|
A.Distervegning didaktik g‘oyalari
|
bet | 104/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika A.Distervegning didaktik g‘oyalari. Atoqli nemis pedagogi Fridrix Vilgelm Adolf Disterverg 1790-yil Vestfaliyadagi Zigen sanoat shaharchasida huquqshunos oilasida tug‘ildi. Disterverg o‘zi o‘qigan maktabidagi dogmatik ta’limiga umrbod nafrat bilan qaraydi. 1808-yil Disterverg Gerborn universitetiga o‘qishga kiradi, u yerda matematika, falsafa va tarixni chuqur o‘rganadi, so‘ngra Tbigen universitetiga o‘qishni o‘tkazadi va 1811-yili shu universitetni tamomlaydi. Ozgina fursatda o‘z ustida tinmay ishlab falsafa fanlari doktori unvonini oladi. Disterverg talabalik chog‘idayoq Russo,2 Pestalotsining pedagogika sohasidagi g‘oyalari bilan tanishadi. 1813-1818-yillari Frankfurt Mayn shahridagi namunali maktabda o‘qituvchilik qiladi. Disterverg shvetsariyalik olim Pestalotsining ilg‘or pedagogik qarashlariga astoydil muxlis bo‘lib qoladi. U xalqiga ma’rifat - ziyo nurini tarqatuvchi fidoyi murabbiy, ustoz bo‘lishga qaror qiladi. Dastlab, Myors-Reynda, so‘ngra esa Berlinda o‘qituvchilarni tayyorlash maktabiga boshchilik qiladi. Disterverg pedagogika, matematika va nemis tilidan tayyorlov guruhlariga dars beradi. Boshlang‘ich tajriba maktablarida ham o‘qituvchilik qiladi. 1835-yili «Nemis o‘qituvchilarini o‘qitish uchun qo‘llanma» degan kitobini nashr qildiradi. Matematika, nemis tili, geografiya, astronomiyaga doir yigirmadan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr qiladi. Disterverg 1827-yildan to umrining oxirigacha «Tarbiya va ta’lim uchun Reyn varaqlari» degan jurnal chiqarib turdi. Shu jurnalda pedagogikaning turli muammolariga bag‘ishlab 400dan ortiq maqolasi nashr qilindi. Boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarini tayyorlash ishini tubdan yaxshilash uchun kurashdi. Disterverg umuminsoniy tarbiya g‘oyasini himoya qilib chiqadi, shu g‘oyaga tayanib pedagogika masalarini yuqori pog‘onaga ko‘taradi. Uning fikricha, maktabning vazifasi «chinakam prussiyaliklar» emas, balki insonparvar kishilar va ongli fuqarolarning tarbiyalab yetishtirishdir. Odamlar insoniyatga va o‘z xalqiga bo‘lgan muhabbat bir-biriga chambarchas bog‘langan holda rivojlanishi lozim. «Inson - mening nomim, nemis - mening laqabimdir» deydi. Disterverg Pestalotsi singari, tabiyaning eng muhim prinsipi tabiatga uyg‘un bo‘lishidir, deb hisoblaydi. Disterverg rivojlanib boruvchi ta’lim didaktikasini yaratdi, bu didaktikaning asosiy talablarini ta’limning 33 qonuni va qoidasini bayon qilib berdi. Mustahkam o‘zlashtirishga o‘sha vaqtdayoq ko‘p e’tibor beradi. «O‘quvchilar bilan birga adolatli bo‘lishi shundagina o‘quvchilar orasida obro‘ qozonishi mumkin deydi». Distervergning rivojlantirib boruvchi ta’lim didaktikasi va uning darsliklari boshlang‘ich ta’lim maktablarini taraqqiy ettirishda katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning g‘oyalari XIX asr o‘rtalarida Rossiyada ham keng tarqaldi.
NAZORAT SAVOLLARI
Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiyaqanday bo’lgan?
Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to‘g‘risida qanday fikr bildirishgan?
Qadimgi Rimda pedagogik g‘oyalar rivoji?
XII asrda Rossiyada pedagogik adabiyotlarning nashr etilishi?
|
| |