|
-§. O’quvchilarni harakatga doir masalalar yechishga o’rgatish usullari
|
bet | 6/8 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 87,62 Kb. | | #117886 |
Bog'liq Mirzayeva Naima 3062.2-§. O’quvchilarni harakatga doir masalalar yechishga o’rgatish usullari
Boshlang’ich sinf (1-4) matematika darslarida o’rganiladigan asosiy tushunchalardan biri bu miqdor tushunchasidir. «matematika miqdorlar haqidagi fan, u miqdor tushunchasidan kelib chiqadi» deb aytgan edi buyuk insonlardan biri.
Boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan miqdorlar asosiy miqdorlar deb qaraladi. Bundan tashqari boshlang’ich sinflarda ba’zi hosilaviy miqdorlar (tekis harakat tezligi) bilan tanishadilar. Ammo hosilaviy miqdorlarni o’rganish ularga nisbatan (boshqa sinflarda) o’lchash masalasi qo’yilmaydi.
Miqdorlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish asosan amaliy metodik va laboratoriya ishlaridan foydalanish asosida erishiladi. Bunday ishlarni bajarishda sezgi organlaridan va ayniqsa qo’lning harakatlantirish apparatidan foydalaning o’quvchilarning katta aktivlariga sabab bo’ladi.
Miqdorlar haqidagi tasavvurlarni to’g’ri va puxta shakllantirishda ko’rgazmalilikning turli vositalari ya’ni geometrik figuralar modellari har xil chizmachilik va o’lchash asboblaridan foydalanish kerak.
Asosiy miqdorlar to’rt qismlarga bo’lib o’rganiladi.
Uzunlik o’lchov birliklar
Vaqt o’lchov birliklari
Og’irlik (massa), hajm o’lchov birliklari
Yuz o’lchov birliklari
Asosiy miqdorlar va ular ustida arifmetik amallar bajarish 1-4 sinflarda dastlab sodda undan keyin esa murakkab masalalar va misollar ko’rinishida ham ifodalanadi.
«Ko’p xonali» sonlar mavzusida masalalar yechish quyidagi qismlarni o’z ichiga oladi.
A) nisbatlar usuli bilan yechiladigan birlikka keltirishga doir masalalar
B) Proporsional bo’lishga doir masalalar
V) Ikki ko’ra topishga doir masalalar
G) harakatga doir masalalar
«Harakatga» doir masala deb, tarkibiga harakatni xarakterlovchi miqdorlar tezlik, vaqt va masofa kirgan masalalarni atash mumkin.
«Harakat» so’zi har xil tipdagi masalalarda yoki ayirma bo’yicha no’malumni topishga doir masalalarda va boshqa har xil masalalarda uchraydi. Ammo bu masalalar harakatga doir masalalar turkumiga kirmaydi.
Matematika o’qitish metodikasi harakatga doir masalalar jumlasiga tezlik, vaqt masofa orasidagi bog’lanishlarni topishga doir masalalar kiradi.
Harakatga doir masalalar jumlasiga:
bir jism harakatiga doir hamma sodda va murakkab masalalar (tezlik, vaqt, masofa).
Uchrashma harakatga doir masalalar
Ikki jismning qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatlariga doir masalalar
Ikki jismning bir yo’nalishdagi harakatiga doir masalalar
Harakatga doir masalalarni yechishda quyidagi hollar bo’lishi mumkin.
a) ma’lum masofa va harakat vaqti bo’yicha tezlikni topishga doir masalalar.
Bu xildagi masalalar ustida ishlashning mohiyati ushbu masalani misol orqali quyidagicha tushuntirish mumkin.
|
| |