• Pedagogika tarixi fanining obyekti
  • Pedagogika tarixi pedagogikaning yo‘nalishi sifatida quyidagi ilmiy-nazariy vazifalarni bajaradi
  • Ta’lim – tarbiya va pedagogika tarixini davrlastirish muammolari.
  • Pedagogika tarixi pedagogika fanining qismi sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi




    Download 3,04 Mb.
    bet96/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Pedagogika tarixi pedagogika fanining qismi sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
    a) ta’lim nazariyasi va amaliyotida o‘qitish va tarbiyalash muammo- larining hosil bo‘lishi va uning hal etilishi tarixini belgilash;
    b) pedagogik nazariyalarni ishonchlilik mezoni bo‘lib, yangi pedagogik tizimlarni yaratishga yo‘naltiradi;
    d) pedagogik qarash, g‘oya va nazariyalarni boyitilishini va ta’limni rivojlanish yo‘lini ko‘rsatib beradi;
    e) ta’limiy an’analarni hosil bo‘lishi va o‘zgarish jarayonlarini ochib beradi;
    f) turli tarixiy davrlardagi pedagogik tizim­larni, nazariyalarni, g‘oyalarni, konsepsiyalarni o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatadi.
    Pedagogika tarixi fanining obyekti ma’lum bir tarixiy davr hisoblanadi. Pedagogika tarixi fanining predmeti turli tarixiy davrlardagi hamda sivilizatsiya sharoitlaridagi ta’lim amaliyoti va pedagogik nazariyalarni shakllanishi va rivojlanishi jarayoni hisoblanadi.
    Pedagogika tarixi pedagogikaning yo‘nalishi sifatida quyidagi ilmiy-nazariy vazifalarni bajaradi:
    1) tarbiya qonuniyatlarini umuminsoniy va ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganish;
    2) o‘tmish pedagoglari tomonidan ishlab chiqilgan insonparvarlikka yo‘naltirilgan vositalarni asoslash;
    3) pedagogika fanining rivojlanish yo‘lini tahlil qilish va tarixiy davrlardagi ijobiy holatlarini umumlashtirish;
    4) har bir ijtimoiy-tarixiy rivojlanish davridagi maktab va pedagogikaning haqqoniy ko‘rinish holatini ko‘rsatib berish.
    Pedagogika tarixi o‘quv predmeti sifatida bilimlar tizimini shakllantirish maqsadida, birinchidan, jamiyat, maktab, pedagogikaning o‘zaro aloqadorligi natijalari to‘g‘risidagi; ikkinchidan, maktab va pedagogik jarayonlar to‘g‘risidagi; uchunchidan, ta’lim va tarbiya sohasi insoniy madaniy qadriyatlarni mustahkamlash mexanizmlari to‘g‘risidagi; to‘rtinchidan, maktab va pedagogika hamisha ijtimoiy va madaniy sivilizatsiyaning markaziy qismi bo‘lganligi to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantiradi. Shunday qilib, pedagogik g‘oyalar va ta’lim tarixini o‘rganish tarbiya to‘g‘risidagi zamonaviy fanni o‘rganishga yordam beradi.
    Pedagogika tarixi ijtimoiy fan bo‘lib, tarixiy pedagogik hodisalarga davr talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarida xilma-xil bo‘lganligini ochib beradi.
    Pedagogika tarixi fani quyidagi fanlar, ya’ni: pedagogika, psixologiya, madaniyat tarixi, O‘zbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya, ahloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan o‘zviy alokadadir.
    Biz pedagogika tarixi fanini o‘rganish va tahlil qilishimizda quyidagilarga asoslanamiz. Bular : qadimgi yozuvlar, bitiklar, qo‘l yozma yodgorliklari, Sharq mutafakkirlarining ilmiy, ma’naviy merosi, xalq og‘zaki ijodi, muqaddas kitoblar, pandnomalar, dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, xalq maorifi masalalariga oid materiallar, matbuot materiallaridir.
    Pedagogika tarixi fanining metodologiyasi esa milliy va umumbashariy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, Markaziy Osiyo va Sharq mutafakkirlarining ilmiy va ma’naviy merosi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim - tarbiyaga oid asarlari va milliy istiqlol g‘oyasi haqidagi nazariyalar xisoblanadi.
    Ta’lim – tarbiya va pedagogika tarixini davrlastirish muammolari. Davrlashtirish aniq mamlakat, hudud yoki butun insoniyat uchun xarakterli bo‘lgan ta’lim tizimini asosiy mazmun-mohiyatini aniqlaydi. Zamonaviy pedagogika tarixi fanida ta’lim tizimini davrlashtirish muammosiga turlicha yondashuvlar mavjud. Ushbu muammoning murakkabligi shundaki, butun tarixiy jarayonlarni asosli bo‘linishini yagona mezonlarini, asoslarini belgilanma- ganidadir. Har qanday davrlashtirish shartli xususiyatga ega. U yoki bu davlatning ta’lim tizimini davrlashtirish masalalari jamiyatning rivojlanishi bilin uzviy bog‘liq.
    Pedagogika tarixida davrlashtirish muammosi metodologik xarakter kasb etadi. XX asrning 50-yillarida ta’lim tarixini davrlashtirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan davrlashtirishning mezonlari, tamoyillariga oid turlicha qarashlar ilgari surilganligini kuzatishimiz mumkin. Biroq ta’lim tizimini davrlashtirishda mutaxassislar tomonidan yagona yondoshuvga kelinmagan.Sobiq sho‘ro tuzimi davrida pedagogika tarixiri ijtimoiy tuzumlar bo‘yicha davrlashtirish muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida taniqli olimlar O.Hasanboyeva, J.Hasanboyev, X.Xomidovlar pedagogika tarixini davrlashtirishga quyidagicha yondashganlar.

    1. Qadimgi davrdan VII asrgacha bo‘lgan tarixiy davrda ta’lim-tarbiya va pedagogik g‘oyalar taraqqiyoti davri.

    2. VII-VIII asrlarda Movarounnahrda madaniyat va pedagogik fikrlar rivojlanishi davri.

    3. Sharq uyg‘onish bosqichida fan va madaniyat hamda ta’lim-tarbiyaning taraqqiyoti davri.

    4. Madaniyat va ta’lim-tarbiyaning Temuriylar hukmronligi davridagi taraqqiyoti.

    5. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida ta’lim - tarbiyaning rivojlanishi davri.

    6. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi, istiqlol va istiqbol yo‘llari davri.

    M.Salayeva o‘z tadqiqotlarida pedagogika tarixini davrlashtirishda quyidagi yondashuvni taklif qilgan:

    1. Eng qadimgi davrdan VII asrgacha bo‘lgan davr.

    2. VII-XIV asrgacha bo‘lgan davr.

    3. XIV-XVI asrlarda ta’lim-tarbiya va pedpgogik fikrlar taraqqiyoti davri.

    4. XVII-XVIII asrlarda va XIX asrning 1-yarmida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti davri.

    5. XIX asrning 2-yarmi Markaziy Osiyoda ta’lim-tarobiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti davri.

    6. Sobiq sho‘rolar hukumati davrida ta’lim-tarobiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti davri.

    7. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiya rivojlanishi davri.


    Download 3,04 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika tarixi pedagogika fanining qismi sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi

    Download 3,04 Mb.