Pedagogika fakulteti




Download 11.14 Mb.
bet17/18
Sana14.05.2023
Hajmi11.14 Mb.
#59641
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
X U L O S A
Xulosa qilib aytganda quyidagilarni ta’kidlab o’tish joiz bo’ladi.
O’quv yurtlaridagi badiiy tafakkurni rivojlantirishda kompozitsiya faninig o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Shu bois bitiruv malakaviy ishi mavzusini dolzarb deb belgilab, tasviriy san’atnin barcha sohalaridagi kompozitsiya asoslarini nazariy va amaliy jihatlarini to’liq o’rganib chiqib uni yanada takomillashtirish haqida fikr yutirilganida ko´rgazmali agetattsiyani tasirchanligini oshirish va shu orqali o´quvchilarga estetik tarbiya ishining muvaffaqiyatini ta’minlash nazarda tutiladi. Kompozitsiya fani juda katta ta’limiy va badiiy – tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shuning uchun kompozitsion bilimni rivojlantirish jarayonlari umumiy o’rta ta’lim maktablaridan boshlab takomillashtirilib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz.
TAVSIYALAR
Har qanday san’atni turi insonga o’z ta’sirini o’tkazib unda dunyoqarashini shakllantiradi.
Tasviriy san’at insonda hayotdagi ko’rsatgan jasoratini, fikr va ichki xissiyotlarini aks ettiradi.
O’zbek tasviriy san’atini dastlabki rivojlanishi bosqichida rassomlar haqiqatni yarim manzara shaklida tasvirlashdi. Ularni sharqona hayot, yodgorlik obidalar fonida, galla-g’ovur bozor hayoti, choyxonada xordiq chiqarayotgan rang-barang liboslardagi odamlar qiziqtirdi.
Hozirgi zamon san’ati rivojlanishiga, rassomning ijodiy izlanishi yangi mazmunli g’oya, insonlarning ma’naviy - ma’rifiy talablarini qondirish bilan bog’liqdir. SHuning uchun kartina kompozitsiyasi echimi murakkab ruxiy holatini topish, rassomdan kundalik hayotdagi go’zallikni aks ettirish muammolarini, zamondoshlarning ichki xis - tuyg’ularini sezishni, to’g’ri chuqur tasavvur etishshni talab qiladi.
Rassomlar zimmasiga o’z asarlarida badiiy obrazlarni yaratish vositalarini boyitish, taraqqiy etgan jahon ilg’or rassomlari tajribalari bilan dunyoqarashlari ko’lamini kengaytirish kabi ma’suliyatlar qo’yilgan.
Mustaqillik tufayli boshlangan buyuk tarixiy taraqqiyot yo’lidan og’ishmay olg’a rivojlanib borayotgan O’zbekiston Respublikasi oldida endilikda bir qancha muhim vazifa va muammolar turibdi.
Ilm-fan, madaniyat va ma’rifat har qanday mamlakatni yuksaklikka ko’taradi, uni taraqqiyotini ta’minlaydi.
Mamlakatimiz kelajagi so’zsiz kadrlar tayyorlash bilan bevosita bog’liq. YAngicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalash, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega bo’lish uchun, ta’lim - tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish, uni davr talabi darajasiga ko’tarish, jamiyatimizning, har birimizning oldimizdagi eng muhim vazifalardan biri bo’lmog’i kerak.
Yuqoiridagilarni inobatga olgan olgan xolda bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha quyidagilarni tavsiya qilamiz.
-Tasviriy san’at fanining muhim fanlaridan biri bo’lgan “Kompozitsiya” fanini maktab tasviriy san’at darslaridan boshlab takomillashtirib borish maqsadida to’garak mashg’ulotlari, turli badiiy-ijodiy ko’rgazmalar uchun mo’ljallangan mavzuli kompozitsiyalar ustida ishlashni takomillashtirish.
-Ko’rgazmalar o’tkazish natijasida kompozitsion tafakkurni rivojlantirishni umumiy o’rta ta’lim maktablari tasviriy san’at darslarida amalga tadbiq etish.

Download 11.14 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 11.14 Mb.