Tarbiya vositalari - bu usul ham emas, metod ham emas, usullar yig’indisi.
Tarbiya metodlari tasnifi. Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalami hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalami o‘zida aks ettiradigan o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud. Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish va tanbeh berishga bo'linadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi o‘ziga xoslikni, qo'llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlaming ko‘proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o‘zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o‘quvchilaming xulq-atvorini rag‘batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S.Mariyenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlari quyidagicha nomlanadi:
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko‘ra metodlami ikki guruhga bo‘lish mumkin:
Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasawur, tushuncha, g‘oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi.
Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir etuvchi.
Hozirgi vaqtda o‘zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, mazmun va tartiblilikni aks ettiruvchi ko‘proq obyektiv va qulay metodlar qo‘llaniladi. Ana shunday tavsif bilan bog'liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo‘linadi:
SHAXS ONGINI SHAKLLANTIRUVCHI METODLAR.
FAOLIYATNI TASHKIL ETISH VA XULQ-ATVOR TAJRIBALARINI SHAKLLANTIRISH METODLARI.
XULQ-ATVORNI VA FAOLIYATNI RAG‘BATLANTIRISH METODLARI.
Shaxs ongini shaklantirsh metodlari o‘quvchilarda ma’naviy- axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi
Bu guruhga mansub metodlaming mohiyati shundaki, ular orqali o’quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. 0‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik. ya’ni, davlatning ichki va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim.
|