|
Pedagogik texnologiyalar rivojlanishi ikkinchi bosqichining
|
bet | 113/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogikaPedagogik texnologiyalar rivojlanishi ikkinchi bosqichining xarakterli xususiyati shundan iboratki, bu davrda PT sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘z dasturlarini ishlab chiqqan oliy o‘quv yurtlari soni jadal sur’atlarda ortdi. 1980-yilda AQShda pedagogik texnologiyalar bo‘-yicha 193 ta dastur amalda qo‘llanilgan (holbuki 1955-yilda 50 ta dastur bo‘lgan). PT sohasida 788 fakultet to‘la dastur (Fulltime) bo‘yicha, 469 fakultet esa qisman (parttime) dasturlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashgan.
Michigan, Sirakuza va Florida universitetlari pedagogik texnologi-yalar bo‘yicha eng yaxshi dasturlarga ega bo‘lishgan. Bundan tashqari, 1981-yilda Garvard va Stanford universitetlarida magistr va fan doktor-lari tayyorlash uchun pedagogik texnologiya sohasida yangi dasturlar ishlab chiqilgan.
Ilgari ham (xususan, asrimizning boshlarida) o‘qituvchilar pedago-gik texnologiyalar sohasida tadqiqot ishlari olib borishgan, uslubiy tavsi-yalar va o‘qitish vositalarini yaratishgan. Ammo o‘zlarini texnolog, deb hisoblashmagan. M.Eraut o‘z ilmiy ishlarida bunday holat to 80-yillar-ning boshigacha davom etganini alohida qayd etib o‘tadi.
80-yillar boshida professional texnologlarning yangi avlodlari shakl-lana boshladi. Ular pedagogik texnologiya muammolarini nazariy tadqi-qot etishni kuchaytirib yubordi. Bu esa pedagogik texnologiya rivojla-nishining yangi bosqichga o‘tishiga asos bo‘ldi (Eraut V. Educational Technology: Conceptual Frame Work and historical Development. In: The International Encyclopedia Education, v. 1-10, v.3. Oxsford: Per-gamon press, 1985. p. 1604).
Uchinchisi – pedagogik texnologiyalarning pedagogikadagi nazariy bilimlar tarmog‘i sifatida e’tirof etilishi.Bu bosqichning muhim belgisi shundan iboratki, bu davr (60-70-yillar)da pedagogik texnologiya mu-ammolarini tadqiq etishga tizimli yondashuv tatbiq etildi, shuningdek, mutaxassislarning audiovizual ta’lim va dasturli o‘qitish bo‘yicha nuq-tayi nazarlari bir-biriga yaqinlashtirildi. Bu davrni kelishuv (konsoli-datsiya) davri ham deb atashadi (1967-1972-yillar). Bundan tashqari, bu vaqtda pedagogik texnologiya haqida turli konsepsiyalar va paradigma-lar ommaviylashdi. Bu bosqichning ilk davri 1960-yilga to‘g‘ri keladi. To‘g‘rirog‘i, 60-yil bu bosqichning sanoq boshi hisoblanadi. Chunki xuddi o‘sha yili AQShda birinchi marta “Pedagogik texnologiya” (Educational Techno-logy”) bo‘yicha maxsus nazariy jurnal nashr etildi. Unda texnologiya va ta’limning o‘zaro munosabati hamda ularning jamiyatda tutgan o‘rni ha-qida va pedagogik texnologiya muammolarining nazariy tahliliga ba-g‘ishlangan ikkita ilmiy ish e’lon qilindi. Birinchisi AQSh o‘qitish vosi-talari bo‘yicha mutaxassislar kasbiy uyushmasining Audiovizual ta’lim bo‘limi prezidenti D.D. Finning “Texnologiya va o‘qitish jarayoni” nomli ma’ruzasi edi. Ikkinchisi katta axborot nashri bo‘lib “O‘qitish ma-shinalari va dasturli o‘qitish” deb nomlangan. Bu ilmiy ish I.A. Lamsdeyn va R.Gleyzerning tahriri ostida nashr etilgan (Lumsdaine A.A. Glasser (eds). Teaching machines and Programmed Learning: A.Sourse Book. Departament of Audiovizual instruction, National Education Associa-tion, Washington, DC. 1960. 572p.) Har ikkala ishda ham pedagogik texnologiya rivojlanishining eski konsepsiya va tendensiyalaridan yangi-siga o‘tish jarayoni tahlil etilgan.
|
| |