• NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  • Tayanch tushunchalar
  • Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika




    Download 3,04 Mb.
    bet26/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Pedagogik tajriba (eksperiment - lotincha «sinab ko‘rish», «tajriba qilib ko’rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlaming maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalaming amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yo'naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan respondent!ar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.


    NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
    1. Pedagogika fani nimani o‘rganadi?
    2. Pedagogika fanining obyekti va predmetini izohlang.
    3. Pedagogika fanining asosiy vazifalariga izoh bering.
    4. Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga nimalar kiradi?
    3-MAVZU. SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI
    REJA:

    1. “Individ” va “shaxs” tushunchasi.

    2. Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi.

    3. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o‘rni.

    4. Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari.



    Tayanch tushunchalar: Shaxs, rivojlanish,individ, ta’lim ,tarbiya, jismoniy rivojlanish, psixik rivojlanish

    1. Individ” va “shaxs” tushunchasi.

    Individ” va “shaxs” tushunchasi. Rivojlanish deb, odamning anotomik-fiziologik jihatdan o’sishida, nerv sistemasi va ruhiyatida shuningdek bilish va ijodiy faoliyatining takomillashuvida, xulqi, ijtimoiy, siyosiy qarashlarida ro’y beradigan miqdor va sifat o’zgarishlar jarayoniga aytiladi.

    Shaxs ham jismoniy, ham psixik (ya‘ni aqliy), ham ma‘naviy jihatdan rivojlanib kamol topib boradi.Insonda bo’ladigan jismoniy o’zgarishlarga uning bo’yining o’sishi, vaznining og’irlashib borishi, suyak va mushak sistemalarini, ichki organlari va asab sistemasini o’zgarib borishi kiradi.


    Psixik o’zgarishlar esa uning aqliy rivojiga aloqador bo’ladi va insonda shaxsning psixik sifatlarini shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. O’z hayoti davomida inson jismoniy va psixik tomondan o’zgarib boradi. Lekin bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy ham psixik jihatdan o’sishi, o’zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, unga berilayotgan tarbiya natijasida u jamiyat a‘zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar sistemasida o’z o’rnini egallaydi. Bola shaxsining rivojlanishi shaxs ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik biologik mavjudot hamdir.
    Shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik (tabiiy) va ijtimoiy qonuniyatlar birgadek ta’sir etadi, shu bois ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Shaxsning rivojlanishiga uning faoliyati, hayot tarzi, yoshi, bilimi, turmush tajribasi, hatto fojiali vaziyatlar, turli kasalliklar ham ta’sir etadi.
    Inson hayoti davomida doimo o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Zero, rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shu sababli shaxsga xos fazilatlarni to‘g‘ri va obyektiv baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar va shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
    Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiya jarayonida uning shaxs rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsata olishi uchun ta’lim oluvchining o‘sishi va rivojlanishiga xos xususiyatlardan xabardor bo‘lish va inobatga olish maqsadga muvofiq. Binobarin, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. “Sog’lom avlod dasturi” ning qabul qilinishi munosabati bilan I.Karimov ilmiy nuqtai nazaridan asoslangan, har bir ota-ona uchun amaliy dastur bo’lishi joiz bo’lgan bir fikrga jamoatchilik diqqatini tortadilar, ya‘ni 6-7 yoshgacha bo’lgan davrda bola jamiki idrok qilinajak ma‘lumotlarning deyarli yarmini qabul qilib bo’ladi. Bu holat tarbiya jarayoniga ham bevosita hayotiga ta‘sir qiladi, bu qonuniyatdan kelib chiqadigan bo’lsak shaxs tarbiyasiga aniq sharoitlarda alohida yondashuvlarni talab qiladi. Umuman psixik rivojlanish tushunchasi ma‘no va mohiyat jihatdan taraqqiyotning har bir bosqichida ham miqdor, ham sifat o’zgarishlarni nazarda tutadi.
    Inson mohiyati ikki olamdan iborat. Birinchisi uning ma‘naviyati. Insonning moddiy olamiga uning tanasi,ehtiyojlari, unga kerakli ne‘matlar kiradi. Uning ma‘naviyati esa –ruhiy olami,ong tafakkuri, xis-tuyg’ulari, bilimi, axloqi, iymon-e‘tiqodi, dunyoqarashi va boshqalardir. Ma‘naviyatsizlik insonni vahshiylikka, jaholatga olib boradi.
    Jahon pedagogika, psixologiya, sotsiologiya fanlarida shaxs to’g’risida o’nlab nazariyalar, qarashlar, yondashuvlar mavjud bo’lishiga qaramasdan inson kamoloti yuzasidan hanuzgacha umumiy bir fikrga kelinganicha yo’q. Insonshunoslikda shaxsga oid bir qator atamalar, tushunchalar qo’llanishi an‘ana tusiga kirgan. Jumladan, individ, odam, inson, shaxs, komil inson kabi atamalar shular jumlasidandir.

    Manbaalarda, lug’atlarda aytilishicha individ atamasi lotincha individium so’zidan olingan bo’lib, bo’linmaydigan, mustaqil yashaydigan, degan ma‘noni anglatar ekan. Individ bu insoniyat vakili, barcha ijtimoiy va psixologik belgilarni (aql, ehtiyoj, qiziqish va boshqalarni) o’zida ifodalaydigan konkret kishidir. Individ tushunchasi odamni tabiiy mavjudot sifatida aks ettiradi. Masala bunday qo’yilganda turli xil biologik omillar (ya‘ni yosh xusuciyatlari, jinsi, temperamenti va boshqalar) nazarda tutiladi. Insonning o’ziga xosligini ifodalaydigan xislatlar uning individualligini belgilaydi. Individni odam ham deb atashadi.Ayrim mutaxasislar, psixologlar ta‘kidlashicha individuallik davri tug’ilgandan to unda nutq paydo bo’lgunga qadar vaqt birligini qamrab oladi. Bu davrda bolada turli harakatlar bajarish, tevarak-atrofga moslashish, ota-onani, qarindosh- urug’larni tanish, sezgi, idrok, xotira jarayonlari rivojlanadi, emotsiya, hissiyotlar paydo bo’ladi. Unda odamlar bilan muomalaga kirishish ehtiyoji tug’iladi.



    Download 3,04 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Download 3,04 Mb.