Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 

olinib, 1992-yilning 21-noyabrida Konstitutsiya loyihasi ikkinchi bor matbuotda 
e’lon qilindi. Natijada olti mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi va 
loyihaga qator tuzatish hamda aniqliklar kiritildi. 
Xalqimiz tomonidan bildirilgan fikrlar Konstitutsiya mazmunini yanada 
boyitdi. Jamiyatimizning millionlab a’zolari taqdiri bilan bog‘liq ushbu jarayon 
siyosiy faollik namunasi bo‘ldi, deb ta’kidlash joiz. 
Tarixiy sana – 1992-yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining 
o‘n 
birinchi 
sessiyasida 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi qabul qilindi. 
Jamiyat a’zolarining siyosiy-huquqiy ongi va tafakkurining o‘sib 
borayotganligi davlat hokimiyatini isloh qilinishida asosiy omil bo‘lib xizmat 
qilmoqda.
Xalqimiz erki-irodasiga asosan o‘tkazilgan referendumlarda davlat va 
jamiyat hayotidagi eng muhim masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinishi 
natijasida mamlakat siyosiy tizimida izchil islohotlar amalga oshirilib, katta 
o‘zgarishlar yuz berdi. Ko‘ppartiyaviylik tizimining mustahkamlanishi, mamlakat 
ijtimoiy hayotining huquqiy asoslarini rivojlantirish, jamiyat a’zolarining siyosiy-
huquqiy tafakkuri yuksalishi, milliy huquq tizimimizni xalqaro huquq talablari 
darajasida takomillashtirish hamda mukammal saylov tizimining mavjudligi 
professional parlamentni shakllantirish, uni ikki palatali tizimga o‘tkazish uchun 
xizmat qiluvchi omillar hisoblandi, shuning uchun ham qonun chiqaruvchi 
hokimiyatni amalga oshiruvchi parlamentning quyi – Qonunchilik palatasi 
muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi professional organga aylantirildi, yuqori palata – 
Senat esa hududlar manfaatlarini ifodalovchi vakillik organi sifatida 
shakllantirildi. Shu tariqa Oliy Majlis faoliyati ikki palatali tizimga o‘tkazildi.
Tabiiyki, hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi, u doimo 
harakatda, o‘zgarishda va rivojlanishdadir. Shunday ekan, yurtimizni har 
tomonlama rivojlantirishning har bir bosqichida yangi-yangi muammolar paydo 
bo‘ladi va ularni hal etish bo‘yicha zamon bizning oldimizga yangi-yangi 
vazifalarni qo‘yadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 
Farmonining qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh 



Download 2,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish