|
Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika
|
bet | 15/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogikaInklyuziv ta’lim Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi. Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Eksternat tartibidagi ta’lim.Eksternat tartibidagi ta’lim olish o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tishni talab etadi. Eksternat tartibidagi ta’lim olishni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash. Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash ularning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Uzluksiz ta’lim tizimining isloh qilinishi qanday omillar bilan bog‘liq?
11 yillik majburiy ta’limga o‘tilishining sabablarini izohlang.
0‘quv-ishlab chiqarish majmuasining asosiy maqsadini tushuntirib bering.
Kasb-hunar ta’limini tashkil etishga yangicha yondashuvni qanday babolaysiz?
Oliy ta’lim tizimining isloh qilinishi asosida qanday natijalarga erishiladi?
Oliy o‘quv yurtidan keying ta’lim bosqichlariga izoh bering.
Pedagog kadrlami qayta tayyorlash va ulaming rnalakasini oshirishga qo‘yiladigan talablarga baho bering.
2-MAVZU. PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISHI TO‘G‘RISIDAGI FAN. ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI VA METODLARI
REJA:
Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari.
Pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
Pedagogik fanlar tizimi.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish.
|
| |