|
Pedagogika fakulteti
|
bet | 2/8 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 87,62 Kb. | | #117886 |
Bog'liq Mirzayeva Naima 306I. Mavzuning dolzarbligi:
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini murakkab tipdagi masalalar yechishga o’rgatishdan iborat.
II. Kurs ishining obyekti:
Kurs ishining obyekti qilib Samarqand shahar 63 – maktabning 1 – 4 sinflari tanlandi .
III. Kurs ishining vaziflari:
Mening tanlagan mavzuim o’z oldiga quyidagi maqsadlarni qo’yadi: O’quvchilarni dars jarayonida murakkab mazmundagi masalalarni yechishga o’rgatishdan iborat.
1. O’quvchilarni murakkab tipdagi masalalarni yechishga doir aniq ma’lumotlarni berish.
2. O’quvchilarni murakkab tipdagi masalalarni yechish orqali ularga masala haqidagi turli ma’lumotlarni berish.
3. Turli mazmundagi masalalarni yechish orqali ularni amaliyotga bog’lash.
4. Har bir yechilgan masalaning mohiyatini hayotga to’g’ri tadbiq eta olish.
IV. Kurs ishining maqsadi:
1. Mavzuga oid ilmiy uslubiy va metodik adabiyotlarni o’qib uni tahlil qila olish.
2. Masalalarni yechish orqali to’plangan bilimlarni tekshirish uchun kuzatish, tajriba, analiz, sintez va taqqoslash usullaridan foydalanishdan iborat.
3. Yechilgan har bir masalalarga ekologik va iqtisodiy tus bera bilish tadqiqotning maqsadini belgilaydi.
V. Kurs ishining predmeti:
O’quvchilar savodxonligini oshirishda, olingan bilimlarni amalda qo’llay olish va undan samarali foydalanish, masalalar yechishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
VI. Kurs ishining metodologik asoslari qilib, O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi», Boshlang’ich sinflar uchun DTS, Boshlang’ich ta’lim jurnallari, 1-4 sinf matematika darslari, mavzuga oid ilmiy-metodik maqola va qo’llanmalar olingan.
VII. Kurs ishining ilmiyligi, uslubiy yangiligi va nazariy, amaliy ahamiyati Yetarli bilimga ega bo’lgan boshlang’ich sinf o’qituvchisini tayyorlashning asosiy maqsadi, ularni har tomonlama mukammal bilimlarni egallashlari uchun matnli masalalarni yechishda turli uslublardan foydalana olishi, yechilgan har bir masalani mohiyatini to’g’ri tushungan holda uni hayotga tadbiq eta olishga o’rgatishdan iboratdir.
|
| |