PEDAGOGIKA
2017, 6-son
47
3.
Uchta tanga berilgan. Ulardan biri soxta va og‘irligi bilan farq qiladi.
Tortish uchun ikki pallali toshlari yo‘q tarozi berilgan. Eng kam tortish orqali
soxta tangani topish algoritmini so‘zlar yordamida
yozing va blok-sxemasini
chizing.
4. Kompyuterda masalalar yechishning birinchi uch bosqichini tomoni
a ga teng bo‘lgan kvadratga ichki chizilgan doiraning yuzini topish masalasi
asosida ko‘rsatib bering.
5. Kompyuterda masalalar yechishning
birinchi uch bosqichi tomoni a
ga teng bo‘lgan kvadratga tashqi chizilgan aylananing uzunligini topish
masalasi asosida ko‘rsatib bering.
6. Algoritmning qanday turlari bor?
a) chiziqli; b) tarmoqlanuvchi; d) takrorlanuvchi; e) a, b, d; f) a, b.
7. Quyidagilardan qaysi biri algoritm nazariyasi bilan bog‘liq?
a) al-Xorazmiy; b) blok-sxema; d) takrorlanuvchi; e) b, d; f) a, b, d
8. Algoritmning tasvirlash usullariga quyidagilardan qaysilari kiradi?
a) so‘zlar yordamida, formulalar yordamida;
b) jadval yordamida, grafik shaklida;
d) dastur shaklida; e) a va b; f) a, b, d.
Uyga vazifa: 1. Darslikning I bobidagi takrorlashga oid mashqlarda ikkitasi.
2. Algoritm turlariga doir 5 ta test topshiriqlari tuzish.
3. 1 dan 500 gacha bo‘lgan toq sonlar yig‘indisini topish algorimining blok-
sxemasini chizing