I.G.Pestolotsining didaktik qarashlari




Download 3,04 Mb.
bet102/152
Sana07.01.2024
Hajmi3,04 Mb.
#131775
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   152
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

I.G.Pestolotsining didaktik qarashlari. Pestalotsi avval boshlang‘ich maktabda, so‘ngra lotin maktabida o‘qib ilm oldi. Pestalotsi o‘rta maktabni tamomlagach, ko‘proq gumanitar fanlar o‘qitiladigan oliy o‘quv yurtiga - kollegiumda, uning filologiya va falsafa bo‘limlarida o‘qidi. Pestalotsi kollegiumni tamomlamay turib, xalqning ahvolini yaxshilash to‘g‘risida o‘zining azaldan orzu qilib kelgan niyatini amalga oshirishga qaror qildi. 1769-yilda Pestalotsi o‘zining ijtimoiy tajribasini boshladi. U pul qarz olib, kichikroq qo‘rg‘on va yer sotib oldi, bu yerga «Neygof» («yangi qo‘rg‘on») deb nom berdi va tevarak-atrofdagi dehqonlarga o‘z xo‘jaliklarini unumdor xo‘jalikka aylantirishni o‘rgatish maqsadida, bu yerda namunali ferma tashkil qilmoqchi bo‘ldi. Tajribasiz va xo‘jalik ishlaridan bexabar bo‘lgan Pestalotsi oradan ko‘p o‘tmay sindi va u xalq foydasini ko‘zlab yana yangi yo‘llar qidirishga majbur bo‘ldi. U 1774-yili «Neygof»da «Kambag‘allar muassasasi»ni ochib, yetim va boqimsiz bolalardan 50 ga yaqin kishini shu muassasaga to‘pladi. Pestalotsining fikricha, bolalarning o‘zlari ishlab topgan pullar shu yetimxonaning xarajatini qoplashi kerak edi. Yetimxonada tarbiyalanayotgan bolalar dalada ishlar, shuningdek, to‘quv va yigiruv dastgohlarida ip yigirib, mato to‘qir edilar. Pestalotsining o‘zi bolalarga o‘qish, yozish va hisob o‘rgatar, ularni tarbiyalash bilan shug‘ullanar edi. Hunarmand ustalar esa bolalarga ip yigirish va to‘qishni o‘rgatardilar. Shu tariqa, Pestalotsi o‘z muassasasida bolalarni o‘qitishni ularni unumli mehnatga o‘rgatish bilan qo‘shib olib borishga urindi.
Pestalotsi boshlagan ish tezda barbod bo‘ldi, chunki siyosiy hokimiyat va moddiy mablag‘larning egalari uni qo‘llab-quvvatlamadilar. Bolalar ming mashaqqat bilan mehnat qilishi tufayli o‘zlari yashab-ishlab turgan yetimxona xarajatlarini ko‘tara olar edilar, lekin gumanist va demokrat Pestalotsi o‘zi tarbiyalayotgan bolalarni bunday og‘ir sharoitda yashashini istamasdi va bunga yo‘l qo‘ya olmasdi. U bolalar mehnatini, avvalo, bolalarning jismoniy kuchlarini aqliy va axloqiy qobiliyatlarini o‘stirish vositasi, deb bildi. Bolalarga faqat hunar o‘rgatibgina qolmasdan, balki ularni keng ravishda mehnatga o‘rgatishga intildi.
Pestalotsi Neygofda o‘tkazgan tajribaning pedagogika uchun ahamiyati katta bo‘Idi. Tajribani davom ettirish uchun mablag‘ bo‘lmaganligi sababli oradan ko‘p vaqt o‘tmay yetimxona yopildi. Lekin bu miivaffaqiyatsizliklar uni, xalqqa yordam berish maqsadidan qaytara olmadi.
Pestalotsi 1798-yil Shveysariya inqilobi natijasida yetim qolgan 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan 80 bolaga mo‘ljallangan Yangi yetimxona ochdi. «Ertalabdan to kechgacha ularga yakka o‘zim hamroh edim! Mening qo‘Ilarim ularning qo‘lida, ko‘zlarim ularning ko‘zlarida edi. Ular yig‘lasa, men ham yig‘lar, kulsa kular edim! Ular nima yesa, men ham shuni yer, nima ichsa, shuni ichardim. Mening o‘shalardan boshqa uyim ham, do‘stim ham, xizmatchim ham yo‘q edi!», deb yozgandi keyinchalik bu haqda Pistalotsi. Afsuski, urush harakati boshlangandan keyin yetimxona yopildi. Keyingi o‘n sakkiz yil davomida Pestalotsi o‘sha davrning eng muhim masalasini: dehqon xo‘jaliklarini qanday qilib tiklash, ularning turmushini yaxshilash, mehnat- kashlarning axloqiy va aqliy holatini qanday qilib o‘zgartirish masalasini hal qilishga jamoatchilik e’tiborini tortishga intilib, adabiy faoliyat bilan shug‘ullandi. U «Lingard va Gertruda» (1781—1787) degan ijtimoiy-pedagogik roman yozib, bu romanda xo‘jalikni oqilona, usulda olib borish va bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash vositasi bilan dehqonlarning turmushini yaxshilash to‘g‘risidagi o‘z g‘oyalarini olg‘a surdi.

Download 3,04 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   152




Download 3,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.G.Pestolotsining didaktik qarashlari

Download 3,04 Mb.