|
Xalq pedagogikasi manbalari
|
bet | 4/72 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 32,76 Mb. | | #236345 |
Bog'liq 74. Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J Xalq pedagogikasi manbalari
0 ‘zbek xala og‘zaki iiodi
Xalqimiz o‘z tarixiy ijtimoiy taraqqiyoti mobaynida boy og‘zaki ijod merosini yaratgan. Xalq og‘zaki ijodi qadim zamonlardan buyon xalq pedagogikasining tarbiya vositalaridan biri bo‘lib kelgan.
0 ‘zbek xalq og‘zaki ijodining barcha janrlari, jumladan, afsonalar, asotirlar, rivoyatlar, ertaklar, naqllar, latifalar, loflar, xilma-xil qo‘shiqlar, allalar, termalar, maqollar, matallar, topishmoqlar, dostonlar, askiyalar, aytishuvlar, tez aytishlaming tarbiyaviy imkoniyatlari cheksizdir. Barkamol shaxsni shakllantirishning hamma tarkibiy qismlari, ya’ni aqliy, axloqiy, jismoniy mehnat, nafosat tarbiyasiga oid
11
ajoyib ma’lumotlar o‘zbek xalq og‘zaki ijodining barcha janrlarida o‘z ifodasini topgan.
Milliv urf-odatlar. an’analar va marosimlar.
Milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar zamirida katta tarbiyaviy imkoniyatlar mavjud, zero ularning barchasi ajdodlarimizdan qolgan madaniy meros sanaladi. Milliy to‘ylar, ommaviy bayram - sayllar, sharqona va turkona an’analar, hayit bayramlarida xalqimizning o‘ziga xosligi yorqin aks etadi.
Xalq o‘vinlari va o‘vinchoalari.
0 ‘zbek xalq o‘yinlari o‘zlarining serharakatligi, chidamlilikka o'rgatuvchanligi, chiniqtiruvchi harakatlardan iboratligi bilan ajralib turadi. Xalq o‘yinchoqlarida xalqning turmushi, uning qadriyatlari va orzu istaklari ustalik bilan tasvirlangan.
Diniv ta’limotlar.
Islom dinining muqaddas manbalari bo‘lgan «Qur’oni Karim», hadis va boshqa diniy ta’limotlarda odob-axloqqa, insoniylikka oid qimmatli pedagogik g‘oyalar ilgari surilgan.
Xalq amaliv san’ati va hunarmandchiligj.
Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligining sohalari xalq moddiy hayotining ko‘zgusi va ijtimoiy hayotining aksi bo‘lib, o‘quvchilarda nafosat his-tuyg‘ularini shakllantiradi.
|
| |