• Абдуллаев А.
  • Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/136
    Sana31.01.2024
    Hajmi2,8 Mb.
    #149178
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   136
    Bog'liq
    4979 197 2017. 6-son

    PEDAGOGIKA 
    2017, 6-son
     
     
    25 
    о‘zgarishlarni anglab yetishi, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan qurollangan bо‘lishi 
    talab etiladi. 
    Talabalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida ma’naviy jihatdan 
    shakllantirish pedagogika va psixologiya fanlarini о‘qitish jarayonida 
    kasbiy bilimlarni berish, iqtisodchi kasbiga tegishli bо‘lgan malaka va 
    kо‘nikmalarni hosil qilish jarayoni bilan uzviylikda olib boriladi. 
    Malakali kadrlarni tarbiyalash vazifasini mazkur oliy о‘quv yurtida 
    faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlar ulkan mas’uliyatni his etganlari 
    holda, bо‘lg‘usi iqtisodchilarning jiddiy tayyorgarlikka ega bо‘lishlari uchun 
    muayyan shart-sharoitlarni yaratish zaruriyati ham bor
    1
    .
    Talabalar 
    ma’naviyatini 
    shakllantirish 
    muammosining 
    ijobiy 
    yechimini ta’minlashda nisbatan kompleks yondashuvning mavjud 
    emasligi, mutaxassislik fanlari о‘qituvchilarida fanlararo aloqadorlik va 
    bog‘liqlik xususiyatidan samarali foydalana olish, shuningdek, pedagogik 
    bilimlar va milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalari о‘rtasida о‘zaro uyg‘unlikni 
    ta’minlash borasidagi tajribaga ega emasliklari kabi holatlar yuqorida qayd 
    etilgan nazariy fikrning amaliy isbotini kо‘rsatuvchi omillardir. 
    Oliy о‘quv yurti talabalariga maxsus bilimlarni berish bilangina 
    cheklanib qolmay, talabaning ijtimoiy mavqeyini о‘stirish, umuminsoniy 
    qadriyatlar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, ma’naviy dunyosini 
    boyitish, ularning о‘z faoliyatlarida qadriyatlarga yо‘nalib ish kо‘rishlarini 
    ta’minlashga qaratilgan qulay muhitni yaratib bera olishlari lozim. Pedagog 
    nafaqat bilim va kasbiy kо‘nikmalarni shakllantirishi, balki talabalarda 
    madaniyatning shakllanishi va rivojlanishi uchun ham shart-sharoitlar 
    yaratishi zarur. 
    Oliy ta’lim tizimi amaliyotida muayyan о‘zgarishlarni amalga oshirish, 
    pedagogika va psixologiya fanlari о‘qituvchilari tomonidan ma’naviy-
    ma’rifiy ishlarning mohiyati borasidagi amaliy-nazariy bilimlarning 
    о‘zlashtirilishi, shuningdek, ularning talaba-yoshlar о‘rtasida g‘oyaviy 
    targ‘ibotni tashkil etishga xizmat qiluvchi tayyorgarlikka ega bо‘lishlarini 
    ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish zaruriyatini kun tartibiga 
    olib chiqayotganligini kо‘rsatmoqda. 
    Tarbiyaning ikkinchi muhim vazifasi talaba-yoshlarga о‘zining hayotiy 
    individual uslubini, faoliyat va munosabatga kirishishini shakllantirishga 
    yordam berishdan iborat. Bu vazifani hal etish uchun pedagog 
    1
    Абдуллаев А. Маънавият ва иқтисодий тафаккур. – Тошкент: Маънавият, 1999. – Б. 59. 



    Download 2,8 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   136




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish