|
II. BOB. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni
|
bet | 5/8 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 87,62 Kb. | | #117886 |
Bog'liq Mirzayeva Naima 306II. BOB. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni
miqdorlarga, algebraik va geometric materiallarga doir
masalalar yechishga o’rgatish uslublari.
2.1 §. O’quvchilarni asosiy miqdorlarga doir masalalar yechishga o’rgatish usullari.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni asosiy miqdorlar bilan tanishtirish matematika kursining asosini tashkil etadi. 1 - 4 sinf matematika kursida miqdorlar ikki bosqichga bo’linib o’rganiladi.
1. Asosiy miqdorlar: uzunlik, jismning massasi va hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar asosiy miqdorlar deyiladi.
2. Xosilaviy miqdorlar: boshlang’ich sinf o’quvchilari ba’zi xosilaviy miqdorlar (tekis’harakat tezligi), vaqt, masofa tezlik (harakatga doir masalalar).
Asosiy miqdorlarni o’rganish jarayonida o’quvchilarga quyidagi talablar qo’yiladi:
- sinflar bo’yicha o’rganiladigan miqdorlar va ularning o’lcham birliklari bilan tanishish va uni bilish;
- miqdorlar haqida tushunchalar, tasavvurlarni shakllantirishda umumiy yondashishini bilish kerak;
- uzunlik, massa (og’irlik), hajm, vaqt va maydonlarni o’rganishda o’quvchilarda miqdorlar haqida tasavvurni shakllantirish uchun umumiy yondashuvni qo’llay ola bilishi maqsad sari yo’naltirilgan amaliy ishlarni tashkil eta bilish;
- miqdorlarni o’rganishda turli xil vositalardan foydalana olishi;
- o’quvchilarda o’lchashg ilan bog’liq bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirishi amalda qo’llay olishi lozim.
Asosiy miqdorlar ustida o’lchash ishlari bevosita sinfda o’tkaziladi.
Xosilaviy miqdorlar ustida sinfda o’lchash masalasi o’rganilmaydi, balki ularga oid har xil ko’rsatmalar 3-4 sinflar darslarida jadval va o’rganuvchi jadvallar yordamida beriladi.
Boshlang’ich sinflarda u yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o’lchash usullari o’ziga xoslikka esa bo’lsa ham, har bir miqdorni o’rganishda umumiy bosqichlarni alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rganishda quyidagi tushunchalarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
1. Bolalalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash;
2. Bir xil nomli miqdorlarni solishtira olish (chamalab ko’rish, solishtirish, toqqoslash, o’lchash va boshqa xil usullar bilan);
3. Mazkur miqdorlarning o’lchov birliklari va o’lchov asboblari bilan tanishtirish;
4. O’quvchilarda o’lchash ko’nikmalarini hosil qilish;
5. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo’shish va ayish (masala va topshiriqlarni bajara olish);
6. Miqdorlarning yangi o’lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi o’lchov birliklarni boshqa o’lchov birliklariga almashtirish ikki bir xil nomli o’lchov birliklarini bitta ikki nomli o’lchov birligiga aylantirish va aksincha.
7. Ikki, uch nomli miqdorlarini qo’shish va ayirish.
8. Miqdorlarni songa ko’paytirish va bo’lish.
9. Miqdorlar ustida arifmetik amallarni bajara olish malakasini shakllantirish.
10. Turli miqdorlar haqida tasavvurlarini shakllantirish maqsadaida, turli amaliy misollar, masala va topshiriqlarni bajara olish va ularni namoyish eta olish ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
O’quvchilarga miqdorlar haqidagi olgan bilimlarini hayotga qo’llay olish malakasini to’g’ri shakllantirish, ularni miqdorlar haqidagi olgan bilimlarini natijasi deb qarash mumkin.
O’quvchilarda miqdorlar haqidagi tasavvurlarni to’g’ri va puxta shakllantirishda ko’rgazmali aniq turli vositalar, ya’ni geometrik figuralar modellar, har xil chizmachilik va o’lchash asboblaridan keng foydalanish kerak bo’ladi.
Boshlang’ich 1-4 sinflarda o’rganiladigan asosiy miqdorlarga qisqacha tavsif beramiz:
Uzunlik o’lchov birligi:
Uzunlik o’lchov birliklari jadvali hiqida qichqacha tushuncha beramiz.
10 sm = 1000 m
1 m = 10 dm
1 dm = 10 sm
1 sm = 10 m
O’quvchilar ushbu jadvalni yoddan bilishi va bir nomdagi uzunlik o’lchov birligidan boshqa nomdagi o’lchov birligiga o’ta olishlari kerak.
|
| |