Maktab sharoitida maxsus ta’limga extiyoji bo‘lmagan o‘quvchilar uchun ba’zi imkoniyatlar ilovasi




Download 3,04 Mb.
bet94/152
Sana07.01.2024
Hajmi3,04 Mb.
#131775
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   152
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

Maktab sharoitida maxsus ta’limga extiyoji bo‘lmagan o‘quvchilar uchun ba’zi imkoniyatlar ilovasi.

  • Maxsus ta’limga ehtiyoji bo‘lmagan talabalar uchun ba’zi imkoniyatlar ilovasi quyidagilardan iborat:

  • Maxsus ta’limga ehtiyoji bo‘lmagan talabalar o‘zlarining yoshlaridagi maxsus ta’limga extiyoji bor bo‘lgan tengqurlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishlari uchun turli- tuman imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.

  • Ular ta’lim jarayonida o‘zaro sheriklik, sinf raxbarlari sifatida ish olib borishlari mumkin.

  • Ular tushlik vaqtida, avtobusda yoki o‘yingohlarda maxsus ta’limga ehtiyoji bor bo‘lgan bolalar uchun o‘zgacha maxsus“do‘st” rolini o‘ynashlari mumkin.

  • Maxsus ta’limga ehtiyoji bo‘lmagan bolalar maxsus ta’limga ehtiyoji bor bolalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish jarayonida irodalilik, individual farqlilik hamda imkoniyati cheklangan insonlar haqida ko‘plab narsalarni o‘rganishlari mumkin.

  • Maxsus ta’limga ehtiyoji bo‘lmagan bolalar maxsus ta’limga ehtiyoji bor bolalarning ko‘plab ijobiy xususiyatlar va qobiliyatlarga ega ekanliklari to‘g‘risida o‘rganishlari ham mumkin.

  • Maxsus ta’limga ehtiyojga ega bo‘lmagan bolalar maxsus ta’lim, nutq muolajasi, psixologik muolaja, xordiq chiqaruvchi muolaja va kasbiy sog‘likni tiklovchi kabi ko‘plab insonlarga xizmat ko‘rsatish sohalari haqida o‘rganish uchun imkoniyatga ega bo‘ladilar. Ayrimlari uchun mana shu yo‘nalishlarga duch kelishi keyinchalik ularning shu yo‘nalishlardan hoxlagan birida ish faoliyatini yaratishga olib boradi.

  • Maxsus ta’limga ehtiyojga ega bo‘lmagan bolalar uchun Inklyuziv ta’lim muloqot qilish va yakka shaxslarning keng sohasi bilan natijaviy shug‘ullanishni o‘rgatish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari bu ularni o‘smirlik paytlaridanoq ko‘p millatli jamiyatda to‘liq ishtirok etishlariga tayyorlaydi (Ryndak va Alper, 1996 ).

  • Inklyuziv ta’lim tumandagi o‘quvchilarning ta’limga ehtiyojlariga maktab javobgar ekanligini kafolatlaydi. Bu esa maktabni jamiyat bilan yaqinlashishiga olib keladi (Jxa, 2002).


Download 3,04 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   152




Download 3,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktab sharoitida maxsus ta’limga extiyoji bo‘lmagan o‘quvchilar uchun ba’zi imkoniyatlar ilovasi

Download 3,04 Mb.