-§. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarini murakkab tipdagi masalalarni yechishga o’rgatish usullari




Download 87,62 Kb.
bet4/8
Sana13.12.2023
Hajmi87,62 Kb.
#117886
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mirzayeva Naima 306

1.2-§. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarini murakkab tipdagi masalalarni yechishga o’rgatish usullari

Boshlang’ich sinf matematika dasrlarida o’quvchilarni masalalarni yechishga o’rgatish o’qitishning tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Har bir masalalani arifmetik usulda yechish nazariyada olingan bilimlarni amalga tadbiq etishning mutlaqo tabiiy yo’li hisoblanadi.


Arifmetik amalarning mazmunini amallar orasidagi bog’lanishlarni, amal komponentlari bilan natijalari orasidagi bog’lanishlarni ochib berishda har xil miqdorlar orasidagi bog’lanishlar bilan tanishtirishda dastlab sodda masalalardan foydalaniladi.
Sodda ko’rinishdagi masalalar o’quvchilarni matematik munosabatlar bilan tanishtirishning muhim vositalaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Sodda masalalarni yechishda algebrik usullardan ham foydalanish mumkin. Sodda ko’rinishdagi masalalarni yechishda o’quvchilarni ushbu qoidalarga rioya etilishi talab etiladi.

    1. Har qanday masalani o’quvchilar bilan yuzma-yuz taxlil etishi;

    2. O’quvchilarga masalalarni turli usullar yechish mumkinligini;

    3. Mashg’ulotlarning turli bosqichlarida masala yechishning turli yozma shakllaridan maqsadli foydalan olishni;

    4. Masala yechimini tekshirishning turli yo’llaridan foydalana olishni;

    5. Masalalarni yechilishini o’rganish mashg’ulotlarni ishlab chiqishni;

    6. Boshlang’ich sinflar uchun matematika kursi bo’yicha har qanday masalani yecha olishi talab etiladi.

Boshlang’ich sinf o’qituvchilari masalalarni yechishda yuqorida ko’rsatilib o’tilgan qoidalarga rioya etilishi talab etiladi. «Unlik va yuzlik» mavzularida yechilgan har qanday sodda masalalar «minglik» va «ko’p xonali sonlar» konsentlarida yechilishi kerak bo’lgan murakkab tipdagi masalalarni yechishga asos bo’lib xizmat qiladi. Sodda va murakkab masalalarni yechishda bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, odatda u o’ziga «Yashirin informasiyani» oladi. Bu kabi informasiyani qidirish masala yechivudan analiz va sintez qilishga undaydi. O’quvchilarda murakkab masalalarni yechish ko’nikmalarini shaklantirish bo’yicha metodik uslublarga quyidagilarni kiritish mumkin.

  1. Masala matni bo’yicha o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish;

  2. Masalani ko’rsatma vositalar orqali tushuntirish;

  3. Masalalarni taqqoslay olish;

  4. Masalani o’zgartirish, o’zga shaklga kiritish;

  5. Masalalar shartlarida biror ta’minot yetishmovchi yoki ortiqcha holatlardagi matnni tahlil etish;

  6. Masalalarni o’quvchilar tomonidan tug’ri tuzilishi;

  7. Masalalarni boshqa usullar bilan yechish;

  8. Masalani yechilishini tekshirish;

  9. Masala bo’yicha differensial ish olib borish;

Murakkab tipdagi masalalarni yechishda masalani razbor qilish asosiy ahamiyatga ega.
Odatda masalalarni razbor qilish ikki usulda olib boriladi.

  1. Analitik razbor

  2. Sintetik razbor

Masalalarni analitik usulda razbor qilish, shunday mulohazalar zanjiridan iboratki, bu zanjir boshida masala savoliga javob topish uchun zarur ma’lumotlar tanlanadi, bu ma’lumotlarni boshqa ma’lumotlardan foydalanib topish mumkin bo’ladi.
Masalalar yechishlishining sittetik razbori deyilganda mulohazalarning shunday rivoji tushuniladiki, bunda ikkita ma’lum ma’lumotlarni birlashtirish natijasida bo’lib ma’lumotlardan nimani bilish mumkinligini aniqlanadi. Shundan keyin yangi topilgan ma’lumot savoliga javob topilguncha shu ish davom ettiriladi.
Masala u yoki bu yo’l bilan razbor qilinganidan keyin uni yechish rejasi tuziladi va masala savoliga javob topilguncha davom ettiriladi.
Boshlang’ich (1-4) sinf matematika dasrlarida masalalar ustida ishlash konsentlar bo’yicha taqsimlangan bo’lib u o’z ichiga quyidagilarni oladi.
1. «Unlik» mavzusida masalalar ustida ishlash usullari. (sodda masalalar).
Bunda asosan sodda ko’rinishdagi masalalar kiradi. U asosan birinchi sinf o’quvchilari uchun amalga oshiriladi.

    1. Yig’indi va qoldiqni topishga doir masalalar

    2. Sonni bir necha birlik ortirish va kamaytirishga oid masalalar

    3. Ayirmani taqqoslashga doir masalalar

  1. «Yuzlik» mavzusida masalalar ustida ishlash usullari (sodda va murakkab).

Bunda asosan 1-2 sinf o’quvchilariga ikki xonali sonlarga doir sodda va murakkab masalalar ustida ishlanadi.

    1. Murakkab tipdagi masalalar bilan tanishuv murakkab masalalarning ba’zi xillarini yechish

    2. Ko’paytirish va bo’lish amallari bilan yechiladigan masalalar.

a) ko’paytirish va bo’lish amallarni aniq mazmunini ochuvchi masalalar
b) Bo’lish amalining aniq ma’nosi mazmuniga ko’ra, bo’lish va teng qismlarga oid masalalarni o’z ichiga oladi.
3. Murakkab masalalar ustida ishlash.
a) Yig’indi va qo’shiluvchilardan biri noma’lum bo’lib, qo’shiluvchilarni taqqoslashni talab qiladigan masalalar.
b) a · v + s; (a + v) · s va shunga o’xshash ko’rinishidagi masalalar.
Bunda a · v + s ya’ni ko’paytmaga soni qo’shishga doir masalalar
(a + v) · s – ya’ni yig’indiga soni ko’paytirishga doir masalalarni yechish bu qo’shishning ko’paytirishga nisbatan taqsimot (distribitivlik) qonuniga doir masalalarni yechish.
v) Ikki ko’paytmaning yig’indisi (ayirmasini) ikki bo’linmaning ayirmasini topishga doir masalalar.
4. «Minglik» va ko’p xonali sonlar mavzusida masalalar ustida ishlash. Usullari «Minglik» mavzusida o’quvchilar Yangi masalalarga duch kelmaydilar. Bunda ham «Yuzlik» mavzusidagi masalalar qaraladi. Faqat bundagi farq shundan iboratki, Ushbu bobda bir xonali, ikki xonali bilangina emas, balkim uch xonali sonlar bilan ham ish ko’riladi.
a) nisbat usuli bilan yechiladigan birlikka keltiriladigan masalalar
b) Proporsional bo’lishga doir masalalar
v) Ikki ayirmaga ko’ra no’malumni topishga doir masalalar
g) harakatga doir masalalar
«Harakat»ga doir masala deb, tarkibida harakatni xarakterlovchi miqdorlar, ya’ni tezlik, vaqt va masofa qatnashgan masalalarni aytish mumkin.

Download 87,62 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 87,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarini murakkab tipdagi masalalarni yechishga o’rgatish usullari

Download 87,62 Kb.