PEDAGOGIKA
2017, 6-son
50
2. Keys vaziyati. Tо‘yinmagan uglevodorodlar – molekulalarida uglerod
atomlari qо‘shbog‘ yoki uchbog‘ orqali bog‘langan uglevodorodlar
1
. Tо‘yinmagan
uglevodorodlarning eng muhim vakillariga alkenlar (etilen qatori), alkadiyenlar
(diyen qatori), alkinlar (atsetilen qatori) kiradi.
Alkenlar molekulasida bitta
qо‘shbog‘ tutgan, alkadiyenlar molekulasida ikkita qо‘shbog‘ tutgan, alkinlar
molekulasida
bitta
uchbog‘
tutgan
uglevodorodlardir.
Tо‘yinmagan
uglevodorodlar anorganik moddalar bilan oson reaksiyaga kirishib, turli ranglarni
hosil qiladi. Tо‘yinmagan uglevodorodlarning rang
hosil qilishiga doir keys
topshirig‘i tuzib, talabalarning fanga bо‘lgan qiziqishini orttirish mumkin.
Keys topshirig‘i. Kokteyl, muzqaymoq, likor kabilarga ta’m-maza
berish
uchun muskat yong‘og‘i, koritsa, vanilin, gvozdika qо‘shiladi. Bu ularga qanday
rang berishi mumkin.