M.J. MUTALIPOVA
XALQ PEDAGOGIKASI
TOSHKENT
0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
M.J.MUTALIPOVA
XALQ PEDAGOGIKASI
O -zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lint vazirligi tomonidan 5110900-pedagogika vapsixologiyayo'nalishi talabalari uchun о ‘quv qo ‘llanma sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT - 2015
UO‘K: 37.035.6(075)
КВК 74.03 М-90
М-90 M.J.Mutalipova. Xalq pedagogikasi. -T.: «Fan va texnologiya», 2015,160 bet.
ISBN 978-9943 -998 -15 -5
Mazkur o ‘quv qo‘llanma 5110900 - pedagogika va psixologiya bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun moMjalIangan bo‘lib, unda xalq pedagogikasining nazariy asoslari, o‘zbek xalqining milliy, ma'rifiy, ma’naviy va madaniy meroslarining barkamol shaxsini tarbiyalashda tutgan o‘rni, bo‘lg‘usi pedagog kadrlami ta’Iim-tarbiya jarayonida xalq pedagogikasi manbalaridan o ‘z o‘rnida, maqsadga muvofiq samarali foydalanish yoMlari yoritilgan.
0 ‘quv qo‘llanma 0 ‘zbekiston Respublikasi 0 0 ‘MTVning 263- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Xalq pedagogikasi» fanining namu- naviy dasturiga asosan yozildi.
UO‘K: 37.035.6(075)
KBK 74.03
Taqrizchilar:
Sh.Q.Mardonov - pedagogika fanlari doktori, professor;
N.M.Egamberdiyeva - pedagogika fanlari doktori, professor
ISBN 978 -9943 -998 -15 -5
© «Fan va exfttjllogiya» nashriyoti, 2015.
SO‘Z BOSHI
Tarixga nazar tashlaydigan boMsak, o‘zbek xalqi ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos maktab yaratgan. Zaminimizda zardushtiylik dini hukm surgan paytda ham ma’lum pedagogik mafkura mavjud boMganini
«Avesto»ning bizgacha yetib kelgan ayrim sahifalari mazmunidan bilamiz.
Xalqimizning madaniy-ma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida
rivojlanib, takomillashgan va bu jarayonlar xalq pedagogikasida o‘z aksini topa borgan. Bu haqda yurtboshimiz «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida bizning ulug‘ ajdodlarimiz o‘z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash joizligini ta’kidlaganlar. Demak, xalq pedagogikasi xalq ommasining turli davrlar mobaynida turmush faoliyati jarayonida to‘plagan boy tajribalari, axloqiy, ma’rifiy, ma’naviy yetuklik borasidagi qarashlari va xulosalarini ifodalaydi, etnologiya, etnografiya, etnopsixologiya va etnopedagogika, qadrshunoslik, qadimshunoslik (arxeologiya), uduni- shunoslik va xalq og‘zaki ijodining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi, ulardagi axloqiy-ma’rifiy g‘oyalami o‘rganadi. Xalq pedagogikasi asrlar davomida minglab avlodlami tarbiyalash jarayonida yuzaga kelgan ilg‘or axloqiy g‘oyalar va tajribani o‘zida umumlashtirgani uchun faqat tarixiy-madaniy qadriyat sifatidagina emas, balki zamonaviy ta’lim- tarbiya tizimini takomillashtirishda ham muhim ahamiyatga egadir.
Jamiyatimizda ro'y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’ri-
fiy o‘zgarishlar o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi darajasini oshirishni taqozo etayotgan bir paytda ta’lim-tarbiya borasida xalqimiz yaratgan pedagogik qarashlar va g'oyalar, milliy odob-axloq an’analari, milliy qadriyatlami aks ettiruvchi xalq pedagogikasini ilmiy o‘rganish, puxta tahlil qilish va hayotga tatbiq etish hamda kelgusi avlodga yetkazish bugungi kunning muhim va dolzarb masalasidir.
Mazkur o'quv qoMlanma aynan shu masalalarni keng va atroflicha yoritishga moMjallangan. 0 ‘quv qo'llanmada xalq pedagogikasi fanining mazmun-mohiyati, tadqiqot obyekti, manbalari, maqsadi va vazifalari, jamiyatimiz hayotida ushbu fanning tutgan o‘rni va amaliy ahamiyati keng qamrovli yoritilgan. QoMlanmada xalq pedagogikasi manbalariga
3
kiruvchi xalq og‘zaki ijodi janrlarining tarbiyaviy ahamiyati, milliy urf- odatlar, an’analar, udumlar, xalq o‘yinlari va o‘yinchoqlari, bayram va marosimlarning tarbiya vositasi sifatidagi o‘rni, xalq pedagogikasida oila tarbiyasi, yoshlami tarbiyalashning metod, usul va vositalari, islom dinining odob-axloq, ilm-fan haqidagi ta’limotlari, xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi, milliy me’morchilik, milliy musiqa, qo'shiqchilik, raqs san’ati va milliy teatrlarning axloqiy tarbiyadagi o ‘mi, o‘zbek xalqining muomala madaniyati, axloqiy me’yorlari, xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari, sog‘lom turmush tarzi masalalari alohida boblarda o ‘z aksini topgan.
Xalq pedagogikasining tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlari va xalq tarbiyaviy an’analaridan o‘quv-tarbiyaviy jarayonda foydalanish masalalari ham yoritilgan.
Shuningdek, har bir mavzudan keyin nazorat savollari, matnli topshiriqlar, «Bilasizmi?» va «Bu qiziq!» ruknlarida mavzu bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar berilgan.
|