BILASIZMI?
«Qadrdon - qirq yillik, Qimniatdon - qirq kunlik» maqolining ma’nosini bilasizmi?
Qimmatdon - ishi bitguncha, manfaatlanib qolguncha seni maqtab, shirin muomalada bo‘lib, laganbardorlik qilib, atrofingda girdikapalak bo‘lib yuruvchi, ishi bitgandan keyin esa teskari qarab, ipini uzib ketadigan soxta do‘st. Maqoldagi «qirq yillik, qirq kunlik» deganda eng uzoq va eng yaqin davr nazarda tutilgan.
BU QIZIQ!
«Bilganing daryo bo‘lsa, bilmaganing - dengiz» iborasi
«Men bilaman, ko‘p narsani bilaman, hamma narsani bilaman, deb maqtanma, chunki hali bilmagan narsalaring ko‘p, sendan ortiq biladiganlar ham ko‘p», - degan ma’noni anglatadi.
Xalq pedagogikasi va 0 ‘rta Osiyo buyuk mutafakkirlarining pedagogik g ‘oyalaridagi uyg‘unlik
Jamiyatimizda yangilanish jarayoni ketayotgan, qadriyatlarimiz tiklangan bir paytda milliy - ma’rifïy boyliklarimiz sirasiga kiruvchi o'tmish donishmandlari, buyuk allomalar va mutafakkirlarning bizga qoldirgan bebaho merosini o ‘rganish katta ahamiyat kasb etmoqda. Xalqimizni jahonga tanitgan buyuk siymolar, ulug‘ allomalar, mard va qahramon farzandlaming hayot yo‘li, butun faoliyati bugungi va kelajak avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib qoladi, zamonlar o‘tishi bilan bu nodir ma’naviy durdonalarning qimmati va ahamiyati yanada oshib boraveradi. Ulug‘ ajdodlarimizning ana shu boy merosidagi pedagogik g'oyalar xalq pedagogikasida atroflicha o‘rganiladi. Chunonchi, xalq pedagogikasi xalqning tarbiya bo‘yicha tajribalar majmui deb qaraladigan bo‘lsa, allomalarimizning yosh avlodni axloqiy tarbiyalash borasidagi pedagogik g‘oyalari xalq donishmandligi, xalq dunyoqarashi bilan o'zaro uyg'un va chambarchas bog'liqdir.
18
Zaminimizda yashab o‘tgan, bugun ham dunyo ahlini hayratga solayotgan buyuk allomalarimizning ibratli hayoti va mislsiz ilmiy- ijodiy kashfiyotlari, ulardagi axloqiy ta’limotlar haqida to‘liq ma’lu- motga ega bo'lish juda muhimdir. Zero, yurtboshimiz ta’kidlagan- laridek, «Bizning o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimiz bunday ulug‘ zotlaming hayot yo'li va qoldirgan merosini to'liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyandalari timsolida ma’rifat, ilmu fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o‘zida uyg‘unlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanini isbotlab berishdan iboratdir. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o‘rganish, uning ma’no-mazmunini farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamiz, birinchi galda, ziyolilarimiz, butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz boMishi shart deb hisoblayman.»10
Bu fikrlar tarixda o'chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqidagi bilimlarimizni kengay- tirishga da’vat etadi.
|