• 1.1-§. Matematika darslarida o’quvchilarni soda va murakkab masalalarni yechishga o’rgatish.
  • VIII. Kurs ishining metodlari




    Download 87,62 Kb.
    bet3/8
    Sana13.12.2023
    Hajmi87,62 Kb.
    #117886
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Mirzayeva Naima 306

    VIII. Kurs ishining metodlari:
    Har bir murakkab tipdagi masalalarni yechishda analiz, sintez, taqqoslash tajriba uslublaridan to’g’ri foydalana bilish. Masalalarni yechishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llay olish ko’zda tutilgan.

    I. BOB. Boshlang’ich sinf matematika darslarida masalalar yechishning o’ziga xos xususiyatlari

    1.1-§. Matematika darslarida o’quvchilarni soda va murakkab masalalarni yechishga o’rgatish.
    Boshlang’ich sinflarda masalalar yechish matematika o’qitishning muhim tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Masalalar yechmasdan matematikani o’zlashtirishni tasavvur ham etib bo’lmaydi.
    Matematika darslarida masalalar yechilishi nazariyani amaliyotga tadbiq etishning eng qulay usulidir.
    Masalalar yechishning boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o’zlashtirish jarayonidagi muhim rolini ta’kidlab, dasturda shunday deyiladi; «Natural sonlar arifmetikasi va nolni o’rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar majmuasi asosida tuziladi. Bu kabi muhim tushunchalarni ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan, uning qo’llanilishini talab qiladigan u yoki bu masalani yechish bilan bog’lanadi».
    Arifmetik amallarni mazmunini amallar orasidagi bog’lanishlarni amal komponentlari bilan natijalari orasidagi bog’lanishlarni ochib berishda har xil miqdorlar orasidagi boғlanishlar bilan tanishtirda mos sodda masalalardan ham foydalanilmoqda. Sodda masalalar o’quvchilarni matematik munosabatlar bilan tanishtirishning muhim vositalaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Sodda masalalardan ulushlar, qator geometrik tushunchalar va algebra elementlarini o’rganishda ham foydalaniladi.
    Umumiy psixologiya fanidan ma’lumki, tafakuurning rivojlanishi shaxsning ijodiy aktivligi orqali aniqlanadi. Masalalarni mustaqil yechishni tashkil etish o’qituvchiga o’quvchilarni muhim bo’lgan aqliy qobiliyatlari fondidan foydalanish imkonini beradi. Masalalarni yechishda o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlari rivojlanadi, ularda mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, mehnatsevarlik, maqsadga intilishlik kabi xizmatlar rivojlanadi.
    Sodda masalalar o’quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo’lgan bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
    Yechilishi uchun bita amal talab qilinadigan masalalar sodda masalalar deyiladi. Yechilishi uchun bir nechta o’zaro bog’liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masalalar tarkibiga kiradi.
    Sodda va murakkab masalalarni yechish orqali o’quvchilar bilimlarini o’zlashtirishga olingan bilimlarni mustahkamlash va mukammalashtirishga xizmat qiladi.
    Masalalar ustida ishlash jarayonida muntazam va rejali asosida takomillashtirishni o’ylab ko’rish kerak bo’ladi, chunki bunday xususiy malakalardan, masala yechishning umumiy murakkab malakasini tarkib toptirish mumkin.
    Boshlang’ich sinf matematika darslarida sodda va murakkab tipdagi masalalar yechish orqali o’quvchilarda ushbu malakalarni tarkib topshirish kerak bo’ladi.
    1. Masalani tinglashni o’rganish va uni mustaqil o’qiy olish. Har qanday masala ustida ishlash uning mazmuninio’zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Agar o’quvchilarda masala o’qish malakasi shakllangan bo’lsa, ularni dastlab o’qituvchi o’qiy berishi lozim bo’ladi. O’quvchilar o’qib beriladigan masala matnini tinglashga, shartning muhim elementlarini tovush chiqarib o’qitishga o’rgatish lozim. Masala shartini yaqinroq o’zlashtirish uchun uni har bir o’quvchi mustaqil o’qib chiqishi lozim bo’ladi.
    Masala matni o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan bir ikki marta o’qiladi. Iloji boricha masala matnini bir marta o’qish orqali uning mazmunini o’rgatishga harakat qilish kerak bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilar bilan masalani o’qish va uning mazmunini tushunib olishga o’rgatishi kerak bo’ladi.
    2. Masalani dastlabki tahlil qilishga o’rgatish. Bunda asosan ma’lumni ajrata olish, masalada berilganlar bilan izlayotganlar orasidagi bog’lanishlarni ochish talab qilishadi.
    3. Masalani qisqa yozish malakasini shakllantirish.
    Masalani matni ustida og’zaki ishlashganidan keyin uning mazmuni matematik terminlar tiliga o’tkazilib, qisqa yozuv shaklidagi matematik tuzilishini belgilash kerak bo’ladi. Ayrim masalalarni yechish uchun rasmlar, chizmalar va sxemalardan ham foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
    Qo’yidagi sodda masala namunasida qisqa yozishga yorgatish qanday bajarilishini ko’rsatib chiqamiz.
    1 sinf matematika M.Ahmedov, N. Abdurahmonov. (2009 yil) 128 betdagi 3 masalasi darsligidagi M.Jumayev.
    Savatda 20 kg olma, chelakda esa 14 kg olma bor edi. Hammasi bo’lib necha kilogramm olma bo’lgan?
    Q isqa shart:
    Savatda – 20 kg
    ? kg
    Chelakda – 14 kg
    Yechish:
    20 + 14 = 34 (kg) javob hammasi bo’lib 34 kg olma bo’lgan.
    A gar bu masala namunasida rasm chizish, shartli rasm chizish yordamida ham masala yechilishni ko’rsatish mumkin.
    S
    14 кг

    20 кг
    avatda – 20 kg

    ? kg
    Chelakda – 14 kg
    ?
    4. Sodda masalalarni yechishda amal tanlanishi asoslab berish va murakkab masala taxminini amalga oshirish, so’ngra yechish rejasini tuzish malakasi.
    Dastlab sodda masalani yechishda amal tanlash masalasini qarab chiqish kerak. Bu masalani birinchi sinfdan boshlab tashkil etish kerak bo’ladi.
    Masala: «Daraxtda 5 ta qush o’tirgan edi. 3 ta qush uchib ketdi. Daraxtda nechta qush qoldi? Bu masalada o’quvchilar oshirish amalni tanlash kerakligini aytishadi. Ya’ni 5 – 3 = 2. Bunda qushlarning soni oldingisidan kamayadi. Demak kamayishi esa ayrish amalini qo’llab bu masalani yechish kerakligini aytishadi. Bundan tashqari birinchi sinfda berilgan sonni bir necha birlikka orttirishga doir masalalar bilan ham tanishadilar.
    Masalan: Do’konda birinchi kun 15 qop un sotildi, ikkinchi kuni esa birinchi kundagidan 10 qop ko’p un sotildi. Ikkinchi kuni necha qop un sotilgan? Demak, ikkinchi kuni birinchi kundagidan 10 qop ko’p un sotilgan bo’lsa, shunga va yana 10 qop sotilganini bildiradi. Buning uchun 15 soniga 10 sonini qo’shib 25 sonini hosil qilinadi. II – III va IV sinflarda o’quvchilar bir muncha murakkab masalalarni yechishni o’rganadilar. Murakkab masala hosil qilish uchun ikki va undan ortiq amal tanlashni o’quvchilarga o’rgatish lozim bo’ladi.


    Download 87,62 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 87,62 Kb.