|
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish
|
bet | 36/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogikaO‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlami boyitish yoki salbiy odatlami bartaraf etishga qaratilgan faoliyat metodi. 0‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish- turishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.
O‘z-o ‘zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq- atvorini tahlil qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat metodi. 0‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. 0‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchmi bunga yetarli tayyorlash mumkin. Shu bois o‘quvchi irodali bo‘lishi, o‘z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo‘lishi, ya’ni, tarbiyalanishni xohlashi, o‘zini o‘rtoqlari, atrofdagilarnmg ko‘zi bilan ko'rish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishi lozim.
Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida o‘quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda o‘smirlar ishonuvchan bo‘lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi ma’lum ko‘rsatmani qabul qilishi zarur bo‘lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur metoddan boshqa metodlaming ta’sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi.
Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko'rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlami shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzularda o‘tkaziladi. Munozara turli nuqtai nazarlar to‘qnashgan vaziyatda o‘quvchilarda ma’lum hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi
Mashq va o‘rgatish metodlari muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ulami axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan tarkib topadi va shaxs rivojlanishining keyingi bosqichlarida mustahkamlanib boradi.
0‘qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlaming tarbiyalanib borayotganligini kuzatib borishlari kerak. 0‘quvcliilar odatlarni o‘z yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo‘lga qo‘yish asosida tarkib toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi.
Mashq muayyan xatti-harakatlami ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o'quvchi uchun ongli, ijobiy jarayondir. Mashq natijasini ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o‘quvchming aqliy qobiliyati rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.
0‘rgatish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir.
Topshiriq o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan metod. 0‘quvchilaming topshiriqlarni jamoa bo‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. 0‘quvchilar o‘z kuchlarini umum ishiga sarflashga, jamoa uchun mas’uliyatni his etishga o‘rganadilar, mehnat qilish o‘quvchilaming harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi.
|
| |