• 4- MAVZU.TARBIYA NAZARIYASI VA TARBIYA TURLARI Reja
  • Tayanch tushunchalar
  • Abdulla Avloniv
  • Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika




    Download 3,04 Mb.
    bet32/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

    1. “Individ”, “shaxs”, “individuallik” tushunchalarini sharhlang.

    2. “Rivojlanish” va “shaxs rivojlanishi” tushunchalarini ta’riflang.

    3. Shaxsning shakllanishiga qanday omillar ta’sir etadi?

    4. Shaxs faoliyati haqida so‘zlab bering.

    5. O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini tavsiflang.

    6. Shaxsning ijtimoiylashuvini qanday tushunasiz?



    4- MAVZU.TARBIYA NAZARIYASI VA TARBIYA TURLARI
    Reja:

    1. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida.

    2. Tarbiya nazariyasi va tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, maqsadi va vazifalari, xususiyatlari, qonuniyatlari va tamoyillari.

    3. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘ziga xosligi va tarbiyadagi o‘rni.

    4. Tarbiyaning umumiy metodlari. Ijtimoiy ongni shakllantirish, ijtimoiy axloqni shakllantirish, rag‘batlantirish va jazolash, o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari.

    5. Tarbiya turlariga umumiy tasnif.



    Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaning maqsadi, tarbiya mazmuni, tarbiyaning umumiy vazifalari, tarbiya turlari,



      1. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida.

    Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari va tashkil etilishi masalalarini o‘rgatadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o ‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liq jarayon mazmunini ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlar ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo’limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda maktabshunoslik bilan uzviy bog’liq. Tarbiya jarayoni shaxsning muayyan maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi tarixiy-ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boruvchi faoliyat jarayonidir. Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniv shunday deydi: “Al hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yonajot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”
    Ushbu fikrlardan xulosa chiqarsak, shaxs tarbiyasi xususiy emas, balki ¡jtimoiy-milliy ilmdir. Zéro, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog’liq
    Tarbiya jarayoni haqida gap ketganda avvalo jarayon tushunchasiga izoh berishimiz lozim. Jarayon o’zi nima? Har qanday jarayon – harakatdir, rivojlanishdir, moddiy dunyodagi narsalar, hodisalarning asta-sekin o’zgarishidir. Tarbiya jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va ma‘naviy – axloqiy sifatlar, e‘tiqodlarni, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir. Shaxs kamolotida tarbiya yetakchi rol o’ynaydi. Tarbiya rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish bo’yicha faoliyatni tashkil etishdan iborat, aniq maqsadga qaratilgan va boshqariladigan jarayondir. Ijtimoiy-tarixiy tajribani avloddan avlodga o’tishi, uni yangi avlod tomonidan o’zlashtirilishi natijasida shaxs hayotga, mehnatga va muayyan kasbga yo’naltirish jarayoniga tarbiya deymiz.
    Tarbiya ilmiy, boshqariluvchi, aniq maqsad sari yo’naltirilgan jarayondir.
    Arastu: tarbiyaning maqsadi, vazifasi insonga tabiat ato etmagan narsalarni o’rnini to’ldirish, shakllantirishdir, deydi.
    Tabiat insonga tayyor qobiliyat, tayyor dunyoqarash, iymon-e‘tiqod, ma‘naviyat, axloqiy-ma‘naviy qarashlar, madaniyat va boshqalarni ato etmaydi. Bu xususiyatlar tug’ma emas. Ular shaxsda tarbiya, ta‘lim jarayonida shakllanadi.
    Tarbiya shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, shaxsni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok ettirishga qaratilgan barcha ta‘sirlarmajmuidir .
    Xalq pedagogikasida odamzot farzandini boqib, ta‘lim berib katta qilish, voyaga yetkazish uchun qilinadigan mehnat va g’amhurlikni tarbiya deb tushuntiriladi.
    Odamga ish-hunar o’rgatish va umuman shaxsning g’oyaviy-ma‘naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta‘lim tizimi ham tarbiya sarasiga kiradi.
    Ilmiy manbaalarda, pedagogik adabiyotlarda, pedagogikadan darslik va qo’llanmalarda tarbiyaga yuqorida keltirilgandek turlicha ta‘rif beriladi va ularning barchasi o’z o’rnida to’g’ridir.
    Tarbiya ijtimoiy xodisadir, kishilik jamiyatiga xos xodisadir. Inson ham, uning tarbiyasi ham o’z mohiyati bilan ijtimoiydir. Ya‘ni inson faqat jamiyatda, insonlar muhitida, o’zaro munosabatlar jarayonida, katta avlodga xos ijtimoiy tajribani o’zlashtirib olish orqali shakllanadi.Tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatida mohiyati ana shu.
    Tarbiya jarayondir, tarbiya keng ma‘noda yoshlarni, insonlarni ob‘ektiv va sub‘ektiv ta‘sirlar asosida aqliy, axloqiy, amaliy, jismoniy shakllanish jarayonidir.


      1. Download 3,04 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Download 3,04 Mb.