Pedagogik texnologiyasiga ilmiy-nazariy yondashuvlar.
PT mohiyati haqida kamida yarim asr davom etgan ilmiy munozaralar mazmuni turli mualliflar, pedagogik komissiyalar va uyushmalarning ta’-rifu tavsiflarida o‘z aksini topdi. PT mohiyati haqida bir-biriga qarama-qarshi ikki nuqtayi nazar mavjud. Munozaraning asosiy sababi ham xud-di ana shunda. Barcha mualliflar PTni o‘qitishning zamonaviy vositalari majmuasi deb hisoblashsa, boshqalari esa uni kommunikatsiya jarayoni, deb e’lon qildilar. Ayrim guruhdagi mualliflar o‘qitish vositalari va ja-rayonini PT tushunchasida birlashtirib, ularga bir butunlikda qaraydi.
F.Persival va G.Ellingtonning e’tiroficha, “ta’limda texnologiya” atamasi axbortni taqdim etishning har qanday vositasini qamrab oladi. Bular “ta’lim tizimida qo‘llaniladigan jihozlar, masalan, televidenie, til o‘rgatish laboratoriyalari va tasvirlarni aks ettiruvchi turli vositalardir.
Zamonaviy ta’lim texnologiyasi tarkibiga qattiq (hardware) va yum-shoq (software) vositalardan tashqari yana “sezilmagan” (intangible) aspekt-lar kiradi. Ularga bilimlarning turli tarmoqlari, masalan, psixologiya, sotsio-logiya, kasbiy menejment va tizimli tahlilga oid g‘oya va tajribalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bunda bilimlar va o‘qitish tizimini optimal o‘z-lashtirish metodikasini ishlab chiqish uchun texnikaning optika, reprogra-fiya, akustika va mikroelektronika tarmoqlaridan foydalaniladi.
Ushbu yondashuvni asoslab (uni ko‘p aspektli yondashuv deb atash mumkin), D.Finn quyidagi fikrni bayon etadi: “Faqat sodda odamlargina texnologiyani apparaturalar va o‘quv materiallarining shunchaki majmu-yidan iborat, deb tushunishi mumkin. Ammo texnologiya juda keng ma’-noga ega. Texnologiya bu – o‘quv jarayonini tashkil etish usullari, ma-teriallar, odamlar, muassasalar, “inson mashina” tipidagi modellar va tizimlar haqidagi fikrlar timsoli. Texnologiya – muammoning iqtisodiy imkoniyatlarini tekshirish. Bundan tashqari, texnologiya fan, san’at va insoniy qadriyatlarning o‘zaro ta’siriga ham daxldor”. U yana “Pedago-gik vositalar, kommunikatsiya va texnologiyalar ensiklopediyasi”da (Lon-don, 1978) shunday so‘zlarni yozadi: pedagogik texnologiya iborasi “o‘qi-tish vositalari” atamasiga sinonim emas. Pedagogik texnologiya fanlar-aro birikish (konglomerat) hisoblanadi. U ta’limning deyarli barcha as-pektlari, ya’ni qisqa o‘qitish ko’rsidan tortib, to milliy ta’lim tizimining keng qamrovli vazifalari bilan uzviy bog‘liq”. Muallif pedagogik texno-logiya haqida juda ko‘p fikr-mulohazalar bildirilgan bo‘lsa-da, lekin PT atamasining ma’nosiga juda kam e’tibor berilganini, uning chuqur tahlil etilmaganini alohida ta’kidlab o‘tadi.
PTning ma’nosi to‘g‘risidagi munozaralarga yakun yasab, “AQSh pedagogik texnologiyalar va kommunikatsiyalar uyushmasi” 1979-yil-da pedagogik texnologiyaning “rasmiy ta’rifi”ni e’lon qildi. Bu ta’rifga ko‘ra, “pedagogik texnologiya odamlarni, g‘oyalarni, bilimlarni o‘zlash-tirish aspektlarini, ta’lim olishni rejalashtirish, ta’minlash, baholash fao-liyatini tashkil etish usul va vositalarini o‘z ichiga qamrab olgan maj-muaviy, integrativ jarayon.
Ushbu ta’rif juda keng ma’noda berilgan. PTning tavsifidagi keyingi o‘zgarishlar uning ma’nosi qirralarini aniqlashtirish va ularni ixtisos-lashtirish bilan bog‘liq. Ta’lim texnologiyalari atamalari glossariysida ko‘rsatilishicha (Parij: YuNESKO, 1986, 43-b), PT ikki xil ma’noga ega: “Dastlabki paytlarda kommunikatsiya sohasidagi inqilob tufayli ya-ratilgan vositalar, masalan, audiovizual vositalar, televidenie, kompyuterlar hamda “qattiq” va “yumshoq” vositalarning boshqa turlaridan pedagogik maqsadlarda foydalanishni PT ma’nosida tushunilgan. Yangi va keng ma’noda PT bu – butun o‘qitish jarayonini rejalashtirish, amalda joriy etish va baholashning tizimli metodi hamda ta’limning eng samarali shakllariga erishishi uchun inson va texnika resurslari hamda ularning o‘zaro ta’sirini e’tiborga olish yo‘li bilan bilimlarni o‘zlashtirish. Xuddi shu ma’noda, PT tizimli tahlilda nazariy vosita sifatida foydalaniladi».
Buni qoida deb hisoblash mumkin. Chunki keyingi yillarda PT muammolariga bag‘ishlab e’lon qilingan maqolalardan ma’lumki, ular-ning mualliflari PT ma’nosini tahlil qilishga urinmaganlar. “Pedagogik texnologiyaning yuzaga kelishi, rivojlanishi” (R.M. Tomas, V.N. Kobaya-shi tahriri ostida. Oksford: Pergamon Press, 1987. 275 r.) nomli monog-rafiya mualliflari ham bundan mustasno emas. R.M.Tomas PTning umu-miy qabul qilingan ta’rifi yo‘qligini e’tirof etish bilangina cheklangan. Uning fikricha, “pedagogik texnologiya”ni turli odamlar turli ma’noda tushunadi. Ko‘pchilik PT deganda elektron jihozlar, masalan, kinoap-paratlar, magnitofonlar va televizorlardan o‘quv jarayonida foydalanish-ni tushunadi. Boshqalar esa, ular qatoriga noelektrik materiallarni, masa-lan, kitoblar, suratlar, kartalarni ham kiritadilar. Yana bir guruh kishilar esa PT ta’rifiga boshqaruvda pedagogik ma’muriyat tomonidan qo‘llani-ladigan jihozlarni ham kiritadi. Monografiya mualliflarining o‘zlari esa, PT ta’rifini tahlil etishdan voz kechib, texnologiyaning ayrim turlariga qa-rab o‘tadilar. Xususan, monografiyada to‘rtta asosiy pedagogik texnolo-giyaning konseptual tahlili berilgan: nashr vositalari, kompyuterlar, radio va televidenie, ta’limni boshqarish tizimi (Thomas R.M., Kobayashi V.N. (Eds) Educational Technology its Greation? Development and Cross-Cultural Transfer. Oxsford: Pergamon press, 1987. 275 p.)
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yondashuvni PT tushunchasining rivoj-lanishida istiqbolli deb hisoblash mumkin, chunki u PT ma’nosini ixtisos-liklar nuqtayi nazaridan talqin etish imkonini beradi.
Pedagogik texnologiyalar – bu ta’lim samaradorligini oshirish uchun qo‘llaniladigan hamda pedagogika nazariyasi va amaliyotining barcha sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitish usullari va vositalari, yondashuv-lar, tizimlar, konsepsiyalar, tendensiyalar, g‘oyalarning fanlari o‘zaro bi-rikishi (konglomerat). Pedagogik texnologiyalar deyarli yarim asr davo-mida tadrijiy ravishda rivojlandi va o‘zining hozirgi zamon mavqeyiga erishdi. Bu davrlarda o‘qitish turlari “og‘zaki-audiovizual-dasturlash-mul-timedia-gipermedia” ketma-ketligi bo‘ylab almashdi.
|