Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 
12 
rivojlanish shaxs hayotida sodir bо‘ladigan ichki ziddiyatlarga bog‘liq ravishda 
rivojlanadi. Bartaraf etilgach, birisi boshqasi bilan almashadi
1
.
Bu shaxsning ehtiyojiy-motivatsion doirasiga ham tegishli bо‘ladi: ichki 
ziddiyatlarning asosiylaridan biri paydo bо‘layotgan yangi ehtiyojlar, ularni 
amalga oshirishda qо‘llanadigan vositalarning egallanish darajasi о‘rtasidagi 
tafovut hisoblanadi. Yuzaga kelayotgan tafovutlar xulqning yangi shakllarini, 
harakatlarning yangi usullarini о‘zlashtirishda shaxsni faollikka undaydi”
2

Tavsif etib о‘tilgan ziddiyatlar muvaffaqiyatga yо‘naltirilgan, faollikka 
undovchi, istiqbolli maqsadlarning paydo bо‘lishini ham ko‘rib chiqish mumkin.
Rivojlanishning yangi manbalarini yaratish uchun shaxs о‘z hayot tarzini 
о‘zgartiradi. Bu borada ta’limning o‘rni muhim. U paydo bо‘layotgan ichki 
shaxsiy ziddiyatlarni bartaraf etishga, balki shaxs faoliyatida muvaffaqiyatga 
erishishiga kо‘mak berishi muhim hisoblanadi. Bunday turdagi ziddiyatlar 
shaxsning ta’lim jarayonida о‘z-о‘zini harakatlantirishini ta’minlaydi. 
Psixologik adabiyotlarda ta’kidlanishicha, о‘quv faoliyati asosiy motivlarinig 
shakillanishi, nafaqat о‘quv dasturini muvaffaqiyatli о‘zlashtirish holati, balki 
ta’limning maqsadi sifatida ham yuzaga chiqadi. Ta’limga nisbatan turli 
yondashuvlar mavjud: an’anaviy va innovatsion. Bu borada taklif etiladigan 
didaktik metodlar munosabatida har xil imkoniyatga ega bо‘ladi. Mazkur 
yondashuvlardan biriga qisqacha tо‘xtalamiz. 
An’anaviy ta’lim. Ta’limning an’anaviy, tushuntirish-kо‘rgazmali tur 
doiralarida о‘quv motivatsiyasining shakllanish imkoniyatlari yetarli darajada 
chegaralangan. S. Prangishvili ta’lim jarayonining turli nazariyalari haqida 
gapirib, aksariyat tadqiqotchilar uning quyidagi bosqichlari muhimligini 
ta’kidlashini aytib о‘tadi: о‘quv fani namoyishi, topshiriq (savol)larning paydo 
bо‘lishi, topshiriqni bajarishga bо‘lgan maqsadning paydo bо‘lishi, uning amalga 
oshishi, bilimlarni mustahkamlash. Shubhasiz, bu bosqichlar aynan an’anaviy 
ta’limga xosdir. 
S. Prangishvilining yozishicha, о‘quv jarayoni bosqichlariga doir barcha 
nazariy masalalar “bevositalik postulat”idan kelib chiqadi. Bosqichlar insonning 
turli psixik funksiyalari bog‘lanishi va uzilishi natijasida biri biridan hosil bо‘ladi 

Download 2,8 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish