PEDAGOGIKA
2017, 6-son
49
aniq bosqichlarni loyihalashda amaliy faoliyatlarini modellashtirish imkonini
beradi
1
.
Keys ta’lim oluvchilarga tahlil qilish, tenglashtirish yо‘llarini
qidirish va
muammoni yechish erkinligini beradi. Keysni kо‘rib chiqishda talabalar o‘z o‘quv
faoliyatini tashkil etadi va ularda o‘zaro hamkorlik, fikr almashish imkoniyati
vujudga keladi.
Kimyo fanini о‘qitishning asosiy vazifalaridan
biri kimyo asoslaridan bilim,
malaka va kо‘nikma laboratoriya mashg‘ulotlari asosida singdirilishidir. Kimyo
fanini о‘qitishning amaliy-texnologik jihatlaridan biri talabalar bilimining
rivojlanishida kimyoviy tajribalarning
mustaqil bajarilishi, masalalar yechish
kо‘nikma va malakalarining hosil qilinishidir.
Keys metodining kimyoni о‘qitishda qо‘llanishini organik kimyo kursining
«Tо‘yinmagan uglevodorodlar» mavzusi misolida kо‘rib chiqish mumkin. Shu
maqsadda о‘qituvchi bir necha g‘oyalarni ishlab chiqadi. Bu g‘oyalarni guruhdagi
talabalar bilan birga muhokama qiladi.
1. Keys vaziyati. Tо‘yinmagan uglevodorodlarda qо‘shbog‘
borligi uchun
galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi, laboratoriya mashg‘ulotida etilen gazi
bromli suvga
yuborilganda, brom bilan reaksiyaga kirishib, bromli suvning rangini
о‘zgartiradi, lekin tajriba jarayonida konsentrlangan sulfat kislotaga etil spirti
solinib, gaz о‘tkazgichli nay yordamida etilen gazi bromli suv va kaliy
permanganatli eritmaga yuborilgan edi, probirkadagi eritmalar rangi о‘zgarmadi.