• Pedagogik malakani egallaganlik darajasi.
  • Tarbiya vaqti.
  • Kutiladigan natija.
  • Aqliy tarbiya
  • Axloqiy tarbiya
  • Mehnat tarbiyasi
  • Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika




    Download 3,04 Mb.
    bet39/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismi sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog’langan va birgalikda qoTlaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlami samarali qoTlash uchun zaruriy yordam bemvchi ko‘rgazmali qurollar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari.

  • Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat o‘zi biladigan va qoTlay oladigan metodlami tanlab oladi. Ko‘plab metodlar murakkab boTganligi bois, o'qituvchidau ko‘p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday mas’uliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat qiladi. Natija esa turLi obrazli, xilraa-xil maqsad, vazifa, shart- sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda past samaraga ega bo‘ladi.

  • Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam, maqsad esa katta bo‘lsa, «kuchli harakatga keltiradigan» metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «oddiy» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatga keltiradigan» va «oddiy» metodlarga bo‘linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o‘rgatish bilan bog’liq.

  • Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvaffaqiyatga erishishga nisbatan ishonch bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘llanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan ko'ra bilish kerak.

    4.5.Tarbiya turlariga umumiy tasnif.
    Tarbiya turlari turli sohalarga ko‘ra tasnif etiladi. Ko‘proq umumlashgan tasnif o‘zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani qamrab oladi. Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlaming turli yo‘nalishlari bilan bog‘liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo’linadi. Institutsional belgilariga bo‘yicha oila, ta’lim muassasasi, ta’lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta’lim muassasalaridagi tarbiyaga bo‘linadi.
    Aqliy tarbiya- Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning o‘zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, tizimlashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish o‘quvchilarga mustaqil bilim olishda eng muhim element bo‘lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish malakasining hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirani mustahkamlash, fikrlash operatsiyalarini ratsional o‘tkazish kabi malakalarni o‘stiradi. Aqliy tarbiyasi yetuk, o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik —bu donolik. Donolik —bu insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir. Donolik noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida „Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo‘lmas“, deyiladi.
    Axloqiy tarbiya- „Axloq“, „xulq“ va „atvor“ so‘zlari arabcha so‘z bo‘lib, ular o‘zbek tilida ham o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Ayrim odamlar „Axloq —kishilarning har bir jamiyatga xos xulq me’yorlari majmuyi“ deyishsa, boshqalar esa „Axloq—ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, hamma sohalarda kishilarning xatti-harakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi“, deyishadi. Axloq me’yorlari xulq-atvorning regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid xatti-harakat axloqsizlik harakati deb qaraladi. Shunisi ham borki, huquq majburiy bo‘lsa, axloq ixtiyoriydir. Axloqiy tarbiya odamlarni nomusli vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevar bo‘lishga o‘rgatadi. Axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi. Xalq ta’limi tizimida o‘qitish tarbiyalanuvchilarning axloqiy mukammallashishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularda ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi.
    Mehnat tarbiyasi- Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir. Bu vazifalarni ikki turkumga ajratish mumkin. Birinchidan, mehnatga bo‘lgan munosabat jarayonidagi zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Yoshlarda xalqi, vatani manfaati yo‘lida mehnat qilish xohishini tarbiyalab, mehnatga hayotiy zarur faoliyat deb qarashlarini tarkib toptirishga erishiladi. Ikkinchidan, guruh vazifalari, mehnat faoliyatini bajarish jarayonida zarur bo‘ladigan bilimlar o‘zlashtiriladi, fan asoslari, politexnik ta’lim o‘rganiladi. Mehnat tarbiyasi tushunchasi umumiy bo‘lib, bu tushuncha bir qancha xususiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi.

    Download 3,04 Mb.
  • 1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Download 3,04 Mb.