Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 

Davlat siyosiy partiyalarning, jamoat birlashmalarining huquqiy 
manfaatlarini muhofaza etadi, ularga ijtimoiy turmushda ishtirok etish uchun 
teng huquqiy erkinlik yaratib beradi. Ayni vaqtda yakkahokimlikka intilishga va 
bir mafkura imtiyozli bо‘lib qolishiga yо‘l qо‘ymaslik kerak. Zero, О‘zbekistonning 
davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga raxna soladigan, milliy va 
diniy adovatni avj oldiradigan, urush va zо‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, 
konstitutsiyaviy tuzumga, xalqning demokratik erkinliklariga va ma’naviyatiga 
tajovuz qiladigan partiyalar va jamoat harakatlari qonun oldida javob berishi 
lozim. 
Konstitutsiya loyihasida vijdon va diniy e’tiqod erkinligi masalalariga katta 
e’tibor berilgan. Dinning xalqimiz ma’naviyatiga, ruhiyatiga o‘tkazayotgan 
hayotbaxsh ta’sirini ko‘rib turibmiz. Dinning tarbiyaviy ahamiyati yanada ko‘proq 
bo‘lishi lozim. Har bir inson o‘z e’tiqodiga va dinga amal qilish yoki hech qaysi 
dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. 
Davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyat tartibi vakolatlarning 
taqsimlanish prinsipi asosida amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi 
va sud hokimiyati davlatning uchta asosiy tayanchidir. 
Loyihada ana shu uchta hokimiyat idoralarining o‘zaro uyg‘un faoliyat 
vositalari, shuningdek, bu idoralarning o‘zaro bir-birini tiyib turish tizimini 
vujudga keltiruvchi qoidalar mustahkamlandi. Loyihada O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi, O‘zbekiston Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va sud hokimiyati 
idoralarining vakolatlari mukammal belgilab qo‘yilgan. 
Asosiy 
qonun 
loyihasida 
O‘zbekistonning 
tarkibiga 
kiruvchi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga alohida bob bag‘ishlandi. O‘zbekiston 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining maqomini tan oladi va uning suverenitetini 
muhofaza etadi. O‘zbekiston bilan Qoraqalpog‘istonning o‘zaro munosabatlari 
har ikki respublika o‘rtasida tuziladigan shartnomalar va kelishuvlar asosida 
tartibga solinadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari Qoraqalpog‘iston 
hududida ham majburiydir deb belgilandi. 
Konstitutsiyaviy 
komissiya 
konstitutsiya 
loyihasini 
umumxalq 
muhokamasiga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qildi va u 1992-yil 26-sentabrda 
matbuotda e’lon qilindi. Ushbu loyiha bo‘yicha umumxalq muhokamasi juda 
qizg‘inlik bilan, keng jamoatchilik doirasida o‘tkazildi. Bildirilgan takliflar inobatga 



Download 2,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish