|
Taxsil oluvchilar toifasi bo’yicha
|
bet | 119/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika12. Taxsil oluvchilar toifasi bo’yicha (ommaviy texnologiya, olga oldimlovchi talim, tuldiruvchi; o‘zlashtirmovchilar bilan ishlash texnologiyalari, iktidorlilar bilan ishlash texnologiyalari). (Karang: G.K.Selevko. Sovremennыe obrazovatelnыe texnologii. M. 1998 y). 16 savol:
Blum taksonomiyalari eng avval ishlab chiqilgan taksonomiyalardan bo‘lib bunda kamchiliklar mavjud. Blumdan boshqa juda ko‘p olimlar tomonidan taksonomiyalar ishlab chiqilgan, biroq amalda Blum taksonomiyalari ularga qaraganda ma’qulroq. Blum taksonomiyalari faqat ta’lim uchun ishlab chiqilgan. Tarbiya taksonomiyalari ham bor. Jumladan D.Kratvol taksanomiyalari qo‘llaniladi. Lekin bu taksonomiyalarni foydalanish ko‘tilgan natija bermayapti.
Dastlaabki taksanomiya 1934 yilda amerikalik olim R.Tayler tomonidan ishlab chiqildi. Bu taksanomiyada 8 ta kategoriya mavjud edi. 1967 yilda amerikalik olim J.Gilford tomonidan taksanomiya ishlandi. Bu taksanomiyaning B.Blum taksanomiyasidan farqi, bu taksanomiyada 5 ta daraja ko‘rsatilgan. Ya’ni, ma’lumot, analiz va sintez, tushunish, foydalanish va baholash. Bunday tipdagi taksanomiyalar Yevropa va /arb davlatlarining olimlari tomonidan yaratilgan.
Ma’lumki, respublikamiz ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan 1 ta dars mashg‘uloti uchun, 7±2 dona o‘quv maqsadi qo‘yish tavsiya etiladi. Buning asosida bir qancha sabablar yotadi. O‘shalardan biri – yangi axborot qabul qi-layotgan kishi diqqatining uzog‘i bilan 15 daqiqagina faol turib bera olish-ligi bilan bog‘liq. Demak, har 10 – 15 daqiqada axborot qabul qilayotgan kishi diqqatini keskin chalg‘itib turish kerak va shundan so‘nggina axborot uzatishning keyingi bosqichiga o‘tish kerak. Pedagogik amaliyotda bunday ish har 10 – 15 minutda o‘quv maqsadini almashtirib turish hisobiga amalga oshiriladi. 1 ta dars uchun ajratilgan vaqt (80 daqiqa) ga 9 tagacha o‘quv maqsadiga erishtiruvchi didaktik amal sig‘adi. Bunda o‘quv maqsadlarini ularning B. Blum tomonidan taklif qilingan taksonomiyadagi tartibi bo‘yi-cha qo‘yib borish yaxshi pedagogik natijalar beradi.
Mazko’r ilmiy maqolada dars jarayonini o‘quv maqsadlarining Blumcha ierarxiyasi tartibida loyihalash bo‘yicha to‘plagan tajribalarimizni yori-tib o‘tishni o‘z oldimizga vazifa qilib qo‘ydik.
Pedagogik texnologiyalarda pedagogik maqsadlar ta’lim oluvchilar ba-jaradigan harakatlar asosida erishiladigan shunday bir natijalarda ifoda topadiki, ularni chetdan kuzatib turib bilish yoki baholash mumkin. Xu-susan, o‘quv materiali yoki uning ajratib ko‘rsatilgan qismlari ustida o‘quvchi quyidagidek amallarni bajaradi: o‘qiydi, tahlil qiladi, hisoblab chiqadi, muvofiqlashtiradi, foydalanadi, baholaydi, o‘zgartiradi, tadbiq etadi, variantlashtiradi, qayta guruhlaydi, savol qo‘yadi, sintezlaydi, ti-zimlashtiradi, soddalashtiradi, so‘zlarda ifodalaydi, yozadi, belgilaydi va h.k. va h.k. Sanab o‘tilgan amallardan birontasi o‘qituvchi tomonidan o‘quvchiga uni bajarishdan oldin topshiriq sifatida aytilsa, bunday topshiriq o‘quv maqsadi maqomini oladi. Shubhasizki, bu amallardan qaysidir birlari o‘quvchidan pastroq tay-yorgarlikni, boshqalari esa yuqori va hatto juda yuqori tayyorgarlikni talab qiladi va shunga binoan u bajargan amal natijasi ham turlicha baholanadi.
Demak, o‘quv maqsadlariga erishtiradigan amallarni ularning murakkabligi darajasiga qarab guruhlab chiqish masalasi ko‘ndalang bo‘ladi. Bunday ishni dastlab 1956 yilda AQSh pedagogi Benjamin Blum amalga oshirgan .
O‘tgan asr oxirlarida B. Blum taksonomiyasi psixologlar tomonidan biroz tanqid ostiga olindi. XXI asr boshlarida o‘quv maqsadlari tak-sonomiyasiga B. Blumning izdoshi Lorin Anderson va uning hamkasblari tomonidan bir qancha aniqliklar kiritildi .
Hozirgi kunda blum taksonomiyasi quyidagidek ierarxik ko‘rinishga ega: 1 – yangi ma’lumot bilan tanishish, 2 – ma’lumotni tushunish, 3 – ma’-lumotning ahamiyatini aniqlash, 4 – ma’lumotni tahlil qilish, 5 – ma’-lumotga munosabat bildirish, 6 – ma’lumot bo‘yicha yangi fikr, yangi g‘oya, yangi yechim taqdim etish.
Pedagogik texnologiyalarda o‘quv maqsadlarini qo‘yilishi katta ahamiyatga ega. Bunday holat an’anaviy o‘qitish metodikasida yuzaki harakterda edi. Pedagogik texnologiyalarning an’anaviy metodikadan yana bir farqi o‘quvchi va talabalarni mustaqil bilim olishiga jiddiy e’tibor beriladi. Endi pedagogik texnologiyalarda maqsadlar va nazorat topshiriqlarni belgilashda asosiy rol bajaruvchi Blum taksonomiyalari haqida kengroq to‘xtalamiz. Blum taksonomiyalari quyidagi kategoriyalarga ega: bilish, tushunish, foydalanish, analiz, sintez va baholash. Bu kategoriyalarning har biriga qisqacha to‘xtaymiz.
|
| |