kеyingi ish faoliyatlarida
kompyutеrlardan oqilona foydalanish ko‘nikmasi va malakalarini bеrish,
shular
asosida yangi axborot tеxnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga
qo‘shadigan hissasi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Informatika va hisoblash texnikasi
asoslari” fani o‘qituvchilariga mashg‘ulotlarni qanday tashkil etish, materiallarni
qanday bayon qilish va bunda innovatsion pedagogik texnologiyalardan qanday
foydalanish kerakligi haqida materiallar berish hozirgi kunda ta’lim tizimi oldida
turgan muhim vazifalardan biridir. O‘qituvchilarga
har bir darsning texnologik
xaritasi (darsning maqsadi, metodlari, foydalaniladigan vositalar ro‘yxati,
foydalaniladigan texnologiyalar,
metodik tavsiyalar, mashqlarni o‘quvchilarga
bajartirish) berilishi maqsadga muvofiq.
Umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilarining informatikadan
tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar uning asosiy mazmuni
yo‘nalishlari, axborot,
kompyutеr,
kompyutеrda
masalalar
yеchish
tеxnologiyalari, axborot tеxnologiyalarining istiqbollari bo‘yicha bеlgilanadi.
„Informatika va hisoblash texnikasi asoslari“ni o‘qitishda o‘qituvchilarning
darsdagi asosiy e’tibori
tushunchalar mazmunini ochish, mustaqil va ijodiy
fikrlash, jarayonni tushunish, buyruq va ifodalarni o‘qish, yozma nutq va yozish
malakasini shakllantirish, tushirib qoldirilgan so‘zlarni topish, noto‘g‘ri
berilgan
so‘zlarni tuzatish, so‘zli yozuvdan belgili yozuvga va,
aksincha, belgili yozuvdan
so‘zli yozuvga o‘tish, hisoblash,
algoritm va dastur tuzish, shuningdek,
mavzuning xususiyatlaridan kelib chiqadigan mashqlar bajartirish kabilarga
qaratilishi lozim.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinflarida „Informatika va hisoblash
texnikasi asoslari“ining birinchi yarim yillikda o‘qitiladigan
mazmuniga
„Algoritmlash asoslari“ va “Takrorlash” (9-10-darslar) mavzularini o‘qitish ko‘zda
tutilgan.