Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda xalqning yoshlarga bilim va amaliy ko‘nikmalar berish, ularni ijodiy ishlash uslublari bilan qurollantirish, dunyoqarashlarini o‘stirish, axloqiy nafosat g‘oyalarini egallashlarida qo‘llab kelgan empirik pedagogik tajribasini zamonaviy milliy ta’lim jarayonida qoMlash uchun qulayligi tushuniladi. Masalan, milliy amaliy san’atga o‘rgatish uslubiyotini xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari doirasiga kiritish mumkin. Xususan, ganch va yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik, musiqa asboblarini yasash, kulolchilik va boshqa amaliy san’at turlarini egallashning xalq ustalari va chevarlari tomonidan tajribada yaratilgan o‘z usullari, uslub va vositalari mavjud.
Nazariy bilimlami o'zlashtirishda kundalik hayotdagi tanish hayotiy voqealarni misol tariqasida qoMlash o‘quvchilarning faolligini oshiradi, bilimlarini mustahkamlaydi va dunyoqarashini kengaytiradi.
Xulosa qilib aytganda, milliy ta’lim-tarbiya xalq pedagogikasi an’analari asosida o‘qitish va tarbiyalashdan boshlanadi. Xalq pedago gikasining tarbiyaviy imkoniyatlaridan ta’lim-tarbiya tizimining bar- cha tarkibiy qismlarida foydalanish mumkin. Milliy tarbiya an’ana- larining didaktik imkoniyatlari asosan o‘qitish jarayonida qo‘llaniIadi.
Ko‘pgina fan o‘quv dasturlari va darsliklarida xalq donishmand- ligidan olingan va boy tarbiyaviy ahamiyatdagi mavzular hamda o‘quv materiallari berilgan. Buni maktabning boshlang‘ich sinfidan tortib to oliy ta’limning bakalavriat va magistratura yo‘nalishlaridagi fanlami
13
o‘rganishda ko‘rish mumkin. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi « 0 ‘zbek tili», «Vatan adabiyoti» kabi darsliklarida atroflicha yoritilgan xalq og‘zaki ijodiyoti, o‘zbek adabiyoti klassiklari asarlari xalq pedagogikasi manbalari sifatida chuqur tarbiyaviy imkoniyatlarga ega. Xalq og‘zaki ijodi namunalari va o‘zbek mutafakkirlari asarlari bilan yoshlami tanishtirishda o‘qituvchi yorqin badiiy obrazlarga asosiy e’tiborini qaratishi zarur. 0 ‘quvchilar esa bu obrazlami qabul qilishlari, tushunishlari va his etishlari kerak. Zero, badiiy obraz orqali o ‘quvchilarda turli hissiyotlarni vujudga keltirish mumkin. Masalan, «Farhod va Shirin» dostonini o‘rganishda Farhod- ning jasoratli mehnatiga tan berish, Shirinning vafodorligi va go‘zal- ligiga lol qolish, Xisravning yovuzligi va makkorligiga g‘azablanish kechinmalari uyg‘otiladi. 0 ‘zbek tili darsliklarida o‘zbek adabiy tili me’yorlarini o‘rganishda, grammatik qoidalarni egallashda chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega boigan folklor asarlari, ya’ni dostonlar, rivoyatlar, qo‘shiqlar, ertaklar, maqollar, naqllar, hikmatli so‘zlar va hokazolardan tuzilgan misollardan iborat mashqlar qoilaniladi.
Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'tiladigan tarix darslarida turli tarixiy davrlarda xalqimizning milliy urf-odatlari va an’analari, me’morchiligi va amaliy san’ati, hamda fan va madaniyat- ning boshqa sohalari qanday rivojlanganligi haqidagi qator bilimlar o‘zlashtiriladi. Bunday bilimlar o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytirib- gina qolmay, ularda axloqiy nafosat xususiyatlarini shakhantirishga, vatanparvarlikni tarbiyalashga ko‘maklashadi, ya’ni xalq tarixi - milliy ongning bir bo‘lagi sifatida o‘quvchilarning har tomonlama yetuk inson bo‘lib shakllanishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Biz o‘zbek tili, adabiyoti, tarix darslari misolida gumanitar fanlar mazmunida xalq pedagogikasini qoMlashning imkoniyatlari haqida so‘z yuritdik. Lekin aniq fanlami o‘qitishda ham o ‘quv materiali mazmu- nining tarbiyaviy xususiyatlarini aniqlash va ulardan yoshlar tarbiyasida foydalanishga ko‘proq ahamiyat berish talab etiladi, zero barkamol shaxsni shakllantirish uchun tarbiyaga kompleks yondashish zarur.
Avvalo, aniq fanlarda darsning didaktik maqsadlarga erishishining o‘zi o‘quvchilar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Aniq fanlami o ‘qitish jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishning asosiy vazifalaridan biri - o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdir. Masalan, fizika, biologiya, geografiya va boshqa aniq fanlar bo'yicha darslar davomida aniq tabiiy qonuniyatlar, hodisalar, jarayonlami tushuntirish orqali ulardagi eng umumiy belgilar, sifatlar va xossalar
14
yoritib beriladi. Jumladan, fizika darslarida materiya haqida tushuncha berishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri - topishmoqlardan keng foydalanish mumkin. 0 ‘quvchilarga fizik hodisalar yoki osmon jismlari haqida topishmoq tarzida aytib berish havola etiladi. Masalan:
Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas. (Osmon) U zoqtog‘d a o ‘tyonar. (Quyosh)
Shu o‘rinda U.Gadoyboev, K.Yoidoshevlarning «Fizika darslarida xalq maqol va masallaridan foydalanish» xususidagi maqolasiga murojaat etish mumkin.8
Astronomiyani o‘rganishda buyuk alloma Mirzo Ulug‘bekning hayoti va asarlari, biologiya darslarida Abu Ali Ibn Sino asarlari, matematikada Al-Xorazmiy, Umar Hayyomning hayoti va asarlarini, falsafiy she’rlar bilan qo‘shib o‘rganish ham katta samara beradi.
Aniq fanlar, xususan iqtisodiyotga oid fanlarni o‘qitishda avloddan
-avlodga o‘tib kelayoigan xarid qilish, mahsulotni xaridorgir qilib tay- yorlash, raqobatga bardosh berish, savdo usullari, tejamkorlik haqidagi ma’lumotlami o‘zbek xalq maqollari, diniy ta’limotlar, hadislardan namunalar keltirib berilsa, yoshlaming g‘oyaviy-siyosiy va iqtisodiy tarbiyasi samarali bo‘ladi.
Shu o‘rinda barcha fanlarni o‘qitishda mehnat tarbiyasining ham o‘mi katta ekanligini ta’kidlash joiz. Yoshlarda ijtimoiy foydali meh- natga hurmatni tarbiyalash, ya’ni uni mehnat qilishga ruhan tayyorlash o‘zgalar mehnatini e’zozlash, ularda mehnatsevarlik, chidamlilik, tirishqoqlikni shakllantirish - mehnat tarbiyasining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda buyuk allomalar asarlariga murojaat etish ham o‘rinlidir. Jumladan, Forobiyning «Buyuk ishlarning naqllaridan» asarida shunday yozilgan: «Qiyinchilik va tajribasizlik barcha xulqiy va fikriy fazilatlar oldida ko‘ndalang turadi, umuman, har qanday hunami o‘rganishda o‘ziga yarasha qiyinchilik bor».9
Shu o‘rinda yoshlaming yosh xususiyatlarini hisobga olib, meh natsevarlik haqidagi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan ko‘plab misollar keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yoshlaming bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda ham xalq pedagogikasi manbalaridan unumli foydalanish mumkin. Bunda o‘quv fanlari bo‘yicha turli to‘garaklar, tematik kechalar, muloqotlar, savol- javob kechalari, tanlovlar, olimpiadalar, sayohatlar, «Quvnoqlar va zukkolar» bellashuvlarini tashkil qilish lozim. Xalq pedagogikasi
Shu nomli maqola. Sovet maktabi. 1991 yil, 10-son. 19-bet. 9 Форобий. Рисолалар. -Т.: Фан, 1975.
15
asosida tashkil qilinadigan yuqoridagi kabi tadbirlaming yagona talabi: mashg‘ulotlar ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan va mazmuni hayot bilan bog‘liq boMishi hamda tizimli olib borilishi, mashg‘ulotlarda yoshlar faoliyati xilma-xil va yangi ma’lumotlar, bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni egallashdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
Axloqiy mavzuda o‘tkaziladigan munozaralar, savol-javob kecha- lari, yoki o‘zbek xalqi tarixi va madaniyati bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘quvchilarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashga katta imkoniyatlar yaratadi.
Xususan, pedagogika va psixologiya mutaxassisligini mukammal egallashda ham xalq pedagogikasining o‘rni beqiyos, «Pedagogika tarixi», «Pedagogik konfliktologiya», «Oila pedagogikasi», «Pedagogik korreksiya», «Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi», «Ijtimoiy pedagogika» kabi pedagogika yo‘nalishidagi hamda psixologiya tsiklidagi qator fanlarni o‘qitishda ham xalq pedagogikasi manbalaridan unumli foydalanish mumkin. Bu esa har bir fan o‘qituvchisidan o ‘z kasbiga, mehnatiga vijdonan yondashishni va uning shaxsiy namunasini talab qiladi. Zero, o‘zbek xalq pedagogikasi, uning manbalari, tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlarini har bir fan o‘qituvchisi avvalo o‘zi yaxshi o‘zlashtirib olishi, bunda fanni o‘qitish metodikasi bo'yicha egallagan bilim va ko‘nikmalariga asoslanishi lozim bo‘ladi.
|