|
-MAVZU. PEDAGOGIK MAHORAT FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
|
bet | 105/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika14-MAVZU. PEDAGOGIK MAHORAT FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
REJA:
Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.
Pedagogik fikrlar taraqqiyotida o‘qituvchi mahorati masalalari.
Pedagogik texnika haqida tushuncha.
Tayanch tushunchalar: mahorat, pedagogic mahurat, pedagogic texnika
1. Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik mahorat - pedagogik jarayonda tarkib topadi. Pedagogik jarayon esa kasbiy va shaxsiy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yib, bo‘lajak mutaxassisni mehnatga, hayotga tayyorlash uchun davlat, jamiyat, millat va kelajak avlod oldida javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuning uchun, pedagog shaxsiy va kasbiy fazilatlar egasi bo‘lishi lozim. Pedagogning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon – e’tiqodi, dunyoqarashi, ijtimoiy ehtiyoj va faolligi, odob – axloqi, fuqarolik burchlarini his qilishi, ma’naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat’iyligi va maqsadga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi va h.k.lar kiradi. Bular o‘qituvchiga kasbiy xususiyatlarni o‘zida tarbiyalab borishga ko‘maklashadi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan va pedagogik mahoratga berilgan ta’rif, hamda o‘qituvchi-tarbiyachining professiogrammasi xususiyatlari va o‘qituvchiga qo‘yiladigan ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy-madaniy talablardan kelib chiqib pedagogika nazariyasi pedagogik mahoratni quyidagi asosiy komponent (tarkibiy qism)lardan iborat bo‘lishi lozimligini ifodalaydi.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari
Bularning barchasi xususiy mohiyat-mazmun kasb etsada, ular yaxlit holda o‘qituvchi-tarbiyachi(pedagog)ning kasbiy malakalarining mazmunini ifodalaydi.
Zero, pedagogik texnika – o‘qitish, ta’sir ko‘rsatish, ta’lim tarbiya oluvchilarga o‘z his-tuyg‘ulari, bilimlari, axloqiy fazilatlarini uzatish texnologiyasini ifodalasa, pedagogik muomala – o‘qituvchi kasbiy faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib, ta’lim - tarbiyada shu jarayon ishtirokchilarining o‘zaro ta’sir va hamkorligini aks ettiradi.
Pedagogik ijod – o‘qituvchining mahorat pilapoyalaridan ko‘tarilishida yaratuvchanlikni, tashabbuskorlikni, pedagogik uddaburonlikni va tadbirkorlikka eltuvchi yo‘lni, bu yo‘ldagi qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikni anglatadi.
O‘z navbatida bu sohada o‘qituvchining pedagogik qobiliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki u pedagogik jarayonda o‘qituvchining aqliy, emotsional – irodaviy jihatlarini, tashkilotchiligini, bilimdonligini va ularning bir-biriga bog‘liqligini hamda yaxlit bir butunlik kasb etishini ifodalaydi.
Pedagogik madaniyat o‘qituvchi-tarbiyachilik burchi, mas’uliyati, qadr-qimmati, vijdoni, axloqiy e’tiqodini nazarda tutib, o‘qituvchining talabchanligi, adolati, komilligi, rostgo‘yligi, to‘g‘riligini anglatadi. Pedagogik mahorat tizimida pedagogik nazokat (takt) – o‘qituvchining pedagogik maqsadga muvofiq, foydali, qimmatli harakatlarining o‘lchovi, meyori va ta’sir vositasining chegarasi sifatida xarakterlanadi. Pedagogik mahoratning qayd qilingan tarkibiy qismlari o‘qituvchining kasbiy xususiyatlarini boyitadi va uni mohirlik sari yetaklaydi va o‘qituvchi - tarbiyachida pedagogik mahorat malakalarining tarkib topishiga yordam beradi. Ammo, o‘z kasbining mohir ustosi bo‘lish uchun faqatgina ularga tayanib, ish tutish kutilgan natijani bermasligi mumkin. Buning uchun muntazam ravishda pedagogik fikrlash, pedagogik o‘ylash, pedagogik ish tutish lozim bo‘ladi. Bu deganimiz, o‘z faoliyatini pedagogik hodisalarni, vaziyatlarni tahlil qilish, ularning har bir bog‘lanish joylarini anglashga intilish, kunlik natijalarni mustaqil ravishda tahlil qilishi va yangi ta’lim-tarbiyaga doir g‘oyalarni avvalgilari bilan taqqoslay olishga odatlanishi ham lozim bo‘ladi. Asosiy pedagogik-psixologik muammolarni topa olish ularni hal etishning eng qulay yo‘llarini topish ustida o‘ylash ham kerak.
|
| |