• O`rol Tansiqboyev
  • Pedagogika fakulteti




    Download 11.14 Mb.
    bet13/18
    Sana14.05.2023
    Hajmi11.14 Mb.
    #59641
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Pavel Petrovich Benkov
    Pavel Petrovich Benkov 1879-yilda Qozon shaxrida tavvalud topgan. 1949-yilda Samarqandda vafot etgan. U O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san’at arbobi (1939-yil). Dastlab P.Benkov qozon badiiy bilm yurtiga o`qigan. Keyinchalik Peterburg badiiy akademiyasida, D.N.Kardovskiydan, Parijda rassom R.Jyulian- ning xysusiy akademiyasida ta`lim olgan. Italiya, Ispaniya, Fransiyaga safar qigan. 1913-1928 yillar davomida “Kovalevskiy bolalarining portreti”, “Rassom ayol portreti” asarlarini yaratgan. Qozon katta teatrida bir qator spektakllarga deko- ratsiyalar ishlagan. 1929 yilda Samarqandga kelib, 1930 yildan oshlab shahardagi badiiy bilim yurtiga o`qituvchilik qilgan. Uning o`tgan asrning 30- yillari o`rtala- rida yaratgan asarlarida, O`zbekistonning qadimiy shaharlari qiyofasi, o`ziga xos iqlimi, serquyosh manzaralari, o`zbek millatining betakror madaniyati, kishilari obrazi yorqin bo`yoqlarda gavdalantiriladi. 9
    Uning “Buxoro timi” (1929 y.), “Xivalik qiz”(1931y), “Buxorodagi osh-

    Sharq ko`chasi. 1929 y.

    Chor-Minor masjiti. 1929y.

    Buxorodagi Qizil choyxona. 1929y.
    xona” (1929y), “Eski Buxoro” (1931y), “Minorai Kalon” (1930 y.), “Dugonalar”, (1940y.), “Qahramonning onasi” (1942y.), “Jangchiga” (1945y.), “Dugorchi qiz” (1947y.), “Ko`cha”, (1943y.), “Registondagi choyxona”, (1944y.) nomliy asarlari, O`zbekistonning mumtoz me’moriy obidalari va manzalariga bag’ishlangan. Pavel Benkov Samarqandning ko`cha va bog’lari, bozor va hovlilari, maydon va choyxo- nalari, ulardagi hayotning o`ziga xos go`zalligini yorqin va hayoti ifodalovchi o`nlab asarlar yaratgan. O`zbekistonda tasviriy san’atning shakillani- shida, milliy kadirlar yetishtirishga uning xizmatlari beqiyos bo`lgan.

    Buxoro Bozori. 1929 y.



    Xiva Meva bozori. 1930 y.
    O`rol Tansiqboyev
    O`rol Tansiqboyev mashhur manzarachi rassom, rangtasvir ustasi. U 1904 yilda Toshkentda tavallud topib, 1974 yilda vafot etgan. O`.Tansiqboyev yoshli- gidan san`atga qiziqib, Toshkentdagi badiiy muzey qo- shidagi to`garakka (studiya) qatnab, dastlabki saboqlarni rassom, I.Repinning shogirdi, N.Rozanovdan oldi. To`garakka qatnab yurgan yillari- dayoq u ko`plab kompazitsiyalar ishladi.
    Uning ilk ishlaridan biri 1927 yilda yaratilgan “Toshkentboyev partreti” edi. Studiyada tasviriy san`at borasida olgan bilimlaridan ko`ngli to`lmagan O`.Tansiq- boyev Rassiyaning Penza shahridagi badiiy-pedagogika bilim yurtiga o`qishga kiradi.

    U yerda I.Repinning shogirdlari ,I.Goryushkin-Sorokupudov va N.Petrovdan san`at sirlarini o`rganadi. Ayniqsa, unga Rossiya mashhur rassomlarining Penza muzeyidagi tasviriy san`at asarlari katta ta`sir ko`rsatdi. Ularni o`rganish va ayrim- laridan nusxalar ko`cherish O`.Tansiqboyev uchun katta maktab vazifasini o`tadi O`rol Tansiqboyevning mustaqqil ijodi, O`zbekistonda milliy san`atning tiklanish davriga to`g`ri keldi. U o`z ijodining dastlabki yilida yillarida anchagina asar- lar yaratgan bo`lsa-da, biroq uning asosiy ijodi 1940 yidan so`ng boshlanadi. U O`zbekiston delegatsiyasi tarkibida ikkinchi jahon urushi bo`lgan joylarga borib, u yerlardan katta taasurotlar bilan qaytdi. Natijada “Ozod etigan yerlarda”, “Mal`- unning yo`li”, “Partizan ayol”, “Havo jangi” kabi bir qator asarlar yaratdi. 1943 yilda unga O`zbekistonga ximat ko`rsatgan sanat arbobi unvoni berildi.
    .

    Urushdan keyingi yillarda O`rol Tansiqboyev katta o`lchamdagi asarlar yarata boshladi. Bunday asarlar qatoriga “Sholi hosilini yig`ib olish”, “Bahor”, “Paxtani sug`orish”, “Jonajon o`lka”, “Issiqko`l oqshomi”, “Tog`da ”kabilarni kiri-tish mumkin.

    Rassom ijodining gullagan davrida yaratgan asarlaridan yana biri “O`zbe- kistonda mart” deb ataladi. Rassomning bu asarida bahorgi quyosh taftidan bahra ola boshlagan maysazorlar, daryoga olib boruvchi so`qmoq, daryo qirg`og`ining baland-pastliklari, qiyg`os gullagan daraxtlar, o`zaniga sig`may oqayotgan daryo, daryoning narigi tomonidagi tepaliklar, qori erib tugamagan tog`lar, quyosh nuriga hamohang tusga kirgan bulutlar kishiga zavq bag`ishlaydi.


    O`rol Tansiqboyev o`zining urushdan keyingi ijodida, Respublikada qurila- yotgan kanallar, suv omborlari, elektrostansiyalari, neft nqiduruv ishlari bilan ha- mohang tabiat manzaralarini tasvirlashga harakat qiladi. Natijada u”Togda bahor”, “Qayroqqum GESi tongi”, “Angren vodiysi” kabi betakror asarlar yaratdi.

    Rassomga shuhrat keltirgan asarlaridan biri, “Qayroqqum GESi tongi” deb ataladi. Bu asarda, yuqoridan turib kuzatilgan elektrostansiyasi va suv ombori lirik kayfiyatda tasvirlangan bo`lib, undagi qurilishlar tabiat bilan uyg`unlashib ketgan. Suvrat markazidagi erta tongda zangiri tusga kirgan elektrostansiyasi to`g`oni cheti ko`rinmas ulkan dengizni mahkam tutib turgandek tuyiladi.
    Asarni kuzatgan odam sahroga jon bag`ishlovchi mo`jizakor manzaraning sehrli olamiga kirib qoladi. Unda olislarga bo`y cho`zgan mussaffo dengiz qa`riga ko`milgan shodlik va nafosatga boy tong yorishib kelayotganligini qalbdan his etadi. Bu suvratda tasvirlangan narsalar juda oddiy, lekin sehrlidir. Chunki dengiz, osmon va kengliklarning bepoyonligi, koloritning jozibadorligi, mayinligi kishini o`ziga tortadi. Manzarada suv, cho`l, tog` va fazo yirik hamda umumlashgan holda berilganligi sababli, asar nihoyatda salobatli ko`rinadi.
    O`rol Tansiqboyev ijodiy yo`nalishini belgilab beruvchi asarlardan yana biri “Tog`dagi qishloq oqshomi” manzarasidir.
    Asar tik holdagi kompazitsiyadan iborat. Unda Respublikamizning tog`lik go`zal qishloqlaridan biridagi kechki payt tasvirlangan. Asarda uzoqlarda yastanib yotgan moviy tog`lar, chiroqlarini endigina yoqqan xonadonlar, qishloq yonidan oqib o`tgan soy, kishilar va bolalar tasviri ko`zga tashlanadi. Kishilar va bolalar tasviri manzaraga hamohang tarzda unga hayotiylik baxsh etadi.
    Suratdan ko`rinib turibdiki, kech kirib, oqshom tushgan va tog` cho`qqilari-yu, qoyali toshlarni tun o`z qa`riga tortmoqda. Tepaliklardan tushib kelayotgan qo`ylarning ma`rashi, soyning shuvillashi, chigirtkalarning chirillashi eshitila- yotdek tuyiladi. Kechki yog`du bag`rida, uning zavqini tortayotgan bolalar tasviri, u yer, buyerlarda ko`zga tashlanadi. Kech kirib, viqorli tog`lar orqasiga quyosh berkingan, uning o`rniga oy chiqmoqda.
    O`rol Tansiqboyevning diqqatga sazavor asarlaridan yana biri 1955 yilda yaratilgan “Sirdaryo” nomli manzara bo`lib, u Moskvadagi Tretyakov galereyasida saqla nadi.
    1960 yillarda rassom “Tog` yo`li”, “Angren-Qo`qon yo`li”, “Angren daryo- si”, “Chorvoq qurilishida” kabi bir-biridan jozibali asarlar yaratdi. Umrining oxir- larida yaratgan “Kuz tongi”, “Mening qo`shig`im”, “Chordaryo suv omborida” kabi asarlari esa rassom ijodining, cho`qqqilari bo`lib qoldi.
    O`rol Tansiqboyev ijodiga xos xususiyatlar ona-Vatanga muhabbat, uni ulug`lashdir. Rassom asarlarida tabiatni keng qamrovli va osmon o`par tog`lar, uzoqlarga ketgan ilon izi yo`llar, moviy osmon, ko`k bilan tutashib ketadigan go`zal hayotiy manzaralar tasvirlanadi. Ayrim hollarda, kishilar tasvirlari ham yorqin ranglarda ifodalanadi.
    O`rol Tansiqboyev katta hayot yo`lini bosib o`tdi. U 1934 yillardayoq Moskva va Finlandiyada o`tkazilgan tasviriy san`at asarlari ko`rgazmasida o`z ishlari bilan qatnashdi. O`rol Tansiqboyev 1958 yida Bryusseldagi xalqaro ko`r- gazmada “Qayroqqum GESi tongi” asari bilan, qatnashib xalqaro kumush medal bilan taq- dirlandi.
    Vatanimiz san`atini rivojlantirishdagi xizmatlarini taqdirlab, rassom huku- matimizning bir qator orden va medallari bilan mukofotlangan. U O`zbekiston xalq rassomi, Rossiya Badiiy Akademiyasining haqiqiy a`zosi edi.
    Rassomning bir qator asarlari Moskvadagi Moskvadagi Tretyakov galere- yasi, Sharq xalqlari san`at muzeyi, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojigiston, Moldova, Litviya, O`zbekiston san`ati muzeylaridan o`rin olgan.
    O`rol Tansiqboyev birinchilar qatori manzara janrida ijod qilib, san`atimiz tarixida o`chmas iz qoldirgan mussavirlardan edi. U o`z asarlarida O`zbekistonning go`zalligini, uning jozibasini kuyladi. O`rol Tansiqboyevning asarlari yana uzoq yllar bizni va kelajak avlodlarni ham Vatanga muhabbat, go`zallikdan zavqlani- shga chorlab turishi shubhasizdir.
    Moybo’yoqda tasvirlarni ishlash rassom uchun ham, endi o’rganayotgan talaba uchun ham juda qiziqarli mashg’ulotdir. Ammo bu mashg’ulotning jiddiy qiyinchiliklari ham mavjud bo’lib, u moybo’yoq rangtasvir texnologiyasi bilan ham bog’liq. Chunki moybo’yoq bilan ishlash ma’lum tayyorgarlikni talab etadi. Ularga bo’yoqlarni tanlash, ish uchun sath (mato)ni tortib tayyorlash, uni qoplama (grunt) bilan yopish, mo’yіalamlarni tanlash, eritgichlarni tanlab olish kabi zarur tadbirlarni kiritish mumkin. Moybo’yoq tasvirlar ishlashni o’rganish natyurmortlarni chizib mashq qilish orqali o’zlashtirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
    Moybo’yoqli natyurmort rangtasvirini ishlash jarayonining ayrim tomonlari akvarel texnikasiga o’xshash. Chuki bunda ham avval qalamtasvir chizib olinadi. Agar suvbo’yoqda ishlash uchun tasvir mukammalroq, mayda detallari bilan batafsil chizib olinsa, moybo’yoqda ishlash uchun esa chizmatasvir umumlashtirilib eng asosiy narsalar aks ettiriladi. Buning sababi moybo’yoqda ishlash jarayonida batafsillik mo’yqalamda ishlanishi mumkinligidandir. Moybo’yoqda biror rangni ochlashtirish uchun ungaoq rang kerakli darajada qo’shiladi. Shunisi ham borki oq rang qo’shilgach bo’yoqning erkinligi ma’lum darajada kamayadi. Buni o’quv mashqlarini bajarish jarayonidaalbatta hisobgaolish joiz. Akvarel texnikasi kabi jihatlardan biri ish jarayonini asosiy uzoq muddatli vazifani boshlashdan avval ranglavha, chizmalavhalar ishlab olinishidir. Shunda bo’lajak rangtasvirning asosiy xususiyatlarini tajriba qilib ko’rib o’rganish asosiy ishda uni qo’llash mumkin bo’ladi10.
    Moybo’yoq tasvirlarini ishlash uchun maxsus ashyolardan foydalaniladi. Ular romga tortib tayyorlab, qoplama surtib olingan (gruntlangan) mato, moybo’yoqlarning kerakli xillari, bo’yoqtaxta (politra), mo’yіalamlarning turlicha kattalikdagi xillari, mastixin va eritgichlardan iboratdir.
    Romga tortilgan mato qanday tayyorlanganligi tasvir sifatini belgilaydigan omillardan biridir desak xato bo’lmaydi. Uning qoplamasi (grunti) ikki xil tarzda tayyorlanishi mumkin. Biri moyli qoplama bo’lib u quyidagichadir. 5 foizli elim (jelatin, baliq yoki duradgorlik elimi) aralashmasi shunga teng hajmdagi bo’rga qo’shiladi. U bilan mato sathi qoplanadi. Bir marta surtilgandan so’ng qoplama bo’yoq qatlami tayyorlab olinadi. U quyidagi tarkibda, ya’ni - maxsus oqartirilgan rangtasvir yog’i quruq oq bo’yoq kukunidan qo’shib tayyorlangan aralashma bo’ladi. Yog’ va kukunning nisbati shunday bo’lish kerakki u tayyor idishga solib chiіariladigan moybo’yoqdan suyuq bo’lmasin. Shunda uni bemalol mato sathiga mastixin bilan tekis qilib surtib chiqish mumkin bo’ladi. 1-2 xafta quritilgach G’adir-budir erlari qumqog’oz bilan yaxshilab tekislanadi va skipidar aralashtirilgan moyli qoplama yassi, katta mo’yqalam (fleyts) bilan tekis qilib bo’yab chiqiladi. Bunday usulda tayyorlanadigan mato 2-3 oy mobaynida quritiladi. U saqlanadigan joy iliq va quruq bo’lishi shart.
    «Elimli qoplama» deb yuritiladigan qoplamaning ikkinchi xili quyidagicha tayyorlanadi. Suvda 50-60 gr. jelatin eritiladi va unga 15 gr. glitserin qo’shiladi. U matoga 1-2 marta surtiladi. Birinchi marta surtilgani qurigach qumqog’oz bilan mato usti tekislanib olinadi, so’ng ikkinchisi surtiladi. Shundan so’ng elim aralashmasi bo’r vaoq bo’yoq kukuni bilan teng nisbatlarda 40 S darajali issiqda eritiladi. Agar uning tarkibi quyuq bo’lib qolgudek bo’lsa, o’shaelim aralashmasidan qo’shiladi. Bunday qoplama 2-3 marta qavatma-qavat qilib surtiladi. Ular oralig’ida ko’rishi uchun ma’lum vaqt bo’lishi shart.
    Qoplamalar yana ma’lum rang tusida ham tayyorlanishi mumkin. Ular ko’proq ijodiy ishlarni bajarishda va kompozitsiya yaratish jarayonlarida qo’l keladi. Moybo’yoqda o’quv-mashqlarni bajarishda rang xillaridan ham unumli foydalanish talab etiladi. Vazifalarni ishlaganda juda ko’p rang xillaridan bilib-bilmay ishlatish yaxshi samara bermaydi.
    Tabiatdaettitaasosiy rang (bo’yoq) borligi ma’lum. Ular qizil, noranji, sariq, yashil, havo rang, ko’k, binafsha ranglardir. Bo’yoq aralashtiriladigan taxtada (politrada) bo’lishi juda zarur rang xillari esa qizil, sariq, ko’k bo’yoqdir. Chunki ular boshqa qolgan asosiy rang-tuslar vositasidaxosil bo’lmaydi. Bularning aralashmasidan qolgan juda ko’p ranglarni chiqarish, xosil qilish mumkin. Ulardan xatto qora rang tusini ham topish mumkinligi sir emas. Faqat qaysi rangni bir-biriga qancha miqdordaaralashtirishni bilish kifoya. Buning uchun esaalbatta tajriba vao’quv bo’lishi kerak.
    Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki tabiatdaabsolyut oq vaabsolyut qora ranglar mavjud emas. Ularning barchasi qandaydir bir rang tovlanishida bo’ladi. Masalan qoraning jigarrangga, ko’kka, yashilga moyil ekanligini ko’rishimiz mumkin. Oq rangning turli nozik tuslarga moyilligi ham tabiiy. Bunday rang va tuslarning hamda ularning to’q-ochliklarini topib tasvirlash uchun moybo’yoqda ishlash texnikasi juda qulaydir. Shu imkoniyatlarning kengligi bilan u boshqa bo’yoq turlaridan ajralib turadi.
    Moybo’yoq texnikasida rangtasvirlar ishlashda mo’yqalamlarning qanday turlari va o’lchamlardagilarini ishlatish ham muhimdir. Ularni tanlay bilish ko’p foyda keltiradi. Ma’lumki natyurmortlarni, katta ishlarni bajarishda yapaloq va dag’al mo’yqalamlarni qo’llash ish sifatini, ta’sirchanligini ta’minlaydi.
    Moybo’yoqlarga suyultiruvchi, erituvchi vositalar qo’shib ishlatiladi. Ular moyli, moyi kamaytirilgan bo’lishi mumkin. Moylirog’i bo’yoqni sekin qurishi uchun yaxshi vosita bo’lib, u bilan foydalanilgan paytda rangtasvir sekin quriydi. Shu sababli uzoq muddatda bajariladigan tasvirlarni ishlashda qulaylik yaratadi. Bunday eritgichlarga ba’zan lak ham aralashtirib ishlatilishi mumkin, shunday qilinganda ishning bo’yoq qatlami tezroq quriydi va bo’yoqning moyi matoga shimilib ketishining oldi olinadi.
    Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, moybo’yoq texnikasida rang qoriladigan maxsus taxtacha (politra)ning yuzasida bo’yoqlarni qanday joylashtirish masalasi ham muhim. Unda bo’yoіlar issiq-sovuq ranglargaajratib, shu bilan birga to’q-ochligiga qarab ajratib joylashtirilishi mumkin. Oq bo’yoq odatda o’rtada yoki ranglar qatorining boshlanishida bo’ladi. Agar har safar bir xil joylashtirilsa, rassom shunga o’rganadi va kerakli bo’yoqni darrov topib ishlatish imkoniyati qulay bo’ladi.Moybo’yoqda tasvirlar ishlashning ko’p o’rganilishi kerak bo’lgan tomonlari bor. Ularning barchasi ko’p mashq qilish orqali o’rganib olish imkonini beradi. Tajriba nazariy vaamaliy tomondan muntazam mashq qlish natijasidaoshadi. Bunda maxsus adabiyotlarni mutoala qilish ham zo’r vositadir.

    Download 11.14 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 11.14 Mb.