• Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga ko‘ra
  • Modul dasturlarini tuzishda o‘qituvchi e’tiborini quyidagilarga qaratish zarur




    Download 3,04 Mb.
    bet117/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Modul dasturlarini tuzishda o‘qituvchi e’tiborini quyidagilarga qaratish zarur:
    – modul dasturidan ko‘zda tutilgan didaktik maqsadni aniq yoritish;
    – an’anaviy ta’limda o‘qituvchi darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivoj-lantiruvchi maqsadlarini o‘z zimmasiga yuklaydi, ya’ni o‘quvchi-talaba-larda muayyan tushunchalarni shakllantirish, ilmiy dunyoqarashni kengay-tirish, tarbiya berish va h.k.
    Modul dasturining didaktik maqsadi darsning yuqorida qayd etilgan maqsadlariga uyg‘un holda o‘quvchi-talabalarning zimmasiga yuklatiladi. Shuni qayd etish kerakki, maqsad aniq bo‘lsa, unga mos holda tadbirlar qo‘llaniladi;

      • o‘quv materialini o‘rganishning mantiqiy yo‘nalishi (induktiv yoki deduktiv tarzda berilganligi)ni aniqlash;

      • modulli ta’lim tamoyillari hisobga olingan holda o‘quv materia-lini mazmunan tugallangan mantiqiy ketma-ketlikdagi kichik qism (mo-dul)larga taqsimlash;

      • o‘quvchi-talabalar tomonidan o‘quv materiallarini har bir moduli yoki qismini o‘zlashtirishi uchun tashkil etiladigan o‘quv faoliyati usul-larini belgilash;

      • o‘quv faoliyati usullariga bog‘liq holda modul dasturidan o‘rin olishi lozim bo‘lgan o‘quv elementlarini va ularning ketma-ketligini aniqlash;

      • o‘quvchi-talabalar bilimini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha dast-labki joriy nazorat, axborot to‘plami, o‘qitish mazmunini qayta ishlash, yakuniy nazorat va o‘quvchi-talabalar bilimidagi tipik kamchiliklar va xa-tolarni bartaraf etish yo‘llarini belgilash;

      • o‘quvchi-talabalar uchun asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni tanlash.

    O‘quvchi-talabalar modul dasturi yordamida o‘quv materialini mus-taqil va ijodiy o‘rganish jarayoni mazko’r mavzuni o‘zlashtirish uchun dasturda belgilangan vaqt doirasida amalga oshirilishiga erishish lozim.
    Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga ko‘ra:

      • o‘quvchi-talabalarning individual tarzda ishlashiga mo‘ljallan-gan modul dasturlari;

      • ikkita o‘quvchi-talaba hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan mo-dul dasturlari;

      • o‘quvchi-talabalarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturlari;

      • o‘quvchi-talabalarning individual tarzda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturlari har biri o‘quvchi-talabaning iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasini aniqlash va orttirish, darslik ustida mus-taqil va ijodiy ishlash, o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

      • ikkita o‘quvchi-talaba hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan mo-dul dasturlari yuqorida qayd etilganlardan tashqari, o‘quvchi-tala-balarning bir-birini o‘qitishi, o‘zaro hamkorlikda o‘quv topshiriqlarini bajarishi va muammolarni hal etishi, o‘zaro nazoratni amalga oshirishi;

      • o‘quvchi-talabalarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturlari yuqoridagilar bilan bir qatorda o‘quv-chi-talabalar o‘rtasida muloqot, o‘quv bahsi va munozara, o‘zaro ham-korlik va yordamni amalga oshirishni nazarda tutadi.

    Pedagogik texnologiyalarni kuyidagi 12 ta yo‘nalishlari bo’yicha turkumlash tavsiya etiladi:



    Download 3,04 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Modul dasturlarini tuzishda o‘qituvchi e’tiborini quyidagilarga qaratish zarur

    Download 3,04 Mb.