|
Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika
|
bet | 40/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogikaBirinchisi, politexnik ta’lim —bu ishlab chiqarishning barcha sohalariga taalluqli bo‘lgan ilmiy asoslarni va prinsiðlarni, mehnat ko‘nikma va malakalari, oddiy mehnat qurollari bilan muomala qilish kabilarni o‘zlashtirishni taqozo qiladi.
Ikkinchisi, bu —umumiy mehnat. Umumiy mehnat o‘quvchilarni mahsulot ishlab chiqariladigan faoliyatga jalb etishni taqozo qiladi.
Uchinchisi, ijtimoiy-foydali mehnat. Bu mehnat turi ko‘pchilik foydasiga ishlashni nazarda tutadi (temir-tersak, makulatura yig‘ish, sinf, maktabni ta’mirlashga yordam berish, maktab uchastkasida ishlash).
To‘rtinchisi, o‘z-o‘ziga xizmat qilish. U maishiy xizmat turiga kirib, sinf, maktab ozodaligini saqlash, ish joyini, kiyim-kechagi, o‘quv qurollarini ozoda, tartibli saqlashni nazarda tutadi.
Beshinchisi, uy mehnati, bu ham maishiy mehnat turiga kirib, uyda ozodalikka rioya qilishni, ota-onaga uy ishlarida yordam berishni taqozo qiladi.
Jismoniy tarbiya-Jismoniy tarbiya. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama rivojlantirish tizimidagi o‘z vazifasini bajarish bilan birga, u quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan: salomatlikni mustahkamlash, inson organizmini chiniqtirish va o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishiga yordam berish; harakat ko‘nikmalarini va malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish; o‘g‘il bolalarni armiya safariga tayyorlash; badantarbiya va sportning mohiyati hamda ijtimoiy roli haqidagi ma’lumotlardan xabardor qilish. Jismoniy tarbiyaga, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan buyon davlat darajasida ahamiyat berilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport ishlariga hukumatimiz tomonidan katta g‘amxo‘rlik qilinmoqda.
Estetik tarbiya. Hayotda tabiat go‘zallikning manbasidir. U estetik tuyg‘ularni, bolalarning kuzatuvchanligini va tasavvurini rivojlantirish uchun juda boy material beradi. Bundan tashqari, san’at ham estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. San’at orqali estetik tarbiyalash pedagogikada badiiy tarbiya deb ataladi. U quyidagi metodlardan foydalangan holda olib boriladi:
Badiiy asarlarni namoyish qilish va ijro etish.
Badiiy asarlarni tahlil qilish va baholash.
San’atshunoslik bilimlaridan xabardor qilish, san’atninghar xil turlarini —ifoda vositalari, tarixi va nazariyasini xarakterlovchi muayyan ma’lumotlar jamg‘armasiga ega bo‘lish zarur.
Badiiy faoliyatining xilma-xil shakllarida mashqlaro‘tkazib, ijodiy qobiliyatlarni, mustaqil tasvirlash ko‘nikmalari va malakalarini rivojlantiradi.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya lotincha „estezio“ —go‘zallikni his qilaman) —o‘quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish va to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, ular tomonidan go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Nafosat tarbiyasi „badiiy tarbiya“ sifatida ham qo‘llaniladi. Umuman, nafosat tarbiyasi keng ma’noga ega bo‘lib, faqat san’at vositasidagina emas, balki hayot, mehnat, ijtimoiy munosabatlar, tabiat va boshqalar vositasida go‘zallikni his qilishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni o‘z ichiga oladi. Badiiy tarbiya esa, san’at (adabiyot, musiqa, qo‘shiq, tasviriy va san’atning boshqa yo‘nalishlari) vositasida shaxsda estetik his-tuyg‘ularni shakllantirishni nazarda tutadi. Nafosat tarbiyasi insonda go‘zallikni his qilish tuyg‘usining shakllanishiga yordam beradi, uni rivojlantiradi. Inson doimo o‘z hayotini go‘zallik asosida qurishga intiladi. Nafosat tarbiyasi axloqiy, aqliy, huquqiy, ekologik, jismoniy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
|
| |