• II-BOB. KOMPOZITSIYA FANINI O‘QITISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI 2.1 Rangtasvirda kompozitsiya tasvirlashning o’ziga xos xususiyatlari
  • Pedagogika fakulteti




    Download 11.14 Mb.
    bet12/18
    Sana14.05.2023
    Hajmi11.14 Mb.
    #59641
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
    1-bob yuzasidan xulosalar
    Kompozitsiya amaliy hamda nazariy qismdan iborat.
    Nazariy ma’ruzalar auditoriyadagi amaliy mashg’ulotlarni, uy vazifalarini ongli ravishda bajarishni idrok etadi. Kirish qismida kompozitsiyaning asosiy qonun - qoidalari, usul va vositalarini o’z ichiga oladi. Tasviriy san’atni janr turlaridagi kompozitsiyani o’ziga xos muammolarini, san’at asarida mavjud qonun talablarini ifodalaydi.
    Kompozitsiya nazariyasidagi bilimlarni chuqur o’zlashtirishda, maxsus seminarlarni roli katta. Bulardan tashqari talabalarni mavzular asosida referat yozib ma’ruzalar bilan chiqishlari, ularni muhokama qilish yaxshi
    natija beradi.
    Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda bobni quyidagicha xulosalaymiz, kompozitsiya fani tasviriy san’atning asosiy negizi xisoblanib u sohaning barcha yo’nalishlarida qo’llaniladi.
    Shu bois bu mavzuga nazariy yondashishda biz 1-bobda batafsil to’xtalishga harakat qildik.




    II-BOB. KOMPOZITSIYA FANINI O‘QITISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI
    2.1 Rangtasvirda kompozitsiya tasvirlashning o’ziga xos xususiyatlari




    Kompazitsiya kursida tasavvurni shakllantirishda qaratilgan mashqlar ham bo`lishi kerak. Ular, adabiy mavzudagi vazifalar ham bo`lishi mumkin. Talabalar badiy asarning g`oyasini anglab yetishi, ishtirok etuvchi qahramonlar timsoluni tasavvur eta olishi, tasviriy qiyos orqali asarning mazmunini talqin qila olishi kerak.Bunday kompazitsiya ustida ishlash jarayonida ham, albatta, naturadan chizilgan etyudlar, xomaki


    Tasviriy san'atda uning rangtasvir va grafika tushunchalari mavjud bo'lib, ular bir-biridan ishlanish yo'llari hamda uslublari, tasviriy vositalari bilan farqlanib turadi. Rang inson hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi hodisadir. U turli vaziyatlarda odamga har xil ta'sir etadi. Shuning uchun biz ayrim paytlarda ranglarni «quvonchli» va kayfiyatimizni tushkunligini ifoda etish mumkin bo'lgan «xira» deb atashimiz bejiz emas. Inson qadimgi paytlardanoq rangning ana shunday xususiyatlarini hisobga olib, o'z faoliyatida unumli foydalanib kelganligi ma'lum. Ayniqsa, shunday vosita sifatida rassomlar undan ustalik bilan foydalan- ganlar. Asarlariga har xil ranglar bilan jilo berib, odamlar kayfiyatiga turlicha ta'sir etib fikrlar uygotadigan tasvirlar yaratishga erishganlar. Shuning uchun tasviriy san'atning juda ko'p turlari va janrlarida rang hamda uni ishlata bilish juda quwatli ekanligi ma'lum, bo'lib haqiqatlardan eng asosiysi desak to'g'ri bo'ladi. Shuning uchun qadimdan qalamtasvir chizishga rangtasvirning asosi sifatida qarash shakl-langan. Ammo rang xususiyatlarini yaxshi bilish har bir tasvir chizishni o'rganuv- chi uchun juda ahamiyatlidir.
    Maktab fizika kursidan ma'lumki ranglarning deyarli hammasi spektming asosiy uch rangini qo'shish orqali olinadi. Ular qizil, sariq, zangori ranglardir. Bular asosiy ranglar deb ataladi. Asosiy ranglarni qo'shish orqali qo'shimcha ranglar olinadi. Masalan, qizil va zangorini qo'shish orqali binafsha, qizil va sariqni qo'shish orqali zarg'aldoq, sariq va zangorini qo'shish orqali esa yashil ranglarni hosil qilish mumkin.
    Ranglar tabiatdan ikki xil xususiyatli: iliq va sovuq bo'ladi. Iliq ranglar qato- riga qizil, sariq zarg'aldoq va ularga yaqin ranglar, sovuq ranglar qatoriga yashil, zangori, binafsha va ularga yaqin bo'lgan ranglar kiradi. Shuningdek, axromatik va xromatik ranglar ham bo'ladi. Oq, kulrang va qora ranglar axromatik ranglardir. Qolgan ranglarning hammasi xromatik ranglardir. Axromatik ranglar bir-biridan faqat och-to'qligi bilan farq qiladi. Masalan, oq, kulrang, qora, qoraroq, juda qora va boshqalar. Xromatik ranglar esa bir-biridan rang tusi, ya'ni qizil, sariq, ko'k, yashil, jigarrang va hokazo, och-to'qligi, ya'ni och qizil, to'q sariq, to'q qizil, och sariq kabi va to'yinganligi ya'ni yorqin, xiraliligi bilan farq qiladi.
    Rang doirasida qarama-qarshi joylashgan ranglar «kontrast» ranglar deb ataladi. Kontrast ranglar bir-biridan keskin farq qilib, biri ikkinchisini yanada yorqin qilib ko'rsatadi. Masalan, yashil rang fonida qizil rang juda yorqin bo'lib ko'rinadi va aksincha, qizil rang fonida ynshil rang ancha yorqinlashadi. Rang bilan ishlashda rang garmoiliynsini, ya'ni ranglar uyg'unligini bilish katta aha- miyatga ega. Narsa va hodisalarni tasvirlashda moybo'yoq, tempera, akvarel, guash kabi bo'yoqlar ishlatiladi. Narsalarni bo'yoq yordamida tasvirlash ancha murakkab jarayon bo'lib, kishidan ranglarning xususiyatlarini va ularni samarali, uquvli tarzda ishlatish usullari (texnikasini) bilishni taqozo etadi. Bo'yoqlar yordamida

    narsaning hajmi, fakturasi va fazoviy holatini tasvirlash rangtasvirning asosini tashkil etadi. Har bir narsani chizuvchi tasvirlar ekan u ranglarga jiddiy e'tiborini qaratishi kerak. Ana shunda rangning tabiatdagi ko'rinishi va tasvirdagi ko'rinishi farqli ekanligini bilib olish mumkin, chunki narsaning rangi bizdan uzoq-yaqinligiga qarab o'zgarib ko'rinadi. Buning sababi esa havo, atrof-muhitning predmet ko'ri-nishiga ta'siridandir. Qog'oz sathida ranglar munosabatlarini to'g'ri nisbatlarda topib ishlatish rangtasvirning haqqoniy aks etishida mu-him ahamiyat kasb etuvchi omillardan eiig muhimi deb liisoblasak o'rinlidir. Akvarel bo'yoqida ishlash ham o'z navbatida jiddiy o'qib o'rganishni, qattiq mashq qilishni talab etuvchi mashrulotdir. Buning uchun amaliy ishning o'zi kifoya qilmaydi. Ishning nazariy qismi amaliyot bilan bir paytda puxta. o'rganib borishni taqozo etadi.
    O'quvchilar rangshunoslik nazariyasini puxta bilishlari shart. Shuning bilan realistik rangtasvirning nazariy asoslari ilmini o'zlashtirish va ayni paytda amaliy mashq qilish natijasida savodli rasm ishlash yo'llarini o'rganish mumkin. Rang- larning tabiatda qanday hosil bo'lishi va tarqalishi muammosi qadimdan olim va rassomlarning diqqatini tortgan. Mashhur olimlar I. Nyutori, V. Lomonosov, G. Gelmgolslar ranglarning mohiyatini ilmiy asoslarda tekshirganlar. M.V. Lomo- nosov fanda birinchi bo'lib asosiy ranglarni kashf etgan. I. Nyuton qator tajribalar o'tkazib, oq yorug'likni ko'p rang ekanligini isbotlagan. Ekranda spektr ranglarini hosil qilgan.
    Buning uchun I. Nyuton quyosh nurini qora pardaning kichik tirqishidan o'tkazib, uning yo'liga uch qirrali prizma qo'ygan, natijada ekranda har xil rang- lardan iborat keng yorug'lik yig'indisi hosil bo'lgan. Ekranda spektr ranglari paydo bo'lib, ular quyidagicha joylashgan: qizil, sariq, zarg'aldoq, yashil, zangori, havo- rang va binafsha ranglar.
    XIX asrda nemis tabiatshunos olimi G.L. Gelmgols rangshunoslik naza- riyasida muhim yangilik yaratdi. Ko'p yillik tajribalar asosida xromatik ranglarning uchta asosiy alomati rang tusi, rangning och to'qligi va to'yinganligi asosida turkumlash kerakligini ko'rsatdi.
    Biror xromatik rangga ochroq kulrang qo'shsak, uning jozibaliligi pasayib, nursizlanadi. Bu hoi rangning kam to'yinganligidan, ya'ni uning tarkibida bo'yoq- ning kamayganligidan darak beradi. Demak, rangning to'yinganligi yoki to'yin- maganligi deganda uning kulrangga nisbatan rangdorlik darajasi, tozaligini tushinish kerak. Rang doirasi ikki teng bo'lakka bo'linsa, birinchi yarmida qizil, zarg'aldoq, sarg'ish, sariq ranglar, ikkinchi yarmida esa havorang, zangori ko'k, binafsha ranglar joylashadi. Doiraning birinchi yartni-dagilar iliq ranglar, ikkinchi yarmidagilari esa sovuq ranglardir. Sunday nomlanishiga sabab qizil, sariq ranglar — olovni, qizigan temirni, cho'g'ni eslatsa, havorang, zangori, yashillar esa muzni, suvning rangini eslatadi.
    Ikkita spektr rangi ustrnaust tushirilsa, ranglar bir-biriga qo'shilib murakkab rang hosil bo'ladi. Qizil rang, havorang va binafsha ranglar bilan qo'shilganda chiroyli tusdagi pushti, to'q qizil, safsar ranglarni hosil qiladi. Qo'shilganda oq'rang beradigan spektrli ranglar qo'shimcha yoki to'ldiruvchi ranglar deyiladi, chunki ular oq rang hosil bo'lgunga qadar bir-birini to'ldiradi. Bunday ranglarga sariq, havorang, qizil, zangori, yashil va binafsha ranglar kiradi. Bo'yoqlarning qo'shilishi bilan spektraviy ranglarning qo'shilishi orasida farq bor. Uchta asosiy spektraviy rang: qizil, yashil va have rang qo'shilganda oq rang hosil bo'ladi. Asosiy qizil, sariq va liavo rang bo'yoqlari qo'shilishidan esa qora rang hosil bo'ladi. Spektrning sariq va havoranglari qo'shilishi natijasida oq hosil bo'ladi. Biroq sariq va havorang bo'yoqlarni aralashtirsak yashil rang hosil bo'ladi.
    Yoki unga yaqin nim kulrang hosil qiladigan ranglar o'zaro to'ldiruvchi (qo'shimcha) hisoblanadi. Masalan, to'q qizil va yashil, zangori va zarg'aldoq, qizil, sariq, havorang, sarg'ish yashil va binafsha ranglar o'zaro to'ldiruvchidir.
    Tasvir bilan chizilayotgan narsa, holat o'rtasida tola o'xshashlik bo'lishi uchun ularning rang nisbatlarida ham o'xshashlik bo'lishi shart. Tasviriy san'atda akvarel bo'yoqlar bilan ishlash salmoqli o'rinni egallaydi. Akvarel rangtasvirning eng nozik turla-ridan biri. Qadimdan akvarel o'zining nafisligi va ranglarning yor-qinligi bilan ko'pgina rassomlarni qiziqtirib kelgan. Akvarel lotincha so'z bo'lib «suv bilan suyultirib ishlatiladigan bo'yoqlar* ma'nosini anglatadi. Akvarel tarkibiga bo'yoq moddasi (o'simlik yoki ma'danlarning mayin qilib yanchilgan kukuni va biriktiruvchi) modda sifa-tida olcha yelimi, glitserin va ozroq asal kiradi. Bular hammasi suvda osongina eriydigan bo'lgani uchun bo'yoqqa suv qo'shib suyultirib ishlatiladi.
    Akvarelda oq rang ishlatilmaydi. Uning o'rnini oq qog'ozning o'zi o'taydi. Qog'oz oppoq, yetarli darajada qalin va yuzasi g'adirbudir bo'lishi zarur. U agar juda silliq bo'lsa, sathida ranglar yetarli darajada yotmaydi. Narsa va buyumlar tasvirlarini bo'yash jarayo-nida umumiydan xususiyga, yoki aksincha, xususiydan umumiyga qarab boriladi, nihoyat ish yaxlitlash bilan yakunlanadi.7
    Rangtasvir ishlashda uning qonun-qoidalarini, usul va texnologiyasini o'rganish muhim ahamiyatga ega vazifalardandir desak xato bo'lmaydi. Shunday zarur shartlar qatoriga axrornatik va xromatik ranglar haqidagi bilimlar ham kirishi tabiiydir.
    Ko'zimiz ko'ra oladigan tabiatdags hamma ranglarni shartli ravishda ikkiga: axromatik va xromatik ranglarga bo'lish mumkin. Oqdan to'q qoragacha bo'lgan ranglar axromatik ranglarga (oq, kul­rang, qoramtir, qora, to'q qora) qolganlari esa xromatik (qizil, sariq, ko'k va hokazo) ranglarga kiradi.
    Xromatik ranglar o'z navbatida, shartli ravishda yana ikkiga, issiq va sovuq ranglarga bo'linadi. Issiq ranglarga olov, quyosh, qizigan narsalarning rangini esla- tuvchi qizil, sariq, zarg'aldoq ranglar kiradi. Muz, havo, suvlarning rangini eslatuv- chi ko'k, moviy, binafsha ranglar sovuq ranglarga kiradi. Yashil ya binafsha rang- lar goh issiq, goh sovuq ranglarga kirishi mumkin, chunki yashil rang sariq va ko'k ranglarning aralashmasidandir. Binafsha rang esa qizil va ko'k ranglarning aralash- masidan hosil bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, bu ranglar issiq va sovuq ranglaming ara- lashmasidan hosil bo'lgan. Aralashtirishda issiq rang miqdori sovuq rang miqdo- riga nisbatan ko'proq bo'lsa, hosil bo'lgan rang issiq rang qatoriga, sovuq rang miq- dori ko'proq bo'lsa, sovuq ranglar qatoriga o'tishi mumkin. Xuddi shunday binafsha rangda qizil rang ko'proq bo'lsa issiq, ko'k rang ko'proq bo'lsa sovuq ranglar qatori- ga kiradi. Demak, o'quv mashg'ulotida rangtasvirni ishlashda qo'yilmadagi narsa va buyumlarning yorug'soya nisbatlari, shuningdek, rang nisbatlarini ham ochib aniq ko'rsatish muhim ahamiyatga ega,
    Ranglarning tabiiyligini tasvirda to'g'ri bajarish ancha qiyin ish hisoblanadi. Bunga jiddiy mehnat, nozik did va zo'r mushohada orqali erishish mumkin. Ayniq- sa, naturmortdagi narsalaniing och- to'qlik darajalarini farqlashga, undagi tus birli- gini tushunishga o'rganish uchun naturmortni bitta rangda tasvirlash katta ahami- yatga ega. Bu usulda rasm ishlash keyinchalik qiyin naturmortlarning rangli tasvirini bajarishga o'ti-shni ancha osonlashtiradi. Bir rangda yozish usuli «grizayl» deb ataladi.
    Grizayl usulida rasm ishlash turli ranglar vositasida ish usuliga o'tish uchun tayyorgarlik bosqichi bo'lib, unda mo'yqalamni ishlatish yo'llari va akvarel bo'yoq- larining xususiyatlarini o'rganish uchun imkoniyat yaratadi. Bu texnika bilan bir nechta naturmortlarni tasvirlab o'rgangandan so'ng, barcha rang xillari bilan ham naturmort ishlash ancha oson bo'ladi.
    Naturmortlar ko'pincha xonalarga qo'yib ishlanadi. Ammo ba'zan uni tabiat qo'ynida tashkil qilib tasvirlashga ham to'gri keladi. Shunday paytda naturmortni ishlashdan avval uning rang xususiyatlarini tahlil qilib, tushunib olish muhimdir, chunki xona ichiga qo'yilgan natunnortga derazadan tushayotgan nur narsalarning yorug' qismida sovuq ranglarni beradi. Buyiimlardan tushayotgan soyalar esa aksincha, iliq, issiq bo'lib ko'rinadi. Ochiq havodagi, chizilayotgan narsalar buning aksidir, ularning soyasi sovuq, yorur qismi esa iliq bo'lib ko'rinishi mumkin.




    ana shunday holatlarni diqqat bilan kuzatib, so'ng e'tibor bilan tasvirlash ish sifati- ning yaxshi bo'lishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
    Ma'lumki ranglarni ko'rish va idrok etish qobiliyati asta - sekin mashqlar orqali shakllanadi. Bunda akvarel bo'yoqlar nomlarini aniq bilib olish va ularni o'z o'mida jo'yali qo'llash muhimdir.

    Akvarel bo'yoqlari 24-16 xil rangli to'plamlar holida bo'ladi. Ularni ishga tayyorlash vaqtida har birining ustiga yozib qo'yilgan yorlig'ini asta ko'chirib olib, bo'yoq solingan plastmassa idishchaning tagiga yopishtirib qo'yish va nomlarini eslab qolish kerak. Ular quyidagicha tartibda bo'lishi mumkin, ya'ni: limon rang kadmiy, sariq kadmiy, och oxra, tabiiy siena, oltinsimon sariq, zarg'aldoq kadmiy, qizil oxra, kuydirilgan siena, och qizil, guldor, qizil kraplak, karmin (erkin qizil), binafsha kraplak, ultramarin, ko'k kobalt, havorang, zumrad yashil, yashil perma- nent, sabza (yashil), tabiiy umbra (to'q jigarrang), jigarrang mars (och), kuydirilgan umbra (jigarrang), sepiya (chiroyli to'q jigarrang), qora.
    Tabiatdagi narsalarning aniq rangini belgilab ko'rsatadigan tayyor bo'yoqlar mavjud emas. Ammo, yetuk rassom ranglarning o'zaro ta'siri va ko'rinish holat- larini idrok etib, ularning xususiyatlarini hisobga plgan holda har qanday narsani ham aks ettira oladi. Tasvirda shunday joziba va hayotiy haqiqatga erishish uchun ras-somga ranglar nisbatini bilishi, ranglar orasida qandaydir bitta rangning turli xil tovlanishini hisobga olib ishlata olishiga yordam bergan. Masalan, olov rang qizilni kuchliroq yonadigan qilib tasvirlash uchun shu rang atrofidagi narsalarning soyasini ko'kimtir, havorang, yashil, zangori tuslarda beriladi. Tasvir bilan chizila yotgan narsa, holat o'rtasida to'la o'xshashlik bo'lishi uchun ularning rang nisbat- larida ham o'xshashlik bo'lishi shart. Bunga erishish uchun rangshunoslik fanining asoslarini chuqur o'rganishi va bilishi kerak. Har xil bo'yoqlar bilan (akvarel, guash moybo'yoq) naturmortlarni tasvirlash uchun yuqorida qayd etilgan tajribalarni o'tkazib ko'rish, bo'yoqlar texnologiyasi xususiyatlarini yaxshi bilish, ularni ishla- tish usullarini o'zlashtirish uchun ko'plab mashqlar bajarish tavsiya etiladi.8
    Tasviriy san'atda akvarel bo'yoqlari bilan ishlash, salmoqli o'rinni egallaydi. Shuning uchun o'qituvchining o'zi ham shu sohani puxta egallagan bo'lishi zarur.











    Y.Elizarov. “So`zanali natyurmort”.

    Download 11.14 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




    Download 11.14 Mb.