• PEDAGOGIKA 2017, 6-son 13
  • Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/136
    Sana31.01.2024
    Hajmi2,8 Mb.
    #149178
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   136
    Bog'liq
    4979 197 2017. 6-son

    1
    Костюкинн Г. С. Принцип развития в психологии. ‒ Москва: Педагогика, 1959. ‒ C. 31. 
    2
    Лернер И. Я. Дидактические основы методов обучения. ‒ Москва: Педагогика, 1981.
    – С. 186. 


    PEDAGOGIKA 
    2017, 6-son
     
     
    13 
    va rivojlanadi. Shaxs dinamik strukturasiga bog‘liq bо‘lmagan tarzda dastlabki 
    bosqich yuzaga keladi va ikkinchisiga о‘rin bо‘shatib beradi. 
    S. Prangishvilining fikricha, “O‘qishning alohida bosqichlarida paydo 
    bо‘lish, rivojlanish va samaradorligining ifodalanganligi va ular bilan bog‘liq 
    bо‘lgan psixik funksiyalarning faollashuvi”ni о‘rnatish о‘quv jarayonini 
    rivojlantiruvchi vosita hisoblanadi. O‘z o‘rnida mazkur faollashuvni bevosita 
    ifodalovchi, о‘quv faoliyatida motivlarning paydo bо‘lishini ta’minlovchi 
    psixologik-didaktik sharoitlarning paydo bо‘lish masalasi yuzaga keladi
    1

    Y. Lernerning ta’kidlashicha, har qanday yondashuvni amalga oshirishda 
    ikki muhim jihatni hisobga olish lozim, ya’ni har qanday metod ta’lim oluvchining 
    о‘quv faoliyatiga nisbatan о‘ziga xos munosabatini ifodalaydi. Demak bir emas, 
    bir necha ta’lim metodlari majmuyini qо‘llash lozim. “Agar fanning mazmuni, 
    faoliyati, shakllari о‘quvchilarning qobiliyati, motivi, qiziqishlariga javob bera olsa 
    va bu metod ta’lim shartlarini hisobga olsagina, metod samara berishi mumkin.
    2
    Ta’lim beruvchi о‘quvchilarning ehtiyojlari, motiv va qiziqishlarini 
    shakllantirish 
    maqsadida 
    ta’limning 
    tartib-qoidalari 
    va 
    vositalarini 
    mujassamlashtirishi lozim. K. Markovaning psixologik nuqtayi nazardan kelib 
    chiqib, о‘quvchilarda motivatsiyaning turli kо‘rinishlarini shakllantirish, maqsad 
    qо‘yish jarayonini faollashtirish uchun turli ta’lim metodlarini birga qо‘shib olib 
    borish, lozim deb hisoblaydi
    3
    .
    B. Itelson pedagogik vaziyatda ta’lim oluvchining uch funksiyasi haqida 
    yozadi: taqdim etilayotgan ma’lumotning passiv qabul qilinishi va о‘zlashtirilishi; 
    mustaqil izlanishning faolligi, ma’lumotlarni izlab topish va qо‘llash; sirtdan 
    yо‘naltirilgan qidiruv, ma’lumotlarni qо‘lga kiritish va qо‘llash. Ushbu fikrga 
    muvofiq tarzda, о‘quv vaziyatining uch turi mavjud: tayyor taqdim etish, tabiiy 
    о‘z-о‘zini о‘qitish va yо‘naltirilgan о‘quv faolligi
    4

    Tayyor holda taqdim etish (о‘qitish sifatidagi ta’lim konsepsiyasi)da odatga 
    ko‘ra, ma’lumot, tushuntirish, taqdim etish, kо‘rsatish metodlari qо‘llanadi, 
    1

    Download 2,8 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   136




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish