• PEDAGOGIKA 2017, 6-son 5
  • partiyaviylik – hukmron kommunistik mafkuraga barham berildi, mulkchilik




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/136
    Sana31.01.2024
    Hajmi2,8 Mb.
    #149178
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
    Bog'liq
    4979 197 2017. 6-son


    partiyaviylik – hukmron kommunistik mafkuraga barham berildi, mulkchilik 
    shakllari о‘zgardi, hurfikrlilik, vijdon erkinligi g‘oyalari qaror topdi. 
    Shunga qaramay, hali oldinda о‘z yechimini topishi zarur bо‘lgan qator 
    muammolar kо‘ndalang bо‘lib, konstitutsiyaviy komissiya a’zolariga ushbu 
    savollarga tо‘g‘ri javob topish va tahlil qilish, xorijiy tajribani о‘rganish, milliy 
    qadriyatlarimizni konstitutsiya g‘oyalariga singdirish kabi vazifalar qо‘yildi. Ushbu 
    konstitutsiyaviy komissiyaning raisi – Respublika Prezidenti zimmasiga ulkan va 


    PEDAGOGIKA 
    2017, 6-son
     
     

    sharafli mas’uliyat yuklatilgan bо‘lib, I. A. Karimov Konstitutsiya loyihasidagi har 
    bir modda va qoidani о‘ta sinchkovlik bilan qarab chiqish barobarida yangi 
    konstitutsiyaviy tuzumni, mamlakatimiz kelajagini hamda taqdirini oldindan 
    kо‘ra oldi. 
    Shu o‘rinda mustaqil davlatimiz yangi Konstitutsiyasi loyihasining 
    yaratilishiga bir nazar tashlasak, unda Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatlariga, 
    Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (IHUD)ga, xalqaro huquqning barcha 
    e’tirof etgan qoidalariga qat’iy amal qilinganini ko‘ramiz. Shuningdek, rivojlangan 
    demokratiya mamlakatlari hisoblanmish Amerika Qо‘shma Shtatlari, Yaponiya
    Kanada, Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Turkiya, 
    Ispaniyaning hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston davlatlarining 
    Konstitutsiya tajribasidan ijodiy foydalanildi. 
    Loyiha inson huquqlari va davlat mustaqilligi g‘oyalariga sadoqat, hozirgi va 
    kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglash, о‘zbek davlatchiligining 
    tarixiy tajribasiga tayanish, demokratiya va qonuniylikni hurmat qilish, xalqaro 
    huquqning jahonda e’tirof etilgan qoidalarini tan olish, О‘zbekiston 
    fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlash, insonparvar huquqiy 
    jamiyat barpo etish va, nihoyat, fuqarolar tinchligi va milliy hamjihatligini 
    kafolatlash kabi oliyjanob maqsadlarni kо‘zladi. 
    О‘zbekistonda davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi xalq bо‘lib, davlat 
    xalqning irodasini ifodalaydi, uning manfaatlariga xizmat qiladi. 
    Biz sо‘nggi yetmish yil ichida Markazga qaramlik va sig‘inish holatida 
    yashadik. Mamlakatning, undagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat, 
    deb hisoblab keldik. Ana shu masalada ham Konstitutsiyada tub burilish 
    yasalgan, ya’ni: "Davlat, uning idoralari va mansabdor shaxslar jamiyat hamda 
    fuqarolar oldida mas’uldirlar". Sobiq totalitar davlat sharoitida bunday fikrni 
    hech kim xayoliga ham keltira olmasdi. Endilikda inson, uning hayoti, erki, sha’ni, 
    qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanalib, 
    ular davlat tomonidan kafolatlanadi. 
    Huquqiy davlatning asosiy belgisi barcha fuqarolarning qonun oldida 
    tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ta’minlanishidir. Konstitutsiya va 
    qonunlarning ustunligi prinsipi
    1
    shuni anglatadiki, bunda barcha joriy qonunlar 
    1
    Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Tошкент: Ўзбекистон, 2016. – Б. 7. 



    Download 2,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    partiyaviylik – hukmron kommunistik mafkuraga barham berildi, mulkchilik

    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish