• 12-MAVZU. PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA. IBTIDOIY JAMOADA TARBIYA. ENG QADIMGI DAVRLARDAN VII ASRGACHA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR. REJA
  • Tayanch tushunchalar
  • Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika




    Download 3,04 Mb.
    bet95/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
    1. Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida.
    2. Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari.
    3. Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi.
    4. Aqliy rivojlanishi, eshitish, ko‘rish, nutqida nuqsoni bor bolalar.
    5. O‘zbekiston Respublikasida anomal bolalarning ijtimoiy holati.


    12-MAVZU. PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA. IBTIDOIY JAMOADA TARBIYA. ENG QADIMGI DAVRLARDAN VII ASRGACHA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR.
    REJA:

    1. “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari.

    2. “Pedagogika tarixi” fani g‘oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o‘zaro aloqadorligi.

    3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyyev ta’lim-tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida.

    4. Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari.

    5. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti . Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi.



    Tayanch tushunchalar: Pedagogika tarixi, tariziy taraqqiyot, davrlashtirish, yozma yodgorliklar
    12.1. Pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalari.
    Pedagogika va ta’lim - tarbiyaga oid fikrlar bir necha ming yillik tarixga ega. Ushbu yo‘lda nazariy pedagogik qarash va g‘oyalarning rivojlanishi natijasida pedagogika fani paydo bo‘ldi. Ta’lim-tarbiya institutlarining rivojlanishi qarama- qarshiliklarga boy, ko‘p qirrali jarayondir. Pedagogik bilimlar va ta’lim tarixini o‘rganish bu- bo‘lg‘usi mutaxassisning pedagogik va umumiy madaniyatini shakllantirishning asosiy sharti hisoblanib, ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotining rivojlanish jarayoni to‘g‘risidagi bilimlarni beradi. Pedagogika tarixi o‘quv predmeti sifatida pedagogik ta’limning ajralmas qismi hisoblanadi. Pedagogika tarixi ta’lim nazariyasi va amaliyotini, turli tarixiy davrlardagi o‘qitish va tarbiyalash jarayonlarini rivojlanishini zamonaviylik kontekstida tarixiy rivojlanishini o‘rganadi.
    Pedagogika tarixi fanining asosiy vazifasi turli tarixiy davrlarda jamiyatning rivojlanishida ta’limning roli qanday bo‘lganligini ko‘rsatib berib, ushbu davrda yashab o‘tgan faylasuf va pedagoglar nima uchun u yoki bu nazariyalarni yaratganliklarini asoslab berishdir.

    Download 3,04 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Download 3,04 Mb.