Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika




Download 3,04 Mb.
bet112/152
Sana07.01.2024
Hajmi3,04 Mb.
#131775
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   152
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

Birinchisi – pedagogik texnologiyalarni o‘rganish obyekti sifatida e’tirof etilishi. 1946-yilda AQShning Indiana universitetida audiovizual ta’lim rejasi kiritildi (muallif L.Larson). Bu ta’lim maskanida 30-yil-lardayoq talabalarga pedagogik texnologiya bo‘yicha saboq berila bosh-langan edi. Lekin bu vaqtgacha pedagogik texnologiyani joriy etish bo‘-yicha birorta ham mukammal dastur ishlab chiqilmagandi. L.Larson bi-rinchi marta mutaxassislar tayyorlashning audiovizual rejasini kiritdi. Indiana universitetida kiritilgan audiovizual reja hamda Shimoliy Ame-rikadagi boshqa universitetlarda kiritilgan ko’rslar mazmunida ishlab chi-qarishni rivojlantirish, audiovizual vositalarni qo‘llagan holda o‘quv ja-rayonini boshqarish va boshqa masalalar aks etgan .
Ikkinchisi – pedagogik texnologiyalarning kasbiy kategoriya sifatida e’tirof etilishi. 1954-yilda dasturli o‘qitish g‘oyasi asoslab berildi (mual-lif- B.F. Skinner) va bu hol pedagogik texnologiyadagi ustuvorliklarning o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Uning asosida o‘zgarishni “stimul – reaksiya” sxemasi bo‘yicha mustahkamlash konsepsiyasi yotadi.
B.F. Skinner tomonidan ishlab chiqilgan dasturli o‘qitish (DO‘) mo-delida o‘qituvchiga bosqichma-bosqich o‘qitishning chiziqli texnologiyasi (mavzu-qadamlar – kadrlar) taklif etildi. Bunda teskari bog‘lanish, ya’ni joriy etilgan topshiriqlarning to‘g‘riligini tezda nazorat qilish va xatoga yo‘l qo‘yilgan hollarda avvalgi qadamga qaytish nazarda tutiladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan davrda DO‘ g‘oyasi pedagog-texnolog-lar tayyorlashning ko‘plab rejalarini qamrab oldi. Ammo “o‘qitish tex-nologiyasi” atamasining muallifi, shubhasiz, D.D. Finn bo‘lib qoldi. U 1963-yilda Janubiy Kaliforniya universitetida “O‘qitish texnologiyasi” bo‘limini tashkil etdi.
1958-yilda DO‘ texnologiyasini N.Krauder yanada takomillashtirdi. U DO‘ ning tarmoqlangan sxemasini taklif etdi. Bunda taklif etilgan ko‘plab javoblardan tegishlilari tanlanadi va javoblarning to‘g‘ri-no-to‘g‘ri tanlanganiga bog‘liq ravishda teskari bog‘lanish amalga oshirila-di. Shunday qilib, DO‘ning yangi modeli moslashuv modeli bo‘ldi.
“Skinnerchilar” va “krauderchi”larning DO‘ haqidagi 60-yillar davo-mida munozaralari oxir-oqibatda kelishuv bilan yakunlandi. Natijada DO‘-ning kombinatsiyalashgan yangi texnologiyasi paydo bo‘ldi. U o‘z ichiga DO‘ning chiziqli va tarmoqlangan texnologiyasi mazmunini qamrab oladi.

Download 3,04 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   152




Download 3,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

Download 3,04 Mb.